32-mavzu: Kitob bizning do‘stimiz. (1 soat)
O‘quvchilarda kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosi, hayotni o‘rgatuvchi murabbiy ekanligi haqida tushunchalar hosil qilish orqali ularning qalbi va ongiga kitob o‘qishga bo‘lgan munosabat, kitobni asrab-avaylash va kitobga mehr-muhabbat tuyg‘ularini singdirish.
33-mavzu: Yozgi ta’til – bir yilga tatir. (1 soat)
O‘quvchilarga yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berish, ularga yozgi oromgohlarga yoki cho‘milish havzalariga borganda ehtiyot bo‘lishlikni uqtirish va albatta kattalar nazoratida borishlikni tushuntirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |