9-mavzu: Oilada tejamkorlik. (1 soat)
O`quvchilarni tejamkorlikka o`rgatish, ularga ortiqcha isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslikni uqtirish orqali o’quvchilarning iqtisodiy savodxonligini, iqtisodiy ongini, iqtisodiy fikrlashi va iqtisodiy madaniyatlilik darajasini oshirish.
10-mavzu: Shahar tashqarisida xavfsizlik qoidalari (Yo‘l harakati qoidalari).
(1 soat)
Yo'l belgilari va belgilaridan foydalanishi, transport vositasini boshqarish signallarini boshqarishi, turli transport vositalarining harakatlanish tartibini aniqlash, transport vositasi harakatlanayotganda jarohatlanganlarga dastlab tibbiy yordam ko'rsatish, transport vositalarining harakatini tushuntirish.
11-mavzu: Bayrog‘imiz – faxrimiz (18 noyabr - O‘z.Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat)
O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish,O`zbekiston
Respublikasi Davlat bayrog`ini yuksaklarga ko`tarishda ularning o’rni kattaligini uqtirish, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i o`zga yurtlarda ko`tarilganda g`urur va iftixor tuyg`usini oshirishini singdirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |