O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 183,5 Kb.
bet5/8
Sana21.04.2022
Hajmi183,5 Kb.
#568458
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ozbekistonda xalqaro terrorizmga qarshi kurash zaruriyatining ijtimoiy-fals

2 BOB O’ZBEKISTONDA XALQARO TERRORIZMGA QARSHI KURASHNING G’OYAVIY MA’NAVIY ASOSLARI
2.1. O’zbekistonda xalqaro terrorizm qarshi kurashning ma’naviy marifiy masalalari
Xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm nafaqat tashqi, balki ichki xafsizlikka xam daxldor masaladir. Chunki diniy ekstremistik va xalqaro terrorchilik tashkilotlari jangarilik usullari bilan hokimyat uchun kurashuvchi guruxlarni shaklantirish, ularni xar tomonlama rag’batlantirish va ko’plab quvatlashga intiladi.24
Yurtimizda terrorizm va diniy ekstremizmni oldini olish uchun ko’plab ma’naviy marifiy ishlar amalga oshirilmoqda.Bu yo’nalishda aloxida axamiyat yoshlarga qaratilgan bo’lib ularni ongini xar tomonlama ximoya qilishga qaratilgan xisoblanadi.
Mamlakatimizda yosh avlod tarbiyasiga doimo aloxida e’tibor bilan qaralgan. 2008 yilning «Yoshlar yili» deb e’lon qilingani xam buning yana bir yorqin xayotiy-amaliy ifodasi bo’ldi. Shu munosabat bilan qabul qilingan Davlat dasturi doirasida yoshlarning manfaatlarini yanada to’liq ta’minlashga yo’naltirilgan, ularning jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lishini kafolatlashga xizmat qiladigan xuquqiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, g’oyaviy-mafkuraviy tadbirlar tizimli tarzda amalga oshirilayotganini aloxida takidlash zarur. Ayni paytda, Dastur doirasida yosh avlodni xayotga qatiy e’tiqod va qarashlar ruxida, mentalitetimizga yot bo’lgan zararli tasirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan milliy xamda umuminsoniy qadriyatlarga xurmat ruxida tarbiyalash masalalari bilan bog’liq kompleks chora-tadbirlar xam yuksak samara va sifat bilan ro’yobga chiqarilayotganini qayd etish lozim. Inson ongi va qalbi uchun kurash global xarakter kasb etgan bir davrda bunday masalalarga etibor berilishi bejiz emas, albatta. Yurtboshimiz takidlaganlaridek, «...muqaddas islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g’arazli xuruj va xamlalardan, tuxmat va buxtonlardan ximoya qilish, uning asl moxiyatini unib o’sib kelayotgan yosh avlodimizga to’g’ri tushuntirish, islom madaniyatining ezgu g’oyalarini keng targ’ib etish vazifasi xamon dolzarb bo’lib qolmoqda».
Shundan kelib chiqib, o’quv qo’llanmada mintaqamizda diniy ekstremizm va terrorizmning namoyon bo’lishining o’ziga xos xususiyatlari, yoshlar va xotin-kizlarning bun­day kuchlarning asosiy nishoniga aylanishi sabablari taxlil qilingan va «jaxolatga qarshi marifat» g’oyasining moxiyati ochib berilgan.25
Diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashda O’zbekistonning o’ziga xos o’rnini xalqaro siyosatchilar va nufuzli mutaxassislar xam ochiq etirof etishmoqda. Qo’llanmada O’zbekistonning bu boradagi qatiy siyosati, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashdagi o’rni haqida xam atroflicha muloxaza yuritilgan. Shu bilan birga, ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotni taminlashda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli isloxotlar, din soxasidagi ilmiy asoslangan siyosatning axamiyati, fuqarolarda mutaassib g’oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishning dolzarb vazifalari yoritib berilgan.
Muxokama qilingan masalalar shubxasiz murakkab va serqirra mazmunga ega. Bir o’quv qo’lanmasi doirasida ularning barcha jixatlarini qamrab olish, to’liq yoritib berish nixoyatda qiyin,to’g’rirog’i mumkun emas.Shunday bo’lsada, bayon etilgan fikrlar yoshlarimiz tomonidan ularning moxiyatini tushunib olishga yordam beradi, deb o’ylaymiz.
Bilamizki terrorizm diniy ekstremizmni qurol kuchi bilan to’xtatib qolishni imkoni bo’lmayapti. Endi ular boshqa yo’lni tanlab olib odamlarning ongini o’zgartirishga xarakat qilmoqdalar. Muxtaram Prezdentimiz buni yaxshi anglagan xolda jaxolatga qarshi jaxolat bilan emas balki marifat ma’naviyat yo’li bilan qarshi chiqishga undamoqdalar.
Bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash jaxon xamjamiyati uchun eng dolzarb masalaga aylandi. Shu jumladan, bizning yurtimizda xam begunox kishilarning qoni to’kilishi, obod joylar vayron bo’lishi, axoli o’rtasida vaxima, parokandalik kelib chiqishining oldini olish maqsadida bu kabi ishlarni amalga oshirmoqchi bo’lganlarga qarshi qat’iy kurash olib borilmoqda. Bu kurashning moxiyati, jumladan, Prezidentimizning: «Xozirgi vaqtda kuz o’ngimizda dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasida chuqur o’zgarishlar ruy berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaxolatga qarshi ma’rifat bilan kurashish xar qachongidan ko’ra muxim axamiyat kasb etmoqda», - degan fikrlarida o’zining yorqin ifodasini topgan.26
Xush, jaxolatning o’zi nima? U qanday ko’rinishlarda namoyon bo’lmoqda? Jaxolat arabcha «jaxila» fe’lining o’zagi bo’lib, bilmaslik ma’nosini anglatadi. Islom dinidan oldingi davrni «joxiliyat davri» deb atalishining sababi xam shunda. Kishilar bilimsizligi, joxilligi tufayli qiz bolalarni tiriklay ko’mganlar, ayollarni odam o’rnida ko’rmaganlar, ularning xech qanday xaq-xuquqlari bo’lmagan, jamiyat jinoyat botqog’iga botgan zamon bo’lgan. Islom dini kelgach, jaxolat o’rnini marifat egalladi. U ayol-qizlar shanini ko’klarga ko’tardi uch qiz tarbiyalab, ularni turmushga bergan ona jannattiy bulishi, jannat onalar oyog’i ostida ekanini baralla aytdi. Kishilar ma’rifatli bo’la boshladilar.
Afsuski, bugungi kunda xam jaxolat turli ko’rinishlarda o’zligini namoyon qilmoqda. Shulardan biri, diniy bilimsizlikdir. Diniy savodi past bo’lgan kishilar o’zlarini islom dinining jonkuyarlari qilib ko’rsatuvchi, aslida esa xokimyatni egallashni maqsad qilib qo’ygan turli oqim vakillarining quruq vadalariga aldanib qolmoqdalar, xatto o’zlarini qurbon qilishgacha yetib bormoqdalar. Bunday mudxish oqibatlarni keltirib chiqaruvchi bilimsizlikning oldini olishga davlatimiz katta etibor qaratayotganini takidlash zarur. Xaqiqiy diniy bilim olaman deganlarga keng imkoniyatlar yaratilgani - o’rta maxsus islom bilim yurtlari, Toshkent Islom istituti va Toshkent Islom universiteti kabi o’quv yurtlari faoliyat ko’rsatayotgani xam jaxolatga qarshi ma’rifat bilan kurashish borasida aniq amaliy ishlar qilinganining yorqin ifodasidir.27
Joxillik xam mutaassib oqimlarning g’arazli niyatlarini amalga oshirishiga zamin yaratadigan omillardandir. Respublikamiz xududiga yashirin tarzda olib kirilayotgan ekstremistik ruxdagi adabiyotlar, tarqatilayotgan varaqalardan tasirlanayotgan va to’g’ri yo’ldan adashayotganlarning borligi xam buni tasdiqlaydi.
Buning oldini olishda, Prezidentamiz qayd qilganlaridek, «...bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jixatdan atroflicha taxlil qilish va baxolash, ularning ustuvor yo’nalishlarini kimga va nimaga qarshi qaratilganini aniqlash axoli turli qatlamlariga tasirini o’rganish, milliy manfaatlarimizga, xayot tarzimizga zid bo’lgan zararli g’oyalar va mafkuraviy xurujlarning moxiyatini ochib berish, fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog’lom dunyoqarash asoslarini mustaxkamlash aloxida axamiyat kasb etadi». Shu bilan birga davr fuqarolarimizning ekstremistik oqimlar tasiriga tushib qolishining ol­dini olish uchun qilayotgan ishlarimizni muntazam asosda takomillashtirishib borishni talab etayotganini xam aloxida qayd etish lozim.

Download 183,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish