M.Mirzo she’ri I.Yo’ldosheva musiqasi
YANGI DARSNING BAYONI
Yangi mavzu: Raqs musiqa bilan uzviy bogʻliq, musiqa mazmunini obrazlar vositasida ochib beradi. Xalq raqslarida ritm muhim boʻlib, u musiqada oʻz ifodasini topadi, oyoq, koʻl, bosh va tana harakatlari umumiy ritmga boʻysunadi, bir-biri bilan bog’lanadi. Oʻzbek raqslari mazmunini ifodalashda ijrochilar tepki, qarsak, zangdan ham foydalanadi. Ayrim raqslar roʻmol, piyola, qadah kabi buyum bilan ijro etiladi, baʼzan ijrochi xalq cholgʻu asboblari (qayroq, doira, nogʻora va h.k.)da oʻziga oʻzi joʻr boʻladi. Gʻarbiy Yevropa xalqlari raqsida, asosan oyoq harakatlari muhim boʻlib, qoʻl va tana harakatlari unga joʻr boʻladi. Sharqda esa qoʻl va tana harakatlari plastik ifodaviylikning asosiy vositalaridir. Sahnaviy raqs xalq ijodiga tayanadi, uning merosi va oʻziga xos fazilatlarini saqlaydi va rivojlantiradi. U dastlab Yunoniston, Hindiston va boshqa mamlakatlarda paydo boʻlgan. Xalq raqslari asosida tarkib topgan professional raqslar yuksak darajada rivojlanib, turli raqs tizimlari (xususan, Yevropa va sharq mumtoz raqslari) qaror topgan.
O’ZBEK RAQS MAKTABLARI
Asrlar davomida turli xalqlar, elatlar madaniyati bosqichma - bosqich rivojlanib, san’at shakllangan. O’zbekistonda raqs san’atining shakllanishiga asos solgan raqs ustalari va ustozlari sifatida Yusufjon qiziq Shakarjonov, Usta Olim Komilov, Tamaraxonim, Mukarama Turg’umboyeva, Isoxor Oqilov, Galiya Izmaylova, Yelizavetta Petrosova, Qunduz Mirkarimova, Roziya Karimovalar tan olingan.
O’zbekiston hududida hozirgi kunda o’ziga xos mavzusi, doira zarblari va dilrabo ohanglariga ega bo’lgan 5 ta raqs maktabi mavjud. Bular:
Farg’ona-Toshkent maktabi; Buxoro maktabi; Xorazm maktabi; Surxondaryo-Qashqadaryo maktabi; Qoraqalpoq maktabi.
O‘zbek xalq raqs uslubi Farg‘ona vodiysida shakllanib rivojlanib kelgan. Asosan shaharlarda yashovchi raqs san’atini kasb qilib olgan malakali raqqos va raqqosalar Farg‘ona raqsida yetakchi mavqega ega bo‘lib raqs merosini, ijro uslubini, o‘z tajribalarini shogirdlariga o‘rgatish orqali raqs san’ati an’analarining davomiyligini ta’minlaganlar. Raqs ustalarining liboslari raqslar Farg‘ona raqsini XX asr davomida sahnaga olib chiqib uni yanada rivojlanishi va boyishida Usta Olim Komilov, Tamaraxonim, Mukarrama Turg‘unboyeva, Roziya Karimova, Gavhar Rahi- mova, Qunduz Mirkarimova va Dilafruz Jabborova, Qizlarxon Do‘stmuhamedova, Ma’mura Ergasheva va boshqalarning xizmati katta bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |