O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 183,5 Kb.
bet6/8
Sana21.04.2022
Hajmi183,5 Kb.
#568458
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ozbekistonda xalqaro terrorizmga qarshi kurash zaruriyatining ijtimoiy-fals

O’zini portlatish orqali begunok kishilarning xalok bo’lishiga, qanchadan-qancha bolalarning yetimga aylanishiga sabab bo’ladigan jafokorlik xam jaxolatning o’ziga xos ko’rinishidir.
Bunday jafokorlik eng og’ir gunoxlardan xisoblanadi. Qur’oni karimning «Niso» surasi 93-oyatida «Kimda kim qasddan bir mo’minni o’ldirsa, uning jazosi jaxannamda abadiy qolishdir. Yana unga Allox, g’azab qilgay, lanatlagay va unga ulkan azobni tayyorlab qo’ygay», - degan oyati xam fikrimizni tasdiqlaydi.
Yuqorida qayd etilgan xolatlar xam jaxolat og’ir oqibatlarni keltirib chiqarishini ko’rsatadi. Shunday ekan, odamlar ongi va qalbida28 ma’rifatning mutlaq ustuvor bo’lishiga erishish, kishilar tafakkurini boyitish, ularda sog’lom va sobit e’tiqodni shakllantirish uchun kurash, bu yo’ldagi nazariy va amaliy ishlarning xozirjavobligini taminlash, ta’sirchanligini oshirish dolzarb vazifalardan biri bo’lib qolaveradi. Zero, Yurtboshimiz o’rinli takidlaganlaridek, “odamning o’z mustaqil fikriga, sobit e’tiqodiga, o’zi tayanib yashaydigan xayotiy-milliy qadriyatlar, shakllangan dunyoqarash va mustaxkam irodaga ega bo’lishi xar turli mafkuralarning bosimi, ularning gox oshkora, gox pinxona ko’rinishdagi tazyiqlariga bardosh berishining asosiy sharti xisoblanadi”.
Bir tomondan insonlar ongida ma’naviyat marifat tushunchlarini shaklantirilganligi xam quvonarlidir ammo davlatda bu jinoyatlarga nisbatan qonun bo’lmasa bu qiyinchiliklarga olib kelishi tayin. Shu munosabat bilan davlatimizda terrorizm va ekstremiz jinoyatlariga daxldorlarga nisbatan turli qonun va qarorlar ishlab chiqilgan.
O’zbekiston Respblikasining "Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida"gi qonunining qabul qilinishi va amalga joriy etish shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini taminlash bo’yicha davlat dasturini ishlab chiqishda muxim axamiyat kasb etadi. Bunday dasturning nazariy asosi bo’lib, terrorchilikka qarshi milliy konsepsiya xizmat qildi. Dastur va konsepsiya o’z navbatida terrorchilik bilan kurashish va milliy xavfsizlikni taminlash soxasida yagona davlat choralari tizimini ishlab chiqishga asos bo’ldi. "Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida"gi qonunni amalga joriy etishdagi uzluksizlik va mutanosiblik ana shundadur. Shuni xam aytib o’tish joizki, qonun loyixasi Oliy Majlis sessiyasida birinchi o’qishda ko’rib chiqilgandan so’ng umum xalq muxokamasiga xavola etildi va unga ijobiy fikr bildirildi. Shu bilan birga "Xalq so’zi" va "Narodnoy slovo" gazetalari taxririyatiga,shuningdek, bevosita Oliy Majlisga ko’pgina taklif va tavsiyalar yo’llandi. Qonun ana shu fikr-muloxazalarni, taklif va tavsiyalarni munosabatta olgan xolda qabul qilindi. Demak, "Xalqaro terrorizmga qarshi kurash to’grisida" gi qonun, eng avvalo xalqimizning erkin xoxish-irodasi bilan qabul qilingan bo’lsa, ikkinchi tomondan oliy darajadagi xalqaro xamjamiyatlar tomonidan tasdiqlangan xalqaro xuquq me’yorlariga mos keladigan tamoyillarni inobatga olgan xolda qabul qilingan.
O’zbekistonda xalqaro terrorchilikka qarshi kurashning xuquqiy asoslarini yaratish nafaqat terrorchilikka qarshi kurashning xuquqiy asoslarini mustaxkamlashda, balki uning ma’naviy asoslarini xam mustaxkamlashda katta axamiyatga ega. Zero, o’z maqsadlariga erishish yo’lida xech qanday qing’ir yo’ldan tap tortmaydigan ekstremistlar o’zlarini "ezgu maqsadlar" soxibi deb e’lon qilishadi. Ular o’z targ’ibotida ulkan maqsadlarga erishish faqat xokisorlik orqali amalga oshiriladi, degan soxta fikrni tarqatishdan xatto or xam qilmaydilar. Ular tomonidan amalga oshirilayotgan terrorchilik xarakatlari butunlay boshqa narsadan dalolat beradi.Ularda aynan shu ezgu maqsadlar yetishmaydi.
Ular o’z siyosiy manfaatlari xamda xujayinlarining amrini bekamu ko’st ado etish yo’lida qadimdan odat tusiga kirib, bir necha bor sinovdan o’tgan yo’lni, yani o’z siyosiy maqsadlari yo’lida psixologiyasiga ta’sir qilish singari jirkanch siyosiy uslubni qo’llamoqdalar".
Dunyoning turli chekkalarida diniy ekstremizm g’oyalari asosida sodir bo’layotgan terrorchilik xarakatlari, shu jumladan, O’zbekistonda islom ekstremizmi asosida sodir bo’layotgan voqealarga siyosiy baxo berib, Prezident I.A.Karimov 1997 yildayoq jaxon ommasini shunday ogoxlantirgan edi: "...E’tiborni jaxon xamjamiyati xayotida islom qadriyatlarini tiklash bayrog’i ostida ro’y berayotgan xodisalar g’oyat xilma-xil, ko’p qirrali, bazan ziddiyatli va xatto qarama-qarshi qutbli ekanligiga qaratmoqchiman”.
Shu bilan birga aniq-ravshanki, jaxon jamoatchiligi, bu jarayonlarga juda katta qizikish bilan qarabgina qolmayapti. Uning diniy ekstremizm va funadametalizm kabi keskin xodisalar munosabati bilan bezovtalanayotganligi, bazan esa xatto xavsirayotgani xam ko’zga tashlanmoqda.
Afsuski, xozirgi zamon tarixida ana shu keskin ko’rinishlar jiddiy mojarolarni, ziddiyatlarni keltirib chiqarishi, barqarorlik va xavfsizlikka taxdid solishi mumkinligi insoniyatni chuchityapti. Shundan darak beruvchi fikrlar ancha-muncha to’planib qolgan. O’zbekistonning mustaqilligini mustaxkamlash, uning xavfsizligini ta’minlash zarurligi nuqtai nazaridan qaraganda, bu xodisalar bizda xam jiddiy tashvish tug’dirmoqda" . Darxaqiqat, bu asar bosilib chiqqandan olti oy o’tgach, asarda yozilgan gaplar o’zining to’la tasdig’ini topdi.29
Shuning uchun xam O’zbekiston Prezidenti diniy ekstremistik g’oyalar, xususan islom ektremizmi g’oyalari asosida vujudga kelib, asrimizning vabosiga aylanishi terrorchilikning faqat shafqatsiz xatti-xarakatlarining emas, balki ildizlariga yetib borib, jamiyat xayotidan, dunyo xalqlari xayotidan uni tag-tomiri bilan sug’urib tashlash barcha davlatlar va mamlakatlarning eng dolzarb vazifasi bo’lishi kerakligini davlatlar va xalqlar bir tan, bir jon bo’lib xarakat qilishi, qattiq kurash olib borishi kerakligini aloxida ta’kidlab o’tadi.
"Dunyo xamjamiyati agar insoniyatning xavfsizligi, kelajagi xaqida o’ylasa, shunga iqror bo’lishi kerakki, terrorizm balosi tufayli dunyoda vujudga kelgan xozirgi mudxish xolatni shundayligiga qoldirib bo’lmaydi" .
O’zbekiston davlati va uning raxbariyati mamlakatimiz xamda jaxon xamjamiyati osoyishtaligiga va barqaror rivojlanishiga qarshi qaratilgan xalqaro terrorchilikning bugun xar qachongidan xam xavfli tus olganini e’tiborga olgan xolda, shunchaki siyosiy bayonotlar berish, xamdardlik bildirish, balandparvoz vadalar berish bilangina cheklanib qolmasdan, muxim taklif va chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqdi va bu borada barcha xayrixox kuchlar, siyosiy bloklar va davlatlar bilan xamkorlikka tayyor. Ular orasida yon qo’shni davlatlar bilan xamkorlikka aloxida e’tibor qaratilayotganligi esa o’z-o’zidan ravshan. Mintaqadagi "Tinchlik va barqarorlikka, millatlararo totuvlik va mintaqamiz xalqlari" xamda davlatlarining an’anaviy do’stligiga, xamkorligiga xavf soluvchi bu taxdidni bartaraf etish bo’yicha qo’shni mamlakatlar bilan kamkorlik qilish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan. Shu munosabat bilan bir necha muxim jixatlarni aloxida takidlash o’rinli u xam bo’lsa aynan yon qo’shni xududiy tutash davlatlar bilan xamkorlik masalasi bilan bog’lik.
To’g’ri, boshqa uzoq va yaqin davlatlar bilan xam xamkorlik albata zarur. Ammo ushbu masalaning bir tomoni aloxida e’tiborga sazovor. Xususan, tashqi siyosiy va milliy manfaatlarni taminlashda zamon va makon zayli tufayli obektiv xududiy tutash bo’lgan mamlakatlar bilan xamkorlik qilish, o’zaro ishonch asosida ish yuritish xar doim katta samaralar berib kelgan.30
Prezidentimiz davrimizning eng xavfli ofati bo’lgan terrorizmga qarshi kurashning xuquqiy va siyosiy jixatlari xaqida to’xtalib, shunday takidlaydi: "Xech shubxasiz, biz avvalo, o’z kuchimizga, o’z Qurolli Kuchlarimizga,xalqimizning iymon-etiqodi va qatiyatiga suyanishimiz darkor. Bugun men Prezident sifatida xalqimizning ochiq chexrasiga qarab, xammamizga daxldor bo’lgan ana shu xaqiqatni takror aytmoqchiman: biz eng avvalo,o’z kuchimizga tayanishimiz kerak". O’zbekistan Prezidentinish xalqimiz nomidan shunday komil ishonch bilan fikr bildirishi xamma jixatlardan to’la asosga ega edi. Xaqiqatdan xam mustaqillikka erishgandan keyingi yillarda O’zbekistonda sodir bo’lgan qator terrorchilik xurujlari va tajovuzlariga qarshi kurash olib borishda avvalo xalqimizning mustaxkam iymon-etiqodi, irodasi, ruxiy safarbarligi, qurolli kuchlar safidagi xalq posbonlarining Vatanga bo’lgan cheksiz sadoqati asosiy o’rin egalladi.
Mustakil davlatimiz terrorga qarshi yakka xolda kurashib bo’lmasligini ma’naviy marifiy ishlar bo’yicha faqatgina davlatimiz ichida emas balki dunyo xamjamiyatiga oshkor qilib uni xam ma’naviy xam iqtisodiy tomondan kulfat ekanligini uqtirishimiz lozim.Lekin shuni takidlab o’tishimiz lozimki O’zbekiston xalqaro terrorchilikka qarshi kurashda o’zining mutlaqo mustaqil, izchil ichki va tashqi siyosatiga amal qilgan xolda faoliyat ko’rsatmoqda. U turli davlatlar va xalqaro xamjamiyatlar bilan xalqaro terrorchilikka qarshi kurashda xamkorlik qilar ekan eng avvalo o’z milliy manfaatlari va xavfsizligini etiborga olgan xolda xalqaro xuquq mezonlariga rioya qilish tamoyillariga suyanadi.
Lekin xozirgi paytda xalqaro terrorchilik shu darajada keng tarmoqli tuzulmalarga, tashkilotlarga va eng murakkab kurash vositalaridan foydalanish imkoniyatiga egaki, unga qarshi biror-bir davlatning u qanchalik xarbiy va iqtisodiy qudratga ega bo’lmasin, yakka o’zi muvaffaqiyatli kurash olib borishi va uni bartaraf etishi mumkin bo’lmay qoldi. Shuning uchun O’zbekiston xam xalqaro terrorchilikka qarshi kurashda xalqaro xamjamiyatlar,31 turli davlatlar bilan xamkorlik qilishga intilmoqda. Bu, avvalo O’zbekiston xavfsizligi nuqtai-nazaridan muxim ekanligini takidlab 2001 yilda uzoqni ko’zlab millat va davlatimiz xavfsizligi uchun qayg’urgan prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan edi: "Lekin bizga qarshi bo’lgan terrorchi to’dalar orqasida katta imkoniyatlar, katta kuch va mablag’ga ega bo’lgan markazlar tursa, bazi davlatlar ularga pinxona yordam ko’rsatsa, bu oqim xech to’xtamasa, bunday uyushgan vaxshiy kuchlarga biz bir o’zimiz qarshi turushimiz og’ir bo’lmaydimi?
Biz xozir juda og’ir davrda yashamoqdamiz bu davrda inson onggi va qalbi uchun juda keskin kurash bo’lmoqda shuni inobatga olgan xolda o’sib kelayotgan yosh avlodni xam ma’naviy xam g’oyaviy jixatdan onggini ximoyalab borsakkina ertangi kunimuzdan umid qilsak bo’ladi.



Download 183,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish