6-mavzu: Bo‘lay desang baquvvat, bardam, sport bilan shug‘ullan hardam.
(1 soat)
O’quvchilarda jismoniy tarbiya va sportga qiziqishni kuchaytirish orqali ularni jismoniy va axloqiy jihatdan barkamol etib tarbiyalash, o’quvchilar ongiga sog’lom turmush tarzi asosida yashash qoidalarini singdirish.
7-mavzu: Piyoda va uning do‘stlari. (Yo‘l harakati qoidalari).
(1 soat)
Yo‘l harakati qoidalarida piyodalarning vazifalari. Piyodalarning trotuardan harakatlanish qoidalari. Yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tishda piyodaga yordam beruvchi do‘stlari. Yo‘l harakati qoidalarini buzgan o‘quvchilarni intizomini muhokama qilish.
8-mavzu: Ona tiliga ehtirom (O‘z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat)
O`quvchilarga Ona tili — bu millatning ruhi, til – dil kaliti ekanligi haqidagi hikmatlarni uqtirib, Davlat tiliga bo`lgan hurmatni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda o’quvchilar qalbi va ongiga boshqa millat va elatlar tillariga ham hurmat bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |