16-mavzu: Yangi yil archasi (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan).
(1 soat)
O`quvchilarda yangi yil bayramida ezgu orzular bilan yangi yilga qadam qo’yish, maktabning odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish, yangi yilda tashkil etilgan bayram tadbirlarida namunali ishtirok etish xislatlarini tarbiyalash hamda o’quvchilar ongiga yangi yilda inson qalbi ham qor kabi oppoq bo`lishi lozimligini singdirish.
17-mavzu: Vatanimiz himoyachilari (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan). (1 soat)
O‘quvchilar qalbi va ongiga Vatan muvaffaqiyatida o‘zlarining ham shaxsiy burchlari va mas’uliyatlari borligini chuqur singdirish, ularda ona yurtga mehr-oqibatli bo`lish, Milliy armiyamiz haqida ma’lumotlarga ega bo`lish, Vatan muammolarini o‘zinikidek qabul qilish,
Vatan yukini o‘z elkasiga olish, mumkin qadar ona yurtiga foyda keltiradigan shaxs bo‘lib ulg‘ayish xislatlarini tarbiyalash.
18-mavzu: Transportdan tushgan yo‘lovchilarning yo‘ldan o‘tish qoidalari (Yo‘l harakati qoidalari) (1 soat)
Yo'l belgilari va belgilaridan foydalanishi, transport vositasini boshqarish signallarini boshqarishi, turli transport vositalarining harakatlanish tartibini singdirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |