O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi s amarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Malakaviy bitiruv ishining tuzilishi



Download 1,19 Mb.
bet9/34
Sana29.12.2021
Hajmi1,19 Mb.
#77784
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
Bog'liq
G'ofurova Mohira Ne'matullayevna Malaka ishi

Malakaviy bitiruv ishining tuzilishi:

Malakaviy bitiruv ishi Kirish, 2 ta bob, har bir bobda 3 paragraf, Xulosa va Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.



O`zbek tili ta’limi metodikasining ayrim dolzarb masalalari

Hozirga qadar olib borilgan tadqiqotlar natijalari o`tmishga xizmat qilgan va hozirgi jarayonlarda ularning o`rni saqlanib turibdi. Bu ishlarning aksariyatida mavjud holat o`rganilgan, ya’ni ularda amalda bo`lgan ta’lim jarayoni tahlil qilingan va qator tavsiyalar berish bilan chegaralangan. Shunga qaramasdan o`zbek tilini o`qitish bo`yicha muayyan tajribalar to`plangan. Endilikda esa ilmiy tadqiqotlar innovatsiyaga asoslangan bo`lishi shart bo`lib qolmoqda. Shundan kelib chiqqan holda o`zbek tilini o`qitish sifatini oshirish bo`yicha ilmiy tadqiqotlat va ular bilan bog’liqlikda tashkiliy ishlar olib borilishi lozim bo`lgan yo`nalishlar haqida to`xtalib o`tamiz:

1.Ta’lim bosqichlari bo`yicha o`zbek tili mazmuni, uni o`qitish va o`zlashtirishga qo`yiladigan malaka talablarining ilmiy-metodik jihatdan asoslanganligini o`rganish. O`zbek tili va adabiyoti metodikasi bo`yicha mutaxassislar oldida axborotlar oqim sharoitida, bolalarimizning kun sayin saviyasi oshib boorish hisobga olingan mobil standart talablarini yaratish bo`yicha tadqiqotlar olib boorish majburiyati paydo bo`ladi.

2.Sinflar kesimida o`zbek tili mazmuni uzviyligini ta’minlash bo`yicha ham ttadqiqotlarga talab mavjud.Rus maktablaridagi o`zbek tili mazmuni uzviyligi, qay darajada sifatli bajarilganligidan qat’iy nazar, maxsus o`rganilgan, lekin o`zbek maktablari bo`yicha bunday ishlar amalga oshirilganicha yo`q. O`zbek maktablaridagi bolalarning o`zbek tili bo`yicha bilim olishlarida anchagina qiyinchiliklarni keltirib chiqarayotganligi ma’lum.

3.Darsliklarda nazariy materiallarning berilishi. 5-sinfda qanday til bilimlarini berish kerakligi masalasi yangicha fikrlashni talab qiladi. Darslikda hatto oily ta’lim talabalari ham tushunishda qiynaladigan ta’riflar bor. Jumladan, darslikda “Ohang va fikr tugalligiga ega bo`lib, kesimlik shakllari orqali ifodalanadigan so`z va so`zlar qo`shilmasi gap deyiladi”, degan ta’rif beriladi. Bu ta’rifdagi “ohang va fikr tugalligi”, “kesimlik shakllari”, “so`zlar qo`shilmasi” tushunchalarini 5-sinf bolasi his qilmaydi, balki bu ta’rif bolaning yoshiga moslashtirilishi yoki 8-, 9-sinflarga ko`chirilishi lozim.

Demak, metodik tadqiqotlarni sinflar kesimida til materiallarining bola yoshiga mos kelishini tajribadan o`tkazish asosida uni amaliyotga tatbiq qilishga qaratish lozim.

4.Mamlakatimizda yuksak saviyali filolog olimlarimiz yetarli. Darslik yozish ishini, amaliyotda ko`ringanidek, faqat nazariyachi olimlarga topshirib qo`ymasdan, bevosita maktab ta’limida ilg’or bo`lgan, ilmiy fantaziyaga ega amaliyotchi o`qituvchi hamkorligida ko`rib chiqish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Bu ishda, avvalo, 1-sinfdan 11-sinfgacha bo`lgan ona tili mazmuni va uni uzviyligini ta’minlashga qaratilgan konsepsiya, uning standartlari, dasturlari hamda ularning natijasi sifatida darslik hamda o`qituvchilar uchun didaktik materiallar qo`llanmasini yaratuvchi nisbatan ijodiy guruhning shakllantirilishi maqsadga muvofiq. Bu guruh sinflar kesimidagi darsliklarning uzviyligini ta’minlash loyihasini ishlab chiqishi, so`ng darslik yozish ular orasida taqsimlanishini tashkil etishi kerak. Ana shundagina ta’lim sifatini ta’minlashga qadam qo`yiladi, uzviyligi ta’minlanadi.

5. Avval ta’kidlaganimizdek, darsliklarning yaratilishi to`laligicha kafedra va bo`limlarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasiga asoslanishi shart. Bunga tayanch ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan “O`zbek tili va adabiyoti darsliklarini yaratish laboratoriyasi” xazinasi xizmat qilishi lozim. Bunday laboratoriya Respublikamizda yo`q, lekin uni tashkil etish o`ta dolzarb.

Darsliklar ekspertizasini tashkil etishdagi an’anaviy tizimga ham zudlik bilan chek qo`yilishi davr talabi bo`lib turibdi. Boshqacha aytganda, darsliklarning taqrizdan o`tkazishning hozirgi tizimi o`zini oqlamaydi. Endilikda uni jiddiy isloh qilish vaqti yetdi, ya’ni maktab darsliklarini ekspertiza qilishning yangi tartibini joriy etish zarur.Buning uchun tayyorlangan darslik loyihalarini maktab o`qituvchilarining o`zi tomonidan sinovdan o`tkazish tizimini yaratish va uning natijasiga ko`ra chop qilish maqsadga muvofiq. Shunisi quvonchliki, har bir viloyat va tumanlarda o`z faoliyatini innovatsiyaga asoslangan holda tashkil etadigan o`zbek tili va adabiyoti o`qituvchilari bor.

6.Metod va texnologiyalarni tanlash masalasi. Ta’lim sifatining ko`p jihati o`qitish metod va texnologiyalarini to`g’ri tanlashga bog’liqligi metodistlar tomonidan e’tirof etib kelinmoqda, lekin o`quv jarayonini qaysi metod/texnologiyalarda tashkil etish masalasida ehtiyotkorlik zarur. Agar har bir darsning betakrorligi va uning boshqaruvchisi saviyasining o`ziga xosligini hisobga olsak, o`qituvchiga metod/texnologiyalarni tanlash bo`yicha erkinlik berish va uning samaradorligini nazorat qilish lozim bo`ladi, xolos.

Har bir pedagogning o`z sevgan, uning tomonidan takomillashtirilgan va undan samara oladigan metod/texnologiyalari bo`lishi hozirgi kun talabi bo`lishi lozim.

7.O`quvchi nutqini tarbiyalash. Sir emaski, rus maktabida o`qiyotgan bolalarning og’zaki nutqi o`zbek sinflarida o`qiyotgan bolalarga nisbatan silliq, o`z fikrini aytishda ham nisbatan erkin. Maktablarda adabiy nutq bilan bir qatorda so`zlashuv nutqini mashqlarda aks ettirish hamda uning metodikasini yaratish zarurati mavjud. Aslida ona tili fanining vazifasi faqat yozma nutqnigina emas, balki o`quvchilarning maktab davri va butun hayotida zarur bo`ladigan og’zaki nutqni shakllantirish deb qarash lozim.Bunda og’zaki nutqni yozma nutq namunasida emas, balki so`zlashuv nutqi shaklida rivojlantirish nazarda tutilyapti.

8.Darslikda nazariy va amaliy materiallar, ya’ni mashqlarni joylashtirishda autentik materiallardan ham foydalanish kerak. Bunda nazariy materiallarni mustahkamlashda nazariy materialning o`zidan mashq sifatida foydalanish ko`zda tutilmoqda. Bunday amaliyot aslida amalda bor, lekin unda faqat bog’lanishli matnlar olinmoqda. Bunga qo`shimcha qilib muayyan sinflarda o`rganilayotgan nazariy masalalar mavzulariga doir tushuncha ishtirok etgan gaplarni mashqlarda keltirib borish tavsiya qilinadi.Bu ish amalga oshiriladigan bo`lsa, ikki tadbir bir vaqtda bajarilgan bo`ladi, ya’ni u ham mashqda nazariy qoidaga misol vazifasini o`taydi, ham nazariy materialni eslatib turadi.

O`zbek tilining umumiy o`rta ta’lim maktablarida o`qitilishini amaliylashtirish, uzviyligini ta’minlash hamda bu boradagi ilmiy-metodik muammolarni hal qilish katta munozara va yechimlarni kutib turibdi. Uning birdan bir hal qilish yo`li ta’lim mazmunini hayotga yaqinlashtirish, yangicha fikrlash, ilg’or tajribalarni milliylashtirish va ona tili ta’limining ilmiy tadqiqotlarini yangi pog’onaga ko`tarishdir.



SODDA YIG'IQ VA SODDA YOYIQ GAPLAR XUSUSIDA MULOHAZALAR

Bir qarashda mazkur mavzu juda sodda, oson tushuniladigan, bahsga sabab bo‘ladigan jiddiy muammo emasday tuyuladi. Lekin til ta’limi amaliyotida buning aksi bo‘lgan holatlarga duch kelmoqdamiz. Asosiy sa­bab mazkur mavzuning dasturdagi talqini va darsliklarda berilishiga borib taqaladi. Ayni paytda tilshunoslik ilmidagi yangiliklar, qarashlar o‘zgarganiga, ancha yillar oldin til sathi va birliklariga yondashuvlarning boshqacharoq bo‘lganligiga til muallimlarining e’tiborsizligi yoki ularni to‘la anglab yetmaganliklari ham yana bir sababdir.

O‘tgan asrning oxiriga kelib fransuz tilshunosi Lusyen Tenyer1 qarashlarini qabul qilgan o‘zbek tilshunoslarining aksari sintaksis sathiga yondashuvda ikki cho‘qqili nazariyadan bir cho‘qqili nazariyaga o‘tish tilimizning tabiatiga muvofiqligini e’tirof eta boshladilar. Bu nima degani? Oldingi qarash bo‘yicha gapning grammatik asosi ikkita - ega va kesim edi. Bu gapda bosh bo‘laklar ikkita (ya’ni har qanday sodda gapda, asosan, ikki cho‘qqi) bo‘ladi, demakdir. Endi esa bosh bo‘lak tushunchasidan voz kechilib, gapning grammatik markazi tushunchasi kiritildi: bu - kesim. Kesim gapning ham grammatik, ham mazmuniy markazi deb qaralmoqda. Kesimdan undagi mavjud shakllar vositasida gapga xos bo‘lgan shaxs-son, zamon, mayl, modallik, tasdiq va inkor ma’nolari anglashilib turadi. Shu bois kesimning o‘zigina mutlaq holda gapning markaziy bo‘lagi bo‘ladi, degan to‘xtamga kelindi, ya’ni bir cho‘qqili nazariyaga o‘tildi. Qolgan bo‘laklar (bunga ega ham doxil) kesimni bevosita (ega, to‘ldiruvchi, hol) yoki bilvosita (aniqlovchi) kengaytiruvchi qismlar sifatida olinadigan bo‘ldi. Ot kesimda aniqlovchi ham bevosita kengaytiruvchi bo‘la oladi. Qo‘yilayotgan masalani yaxshi anglash uchun bu nazariy ma’lumot bilan yaqindan tanishib olish darkor. Shundagina muammo ko‘z o‘ngimizda aniq va ravshan namoyon bo‘ladi.

Endi qabul qilingan dastur asosida yaratilgan darsliklarga nazar solaylik. Boshlang‘ich sinflar uchun yaratil­gan darsliklar o‘rta va yuqori sinflardan farqli o‘laroq, to‘laligicha oldingi ikki cho‘qqili nazariyaga tayanib yozilgan. Ularda ega va kesim - bosh bo‘laklar, qolgan uchalasi ikkinchi darajali bo‘laklar sifatida berilgan. Hozir biz bu holatni ma’qullash yoki inkor qilishdan yiroqmiz. Bu - ham nazariy, ham metodik va amaliy, ham didaktik jihatdan ilmiy o‘rganilishi va hal etilishi lozim bo‘lgan masala. Maqolaning muhokama obyekti mualliflari bir cho‘qqili nazariya asosida yozilganligini e’tirof etgan darsliklardir. Lekin ularning hech birida bu nazariya, bu tamoyilga izchil rioya qilinganligini kuzatmaymiz.

Amaldagi 5-sinf Ona tili darsligiga diqqat qaratamiz. 32-darsdan gap bo‘laklari o‘rganilar ekan, Kesim mavzusi bilan boshlanadi. 39-betda eslab qoling belgisi ostida quyidagi ma’lumot berilgan: Kesim gapning mazmuniy markazidir. U boshqa bo'laklarsiz ham gap bo‘la oladi. Masalan: Yaxshimisiz? Keldi. Shu ikki holatning o‘zida bir cho‘qqili nazariyaning ibtidosi ko‘zga tashlanib turibdi. Lekin 44-betda berilgan qoidalarda shularni o‘qiymiz: Faqat kesim yoki ega va kesimdan iborat gap yig'iq gap hisoblanadi. Masalan: Qara. Men keldim. Kesimning boshqa bo‘laklar bilan kengayishidan hosil bo‘lgan gap yoyiq gap deyiladi. Masalan: Men uni ko'rdim. Ta’rifning birinchi qismi va misol tariqasida berilgan ikkinchi gap (Men keldim) ikki cho‘qqili nazariyaga muvofiq keladi. Chunki ikki cho‘qqili nazariyada ega va kesim bosh bo‘laklar bo‘lib, ikkinchi darajali bo‘laklarsiz ular yig‘iq gapni hosil qiladi. Ta’rifning ikkinchi qismi esa bir cho‘qqili nazariyaga mos tushadi va birga berilgan ta’rifning birin­chi qismiga nisbatan zidlik kuzatiladi. Kesimdan boshqa bo‘laklar deyilganda ega ham ikkinchi darajali deb atalgan bo‘laklar qatoriga kirib ketadi. Shu yerning o‘zida yondashuv va talqinda izchillik buzilgan. Bu bo‘lim (ya’ni sintaksis) darslikning boshlang‘ich sinfda o‘tilganlarni tak- rorlash qismida bo‘lgani uchun shunga muvofiqlashtirilgan, deyilsa, ta’rifning birinchi qismi to‘g‘ri, lekin bunda bir cho‘qqili nazariyaga muvofiq keyingi ta’rifni kiritmaslik to‘g‘ri bo‘lardi. Yoki aksincha: birinchi qismdagi yoki ega va kesimdan degan so‘zlar qo‘llanmasa edi, ta’rif maz­muniy va mantiqiy bir butunlikni hosil qilardi.

8-sinf darsligining 54-betida: “Sodda gaplar ikkin­chi darajali bo‘laklarning ishtirok etish yoki etmasligiga ko‘ra: sodda yig'iq gaplar (Kamola kirib keldi), sodda yoyiq gaplar (Kamola darvozadan shoshilib kirib keldi) ga bo'linadi” tarzidagi ikki cho‘qqili nazariyaga muvofiq qoida berilgan. Darslikning 56-betida esa bir cho‘qqili nazariyaga mos: “Kesim gapning asosini tashkil qiluvchi markazdir. Ega kesimga ergashib, kesimdan ifodalangan ish-harakatning bajaruvchisini ko'rsatadi” qoidasi keladi. Uning ortidan “To'ldiruvchi, aniqlovchi, hol ega va kesimga ergashib kelib, ularni to‘ldiradi, aniqlaydi yoki izohlaydi. Shuning uchun ular gapning ikkinchi darajali bo‘laklari deyiladi” ifodasidagi jumla berilgan. Bu qoida 80-betda yana takrorlanadi. “Esga oling. Faqat ega va kesimdan iborat bo‘lgan gap sodda yig'iq gap deyiladi. Esga oling. Ega va kesimdan boshqa bo‘laklar bilan kengaygan gap sodda yoy'iq gap deyiladi”. Holbuki, 57-betda “Kesim gap markazi bo'lib, u tasdiq-inkor, zamon, mayl, shaxs-son ma’nolarini ifodalab keladi, hukmni ifodalaydi va gapning boshqa bo‘laklarini o‘z atrofida birlashtiradi... Gapni yuzaga keltirish, fikrni ifodalash jihatidan kesimning gapdagi ahamiyati katta... Gapda ega ham, ikkinchi darajali bo‘laklar (to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol) ham bevosita yoki bilvosita kesimga bog‘lanadi” degan kattagina bir cho‘qqili nazariya mohiyatini aks ettiruvchi qoida yozilgan. Lekin bu qoidada ham egani ikkinchi darajali bo‘laklardan alohida olinayotgani ko‘rinib turibdi. Darslikda, umuman, o‘zbek tilshunosligida ega arosatda qolgan bo‘lak sifatida taassurot uyg‘otadi. Bosh bo‘lak degan termin ishlatilmayapti, uni ikkinchi darajalilar qatoriga kiritish mantiqi ham ko‘rilmayapti chog‘i. Oddiy ko‘ringan mavzuning shu qadar jiddiy muammosini qanday yechish mumkin? Takliflarimiz quyidagicha:

Lusyen Tenyer boshdan tavsiya etgan kesimga nisbatan gapning mazmuniy va grammatik markazi, qolgan to‘rttasiga kengaytiruvchi bo‘laklar terminini qo‘llash. Bunda agar ega boshqa uch bo‘laklar bilan bir qatorga va bir mavqega qo‘yilsa, egali va egasiz gaplar tushuncha (mavzu)laridan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Yo‘qsa, egaga maxsus yondashuv kerak bo‘ladi.

8-sinfdan keyin o‘quvchilar maktabda yana uch yil o‘qiydilar. Agar bir cho‘qqili nazariyaga to‘la rioya qilib, yangicha dastur va darsliklar yaratilsa, o‘quvchilarda ang- lashmovchilik bo‘lmasligi uchun quyidagicha qo‘shimcha ma’lumot berib qo‘yish foydadan xoli bo‘lmaydi: “Hamma soha va hayotning turli jabhalarida bo‘lganidek, tilshunoslikda ham yangiliklarga yuz tutilmoqda. Jumladan, endilikda kesim gapning grammatik markazi, qolganlari kesimni kengaytiruvchi bo‘laklar deb olinmoqda. Bu qarash mak­tab dasturiga tatbiq etilsa, keyingi avlod darsliklarida aks etishi mumkin”.

Yuqorida biz qayd etgan chalkashliklar darsliklarda mavjud, lekin o‘quvchiga tilshunoslikdagi bu bo‘shliqni tushuntirishning keragi ham, iloji ham yo‘q. O‘qituvchi yo‘l topib bu chalkash vaziyatdan chiqib ketishi kerak. 5-sinfda sintaksisdan maqsad boshlang‘ich sinflarda o‘tilganlarni takrorlash bo‘lgani uchun 44-betdagi “Sodda yig‘iq va sodda yoyiq gaplar” mavzusida berilgan “Kesimning boshqa bo‘laklar bilan kengayishidan hosil bo‘lgan gap yoyiq gap deyiladi” qoidasi tahrir qilinib, “Kesimning ik­kinchi darajali bo‘laklar bilan kengayishidan hosil bo‘lgan gap yoyiq gap deyiladi” tarzida tushuntiriladi va o‘quvchilar daftariga yozdirib qo‘yiladi. Demak, bu sinfda eski yondashuv asosida ish ko‘riladi. Boshlang‘ich sinfda olgan bilimlari, gap bo‘laklari borasidagi tasavvurlari asosi­da o‘quvchilar yig‘iq va yoyiq gaplarni o‘zlashtiradilar. Bu metodik va didaktik jihatdan maqbul usul bo‘ladi.

8-sinf darsligida faqat kesimning ta’rifidan boshqa qoida va yondashuvlarda eski ikki cho‘qqili nazariyaga tayanilgani kuzatiladi. Shu bois o‘qituvchi darslikda aniq qilib berilmagan gap bo‘laklarini oydinlashtirib tushuntirib berishi lozim. Gapdagi ega haqida darslikda aniq bir to‘xtam yo‘q ekan, biz sal boshqacharoq tasnifni taklif qilamiz. E’tibor bersak, ikkinchi darajali bo‘lak tushunchasi bor. Ular qaysidir boshqa birinchi bosh bo‘lakka nisbatan ikkinchi degan mantiqni keltirib chiqaradi. Bu kesimmi? Unda ega qaysi tomonda bo‘ladi? Bizningcha, darsliklarda aniq bir to‘xtam va ta’rif berilguncha shunday tasnif qilinishi mumkin: kesim gapning mazmuniy va grammatik mazmuni, ega va kesim bosh bo‘laklar, to‘ldiruvchi, hol va aniqlovchi esa ikkinchi darajali bo‘laklardir. Ko‘rinadiki, kesim ikki grammatik mavqeda. Buni o‘quvchilarga shunday tushuntirish mumkin: gap bo‘laklarini bir oila deb olsak, farzandlar - ikkinchi darajali bo‘laklar, ota va ona - bosh bo‘lak bo‘lgan kesim va ega. Xuddi ota-ona farzandlarga nisbatan bosh bo‘lsalar-da, lekin ota oilaning mutlaq rahbari, yetakchisi hisoblanganidek, kesim ham gapning mutlaq grammatik va mazmuniy markazidir. Mazkur tushuntirish ifodasi hayotiyligi bilan diqqatga sazovor, ayni paytda milliy mentalitetimizga muvofiq.

Shart maylidagi fe’l bilan ifodalangan nomustaqil kesim, asosan, qo‘shma gaplarda keladi va ular tarkibidagi har bir sodda gap yuqoridagi mezonlar aso­sida yig‘iq yoki yoyiq bo‘lishi mumkin.

Atov gaplar bitta asosiy bo‘lak - ot kesimdan iborat bo‘ladi va u yig‘iq gap sanaladi (Masalan: Qish.) Agar atov gap qaysidir bo‘lak bilan kengayib kelsa, u yoyiq gap bo‘ladi (Masalan: Qahraton qish.)

So‘z-gaplarning ikkinchi darajali bo‘laklar bilan kengayish imkoniyati cheklanganligi tufayli ular yig‘iq gap bo‘ladi.

To‘liqsiz gaplarning yig‘iq yoki yoyiq ekanligini aniqlashda o‘quvchilarga tushirilgan bo‘lakni xayolan tiklash usuli tavsiya etiladi. Masalan: Kim keldi? - Karim. (ya’ni Karim keldi). Ko‘rinadiki, 8-sinfdagi qoidalardan ke­lib chiqsak, ega va kesimdan iborat bu to‘liqsiz gap yig‘iq gapdir. Musobaqaga kim bilan borasan? - O‘rtog‘im bi­lan (ya’ni o‘rtog‘im bilan boraman) - yoyiq gap.

59-betda ilmiy xatolik kuzatiladi. “Fe’l kesimlar quyidagi ko‘rinishlarga ega:.. b) ravishdosh bilan ifodalangan kesim: Uy egasi dasturxonni mehmon oldiga yozguncha, Fotima ham barkashni olib keldi”. Gapda “yozguncha” fe’li kesim emas, chunki unda munosabat shakllari (zamon, mayl, shaxs-son) yo‘q. Shu bois bu qo‘shma gap emas. Gapning “Uy egasi dasturxonni mehmon oldiga yozgun­cha” qismi bitta bo‘lak - murakkab payt holi. Demak, bu jumla yoyiq sodda gapdir.

O‘quvchilarga ta’kid bilan tushuntirish kerakki, shakllangan kesimlar soni gapni sodda va qo‘shma gaplarga ajratishga asos bo‘ladi. Shakllangan kesim: fe’l kesim bo‘lsa, munosabat shakllari; b) ot kesimda esa bog‘lamalar ishtirok etgan kesimdir. Bitta gapda turli vazifa shakllaridagi ko‘plab fe’llar ishtirok etsa ham, bitta shakllangan kesim bo‘lsa, qo‘shma gap bo‘lolmaydi, balki yoyiq sodda gap hisoblanadi.

GRAMMATIK SHAKL VA GRAMMATIK KATEGORIYA" MODULINI O'QITISHDA TUSHUNCHALAR TAHLILI METODIDAN FOYDALANISH


Filologik ta’limda o‘quvchi va talabalarga yangi pedagogik texnologiyalar asosida berilgan bilimlar ularning bilish salohiyati bilan birga fikrlash doirasini kengaytirish, nutqining ravonligini oshirish, ijodiy va ilmiy mushohada yuritish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Jumladan, oliy o‘quv yurtlarining filologiya fakulteti talabalariga tilshunoslik fanlarini o‘tishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish fanlarni mukammal o‘rganishga zamin yaratadi.

“Hozirgi o‘zbek tili” fanining “Morfemika- morfologiya” bo‘limini o‘qitishda xususiy pedagogik texnologiyalarning katta qismidan foydalanish mumkin. Ilmiylik, izchillik, qulaylik, nazariy va amaliy bog‘liqlik, faollik va mustaqillik, ko‘rgazmalilik, tarbiyalovchi va takomillashtiruvchi xarakter, kasbiy yo‘naltirilganlik kabi didaktik tamoyillar tizimiga asoslanib o‘tiladigan har bir mashg‘ulot maqsadga samarali erishishda muhim o‘rin tutadi. Shundan kelib chiqqan holda quyida o‘z darslarimizda qo‘llagan metodlar va ularning samarasi haqida fikrlashmoqchimiz.

“Tushunchalar tahlili” metodi modul yoki barcha mavzularni yodga olish, o‘qituvchi tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda o‘z izohlarini berish, shu orqali o‘z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish, o‘qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida barcha talabalarni baholay olishga yo‘naltirilgan. U talabalarni tushuncha va atamalarni izohlash, o‘tilgan materiallarni eslab qolish, faollikka o‘rgatadi. Ushbu metodni takrorlash darslarida, talaba bilimini nazorat qilishning frontal shakli sifatida, yangi bobni boshlashdan oldin talaba biladigan va bilmaydigan tushunchalarni aniqlab olishda qo‘llash mumkin.

Bunday mashg‘ulotlarda foydalanish mumkin bo‘lgan vositalar: tarqatma materiallar, tayanch tushunchalar ro‘yxati, qalam, ruchka, slayd.

Izoh: reja bo‘yicha, mavzu asosida hamda o‘qituvchining qo‘ygan maqsadi (tekshirish, mustahkamlash, baholash)ga mos (agar yakka tartibda o‘tkazish mo‘ljallangan bo‘lsa, guruh talabalari soniga qarab, agar kichik guruhlarda o‘tkazish belgilangan bo‘lsa, guruhlar soniga ko‘ra) tarqatma material tayyorlanadi.

Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:

  • talabalar guruhlarga ajratiladi;

  • mashg‘ulotni o‘tkazishga qo‘yilgan talab va qoidalar bilan tanishtiriladi;

  • tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi;

  • talabalar yakka tartibda o‘tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo‘yicha tarqatma materialda berilgan tushun­chalar bilan tanishadilar;

  • tarqatma materialda mavzu bo‘yicha berilgan tus­hunchalar yoniga egallagan bilimlari asosida izoh yozadilar;

  • o‘qituvchi tarqatma materialda mavzu bo‘yicha berilgan tushunchalarni o‘qiydi va jamoa bilan birgalikda har bir tushunchaga to‘g‘ri izohni belgilaydi yoki ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan slayd orqali (imkoni bo‘lsa) tanishtiradi;

  • har bir talaba to‘g‘ri javob bilan belgilangan javoblarning farqlarini aniqlaydi, kerakli tushunchaga ega bo‘ladi, o‘z-o‘zini tekshiradi, baholaydi, shuningdek, bilimlarini mustahkamlaydi.

  • Izoh: “Tushunchalar tahlili” usulini “Chaynvord”, “Uzluksiz zanjir”, “Klaster”, “Blits zanjir” shaklida ham tashkil qilish mumkin.

Mashg‘ulotda quyida berilgan tarqatma material- lardan foydalanish mumkin. Talabalarga ushbu xarita beriladi. Talabalar 10 daqiqa ichida tushunchalarini yozadilar.

Ma’ruza mashg‘ulotida yana quyidagi metodlardan ham foydalanish mumkin:

1-ilova

Venn diagrammasi Topshiriq. Leksik-morfologik kategoriya va funksional-morfologik kategoriyalarni taqqoslang va Venn diagrammasida ifodalang.

  1. ilova

Tushunchalar asosida matn tuzish” metodi

Topshiriq: berilgan so‘zlar asosida 5-6 gapdan iborat matn tuzing. Tuzilgan matnlar asosida grammatik kategoriyalarni tasniflang:

1-sentabr, O‘zbekiston, sho‘rolar tuzumi, majlis, deklaratsiya. (Mustaqillik)

  1. Yomg‘ir, sovuq, o‘tin, quyosh, gul, Vatan. (Bahor)

  2. “Munojot”, Shahrisabz, Oqsaroy, Amir Temur, musiqa. (I maqom festivali)

Qiyoslash asosida xulosa chiqarish

Topshiriq: grammatik ma’no tarkibini o‘zaro qiyoslang.

Grammatik ma’no

Hamroh ma’no

Yondosh ma’no

To‘g‘ri javob: kategorial va yondosh ma’no dialektik bog‘langan, hamroh ma’no esa nisbiy.

Bundan tashqari bir necha xil shakl-ko‘rinish, mazmun-mohiyatga ega KLASTERlar, Intellekt xarita, tushunchalar tahlili asosidagi krossvordlardan ham foydalanish mumkin. Bularning barchasini o‘qituvchi yoki talabalarning o‘zlari ham tayyorlab kelishlari mumkin. Biz ko‘p hollarda talabaning mustaqil ishida shunday topshiriqlar beramiz va talabalar hech bo‘lmaganda shulardan bittasini bo‘lsa-da tayyorlashga harakat qiladi. Tushunchalar tahlili metodi har bir modul yoki mavzuda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan metod bo‘lib,

u, o‘z navbatida, dars salohiyati va samaradorligini oshiradi.



Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish