3-sinf « Sinf soati » uchun qo’llanma ( 34 – soat )
1-mavzu: Serquyosh O‘zbekiston! (1 soat)
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek, “Faol investitsiya va ijtimoiy rivojlanish yili”, davlat dasturi, “Obod qishloq”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlarning ma`no – mazmuni va ruhi mujassam etgan holda singdirish.
2-mavzu : Transport vositalariga chiqish va tushish qoidalari.(Yo‘l harakati qoidalari). (1 soat)
Transport vositasiga chiqishda: Transport vositalarini bekatlarda kuting, yo'lning transport vositasi qatnaydigan qismiga chiqmang. Avtobus, trolleybus, tramvay va boshqa transport vositalariga ular batamom to'xtagandan so'ng chiqing. Jamoat transportiga chiqish orqa eshikdan, tushish esa old eshikdan amalga oshiriladi. Avtobus, trolleybus, tramvayga ular harakatlanayotgan paytda sakrab chiqmang, orqasiga osilmang, zinapoyalarida turmang kabi tushunchalarni singdirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |