7-sinfda geometriya fani bo‘yicha o'quvchilar egallashlari lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malaka me’yorlari O'quvchilar 7- sinfda geometriyani o'rganish natijasida quyidagi bilim va ko‘nikmalarni egallashlari lozim:
Bilimlar:
chizmada, modelda geometrik figuralar (berilgan nuqta, kesma, to`g`ri chiziq, burchak turfari, aylana, uchburchak)ni ko'rsata olish va ularni tasvir eta olish;
chizmada ko'rsatilgan figuralarni belgilay olish va o'qiy olish;
teorema va masala shartiga mos keluvchi chizmani chiza olish;
hisoblashga va isbotlashga oid masalalarni yechishda asosiy figurani tanlash hamda standart qo'shimcha yasashlarni bajara olish;
kesmalarning uzunligini topa olish va ikki nuqta orasidagi masofani bevosita o'lchay olish;
berilgan uzunlikdagi kesmani berilgan nuqtadan qo'yaolish;
sirkul yordamida ma’lum radiusli aylanani yasay olish;
burchakni tashkil etuvchi tomonlarni va uchini aniqlayolish;
burchakni to`g`ri o'qiy olish va yoza olish;
transportirdan foydalanib gradus o'lchovi berilgan burchakni yasay olish;
burchak va uning turlarini tasvir eta olish hamda farqlay bilish;
chizmadan vertikal va qo'shni burchaklarni topa olish;
vertikal va qo'shni burchaklardan birining gradus o'lchoviga ko'ra qolganlarining gradus o'lchovlarini topa olish;
berilgan burchakning bissektrisasini yasay olish;
uchburchak va uning turlarini tasvir eta olish;
teng uchburchaklardan mos elementlarni topa olish;uchburchakning tenglik alomatlaridan uchburchakning tengligini isbotlashda qo'llay olish;
uchburchaklarning tomonlari va burchaklari orasidagi munosabatni masalalar yechishda qo'llash olish;
sirkul va chizg'ich yordamida eng sodda geometrik yasashlarni bajara olish;
figurani tasvirlash uchun burchak kattaligini va kesmalarning uzunligini o'lchash, geometrik asboblardan foydalanish malakalarini hosil qilish;
o'rganilgan xossa va formulalarni qo'llab, geometrik kattaliklar (uzunlik, burchak)ni topishga oid murakkab bo'lmagan masalalarni yechish.
Ushbu talablar o'quvchilaring matematikadan umumiy o'rta ta'lim kursini o'rganishga intilishi va erisha oladigan natijalarni belgilab beradi. Bu darajani shartli ravishda imkoniyatlar darajasi deb atash mumkin. Matematikadan davlat ta'lim standarti belgilaydigan majburiy talablar o'quvchilar tayyorgarligiga mos topshiriqlar namunalari bilan oydinlashtiriladi, shu bilan birga o'quv jarayonida reyting tizimiga asoslangan yangi pedagogik texnologiyani qo'llash imkoniyatini yaratadi.
Mazkur standartdagi matematik bilimlarga qo'yiladigan didaktik talablar milliy qadriyatlarni tiklash bilan birga ularda ko'proq e’tibor va diqqatni, xalqimizning o'ziga xos ma’naviyatini, fikrlash, muomala va munosabat madaniyati, tabiiy va madaniy, iqtisodiy-ijtimoiy sharoit va tarbiya, ahloqiy sifatlarini hisobga olishga qaratilgan.
Respublikamizning kelajagini barpo qiluvchi yosh avlodga hozirgi zamon fanining yangiliklarini, uning murakkab qirralarini o'rgatish bilan bir qatorda o'tmish merosimizni o'rganishga imkoniyat tug'dirilishi lozim. Matematikadan Davlat ta’lim standartining me’yor ko'rsatkichlari dinamik xarakterda bo'lib, ta’lim jarayonining takomillashuvi, fan va texnika yutuqlarining natijalari bilan to'ldirilib boriladi Dastur va darsliklarning muhim o'zgarishlari va matematik ta'lim standartining talablari takomillashadi va o'quvchilarning o'zaro yaqin aloqadagi fanlarni o'zlashtirish, olgan bilimlarini amalda qo'llashi uchun aniq matematik bilimlar bilan qurollantirib boradi.