Darsning borishi:
O'quvchilar sinfga o'qituvchi tanlagan musiqa sadolari ostida kirib kelishadi.
Tashkiliy qism: Salomlashillb, davomat aniqlanadi, o'quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
O'tilgan mavzularni takrorlab mustahkamlash uchun o’quvchilar orasida “Blits” savol-javob o’tkaziladi.
“Bahor valsi” raqsi musiqasining muallifi kim?
O‘zbek raqs san’ati haqida nimalarni bilasiz?
“Barkamol avlod” qo‘shig‘inining mualliflari kim? Qo‘shiq so‘zlarini yod oling.
Mukarrama Turg‘unboyeva hayoti va ijodi haqida nimalarni bilib oldingiz?
Jamoa bo'lib kuylash: o'qituvchi xohishiga ko'ra ovoz sozlash mashqlari bajarilib M.Mirzo she’ri, I.Yo’ldosheva musiqasi, “Barkamol avlod” (darslik, 58-bet) qo'shigi takrorlanib, A. Obidjon she’ri, X. Hasanova musiqasi "Sumalak" (darslik, 66-bet) qo'shig'ining mualliflari, qo'shiq haqida o'quvchilarga tushuncha beriladi. Qo'shiq o'quvchilarga o'qituvchi tomonidan kuylab berilib, jumlalarga bo'lib o'rgatiladi. Sof intonatsiyada kuylashga erishiladi (10 daqiqa).
Barkamol avlod
Do'stlaringiz bilan baham: |