30-mavzu: Ona Vatan – aziz! (Xotira va qadrlash kuni oldidan). (1 soat)
O‘quvchilar qalbi va ongiga ajdodlar xotirasiga hurmat, tiriklarni qadrlash tuyg‘ularini singdirish orqali ularda hozirgi kunlarimizga shukronalik, tinchlikning qadriga yetish hamda ajdodlarga munosib voris bo‘lish xislatlarini tarbiyalash.
31-mavzu: Yo‘l-transport xodisalari va ularning kelib chiqish sabablari. (1 soat)
Yo‘l transport xodisasi. Uning turlari hamda sodir bo‘lish sabablari. Bolalar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport xodisalarining asosiy sabablari: piyodalar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaslik, transportdagi yo‘lovchilarning o‘z vazifalarini bajarmasligi, ko‘chada va transportda intizomsizlik va hk.
Do'stlaringiz bilan baham: |