O‟zbekiston respublikasi xalq ta‟limi vazirligi o„quvchilarni kasb-hunarga yo„naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Gender identifikatsiyasini shakllantirish erta yoshdan boshlanadi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana30.05.2022
Hajmi0,6 Mb.
#620927
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
! 11-sinf Oilaviy zo\'ravonlikning oldini olish

Gender identifikatsiyasini shakllantirish erta yoshdan boshlanadi
bu 
o’g’il yoki qiz bolalarga tegishli bo’lish hissi bilan namoyon bo’ladi.

Uch yoshlik davridan boshlab o’g’il bolalar o’g’il bolalar bilan, qizlar esa 
qizlar bilan o’ynashni afzal ko’rishadi. 

Erta o’spirinlik davrida o’g’il bolalar o’zlarini erkaklik ruhida tarbiyalab
ayollarga xos jihatlardan jumladan, qizlarning muomala uslubi, xulq-atvori
qiziqishlari va x.k ularga nisbatan beparvo munosabatni rivojlantirish va 
tarbiyalashdan ajratadilar.

O’rta maktabda o’zini tutish darajasida bunday munosabatni o’rnatish qizlarni 
jinsiy kamsitishga olib keladi va natijada jinsiy zo’ravonlikni keltirib chiqarishi 
mumkin. 

O’smir yigitning huquqbuzar sifatida o’zini bunday tutishi “haqiqiy erkak” 
qiyofasining ijtimoiy qo’llab-quvvatlanishi, kelajakda uning qizlar bilan gender 
tengligi asosida munosabatda bo’la olmasligi va shu bilan to’qnashuvlar ortishi 
xavfini paydo bo’lishiga olib keladi (masalan, oilada) va bular kuch bilan hal 
qilinish maqomiga chiqadi. 
Mavzuni mustahkamlaymiz
. “Aqliy hujum”savollari: 


1.Oila qadriyatlari nima? 
2.Bir-biriga yordam berish deganda nimani tushunasiz? 
3.Gender tenglik deganda nimani tushunasiz? 
 
"Qalamlar" ertagi
Maqsad:
oilada bag’rikenglik, tenglik tuyg’usini rivojlantirish
 
Kichkina qutida oltita qalam bor edi. Hamma do’st bo’lib yonma-yon 
ishlashar edi. Ular ichida qora qalam eng ko’p ishlardi. Boshqa rangdagi qizil, 
ko’k, yashil, sariq qalamlar unga qaraganda biroz kamroq ishlar edi. Ularning 
orasida oq qalam ham bor edi va u bilan bir voqea sodir bo’ldi. 
U boshqalarga qaraganda kamroq ishlatilar va ko’pincha qutidan umuman 
olinmas, shu sababli Oq qalam har safar xafa bo’lardi.
- Men hech kimga kerak emasman ... Hech kim meni sevmaydi, yomon fe’l-
atvorim bor, hech kim menga e’tibor bermaydi. Do’stlarim har kuni ishlaydi, men 
esa o’z galimni kutaman. Men keraksiz qalamman - deb yig’laganidan qalam qutisi 
namlanib ketardi. 
Ammo bir kun qalamlar yashaydigan ofisga qora qog’oz olib kelindi. Shu 
paytgacha ular oq rangdagi qog’ozga yozishgan va chizishgan, shuning uchun ular 
asosan rangli qalamlardan foydalanishgan edi. Ammo bu voqeadan so’ng Oq 
qalam juda zarur bo’lib qoldi, chunki faqatgina oq qalamda qora qog’ozga yozish 
qulay edi. Dastlab, Oq qalamni topa olmaganliklari idorada katta shov-shuv bo’ldi 
va nihoyat uni topishgach, ular faqat shu qalamdan foydalanishdi. 
Oq qalam xursand edi. U chiziqni to’g’ri chizishga harakat qilardi, tez va 
yumshoq chizardi. Kechayu-kunduz ishlashga doim tayyor edi. Do’stlari esa uning 
uchun xursand bo’lishardi. Ular doimo uni qo’llab-quvvatlar va ayniqsa hozir 
uning baxtli ekanligini ko’rib mamnun bo’lishardi. Oq qalamning iste’dodi va 
qobiliyatlari ochilib rivojlanib borar edi. 
Kunlar o’tdi va faqat Oq qalam ishlardi. Qolgan qalamlar dam olib, zerikib 
ketishdi. Oq qalam juda tez charchay boshladi, shu sababli u hatto kechqurun 
qutidagi do’stlari bilan suhbatlashish uchun yetarli kuch ham topa olmasdi. Shu 
daqiqadan boshlab barcha qalamlar bir-birlarini tushuna boshlashdi. Oq qalam 
umidni yo’qotishning hojati yo’qligini aniq tushundi, ertami-kechmi uning 
qobiliyati va iste’dodini isbotlash uchun imkoniyat bo’lishini angladi. Do’stlari esa 
u hech narsa qilmasdan o’tirganda Oq qalam uchun qanchalik qiyin bo’lganligini 
angladilar. 
O’shandan beri Qora, Oq, Sariq, Qizil, Ko’k va Yashil rangli qalamchalar 
yanada do’stlashib, qiyin paytlarda bir-birini qo’llab-quvvatlaydigan bo’ldilar. Ular 
bir-birlariga yoqimli so’zlar aytishni, yaxshi fazilatlarini eslatishni ham 
unutishmadi. Qanday birgalikda ishlash va dam olish haqida o’ylay boshlashdi. 


Ularning har birining o’z o’rni borligini va almashtirib bo’lmasligini, do’stlariga va 
o’ziga haqiqatdan ham kerakligini bilar edilar. 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish