O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 183,5 Kb.
bet4/8
Sana21.04.2022
Hajmi183,5 Kb.
#568458
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ozbekistonda xalqaro terrorizmga qarshi kurash zaruriyatining ijtimoiy-fals

1.2. Xalqaro terrorizmning yuzaga kelishi diniy ekstremizm va fundamentalizmning o’rni
Xalqaro terrorizm bevosita diniy ekstremizm va fundamentalizm bilan bog’liq bo’lib terrorizmni vujudga kelishi xam shu ikkita omil bilan bevosita bog’liq xisoblanadi. Buni quyidagicha izoxlashimiz va tastig’lashimiz mumkin.15
Tarix saboqlari barcha dinlarning rivojlanishi murakkab, ziddiyatli sharoitlarda amalga oshganini ko’rsatadi. Bu boradagi ziddiyatlar ilk o’rta asrchilik davrida shakllangan ayrim diniy aqidalar yangi sharoitlardagi ijtimoiy fikr, madaniyat, fan va texnika taraqiyotida yuzaga kelgan kashfiyotlarga, g’oyalar va ma’naviy e’tiqodlarga mos kelmay qolganligi natijasida yuz beradi. Bunday sharoitlarda xurfikrlik, e’tiqodiy, bag’rikenglik yo’lidan borayotgan ilg’or mutafakkirlar dinning moxiyati, jamiyat xayotidagi o’rnini inkor etmagan xolda, ayrim aqidalarga yangicha qarash, davr ruxi bilan bog’liq ravishda ularni tashkil etish masalasini kun tartibiga qo’ydilar. Ayrim ruxoniylar esa bu fikrlarga qarshi chiqib, diniy g’oyalarni iloxiyat tomonidan belgilangan mangu xaqiqat, deb talqin etdilar, ularga ishonmaydigan yoki shubxa bilan qaraydigan kishilarga nisbatan daxshatli qatog’onchilik usullarini qo’llay boshladilar.
Fundamentalizm va diniy ekstremizm o’sha davrlardayoq shakllangan. Fundamentalistlar diniy aqidalarni mutloq xaqiqat, deb bilishib, ulardan chekinishni gunox, deb xisoblagan bo’lsalar, ekstremistlar o’z maqsadlarini zo’rlik, zo’ravonlik yo’li bilan amalga oshirishga xarakat qildilar.
Fundamentalizm tushunchasi ikkita asosiy tarixi bor deyiladi. Ulardan biri fundamentalizm ilk bor xristian dini orqali kirib kelgan desa ikkinchisi bu yo’nalish azaldan ilk bor islomda vujudga kelgan va tarqalgan nazariya yani etiqod yo’laridan biri deb takidlab o’tilgan.
Tor ma’noda protestant tizimidagi ortodoksal oqimlar. 1910-yillarda AQSHning janubiy shtatlarida paydo bo’lgan. Ular xristianlikning an’anaviy aqidalariga, ayniqsa, Bibliyaning mutlaqo mukammalligiga ishonchni mustahkamlashni, uni so’zma so’z sharhlashga qatiy rioya qilishni talab qiladilar. 1919 yil Filadelfiyada Jahon xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solindi.16
XX-asrning 70-yillaridan Fundamentalizm so’zi islomga nisbatan qo’llanila boshlandi. Islom Fundamentalizm Qur’on va hadislarni so’zma so’z talqin etish va ilk islomga qaytishni targ’ib qiladi. Keyingi paytlarda mutaassib musulmonlar«fundamentalistlar» deb atalmoqda. Islom Fundamentalizm turli yo’nalish va kayfiyatdagi guruhlarni o’z ichiga oladi. Ularning bazilari terror usullari bilan qonuniy hokimiyatga qarshi kurashda o’zini namoyon etsa, boshqalari targ’ibot tashviqot ishlari, diniy ta’lim bilan, turli jamoat tashkilotlari, maktab, ommaviy axborot vositalariga kirib borish, audio, vidio kassetalarni tarqatish bilan shug’ullanadi. Islom Fundamentalizmiga xos bo’lgan g’oyalar g’arb turmush tarzi va g’arb tovarlarining iste’moliga qarshi kurash, dinsiz yoki«sof islomdan chekingan» davlat rahbarlarini jismonan yo’q qilish, islomda shirkka barham berish va biridir. Islom Fundamentalizm talqinida azizavliyolar qabrini e’zozlash ham butparastlikka kiradi. Hozirgi davrda islom Fundamentalizm vakillari butun dunyoga yoyilib, har yerda o’z maslakdoshlarini topishga intilmoqda.
Diniy fundamentalizm-aqidaning o’zgarmasligini ximoya qiladigan, vaxiy va mo’jizalarning muqaddas kitoblardagi bayonining xarfiy talqini tarafdori, ularning xar qanday majoziy talqiniga murosasiz, so’zma so’z talqinga asoslangan e’tiqodni aqlga tayangan man­tiqiy dalillardan ustun quyadigan, muayyan diniy e’tiqod shakllanishining boshlang’ich davrida belgilangan barcha yo’l-yo’riqlarni qatiy va og’ishmay bajarilishgini talab qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qo’llaniladigan istiloxdir.17
Islom fundamentalizmi esa, zamonaviy islomdagi uch yo’nalishdan (qolgan ikkitasi - traditsionalizm va mode­rnizm) biridir. Islom fundamentalizmining asosiy g’oyasi - “sof islom” prinsiplariga qaytish maqsadi - “islomiy taraqiyot” yo’lini joriy etishdir.
XX- asrning 80-90 yillarida butun dunyoda diniy omilning faollashuvi sobiq, sovetlardan keyingi makonda xam o’z aksini topdi. Bu davr jamiyat taraqiyotida, bir jixatdan, diniy e’tiqodning ijtimoiy-madaniy xayotdagi tabiiy mavqei tiklanayotgan, ikkinchi tomondan, mazkur asosda ayrim mafkuraviy ziddiyatlar tug’ilishi vaqti bo’ldi.
Markaziy Osiyodagi yangi davlatlar mustaqilligining qaror topishi va mustaxkamlanishi davrida “islom omili”, “islom uyg’onishi", “qayta islomlashish”. “islom fenomeni” kabi iboralar tobora ko’proq ishlatilib, bu xol ularning beqiyos faollashuvini o’zida aks ettirdi, Buning asosiy sabablari:

  • sobiq mafkuraviy tasavvurlar va qadriyatlar tizimining yemirilishi va muayyan vaqt davomida xosil bo’lgan ma’naviy bo’shliqni to’ldirish zarurati;

  • kommunistik mafkuraning ma’naviy qashshoqligi, o’ziga xos mutaassibligi va muayyan millatlar manfaatlariga qarshi qaratilganligi bilan shuro xokimiyatidan keyingi makonda diniy fundamentalizm va traditsiona­lizm uchun qulay sharoit tug’ulishi;

  • sobiq ittifoqdagi xukumron partiyaning jilovbardorlari diniy jamoalarni xalqlarning aql-idrokini egallash uchun kurashda o’zlarining raqibi deb xisoblashi dinning pinxoniyatga chekinishi va xatto uning muayyan ma’nodagi muxolif kuchga aylanishiga olib kelishi;18

- sobiq sovet tuzumining butun faoliyati davomida dinning taqib ostida bo’lib kelgani, islom dinining eng saloxiyatli ulamolari qatag’on qilinishi, minglab masjid va madrasalarning buzib tashlanishi diniy taassufni yo’qotishga emas, balki uning ildizlarini oziqlantiruvchi xatarli omillarning kuchayishiga olib kelgani;
-milliy uzlikni anglash tuyg’usi, etnik jixatdan nasl-nasabini izlashga intilishning beqiyos kuchayishi va boshqalar.
-aqidaparastlikni yoyish orqali musulmonlarning isloxotchi davlatga ishonchini yuvda chiqarishga urinish;
-mustaxkamlanib borayotgan umummilliy birdamlik va xamjixatlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikka raxna solishga qaratilgan urinishlar;
-demokratiya va dunyoviy davlat tushunchalarini, e’tiqod erkinligiga asoslangan ko’p konfessiyali dunyoviy jamiyatni obrusizlantirishga yo’naltirilgan sa’y- xaraxatlar va boshqalar.
EKSTREMIZM (lotincha. o’ta, keskin) siyosatda va mafkurada ashaddiy, favqulodda harakat va qarashlarga asoslanib faoliyat yuritish. Ekstremizmning siyosiy va diniy ko’rinishlari yaqqol ajralib turadi. Siyosiy Ekstremizm namoyandalari o’zlarining g’arazli maqsadiga erishish uchun kuch ishlatish usullaridan foydalanib, mavjud siyosiy tuzilmalarning barqaror faoliyat yuritishini buzish va yo’qotishga harakat qiladi. Bu yo’lda ekstremistlar va ekstremistik tashkilotlar «demokratiya» niqobi ostida balandparvoz shiorlar, chaqiriqlar bilan chiqib, terrorchilik va partizanlik harakatlarini qo’llab quvvatlaydilar, qonunga rioya etmaslik, ish tashlashlar, tartibsizliklar chiqarishga urinadilar, odamlarni gijgijlaydilar, terror qilish usulidan foydalanadilar. Ekstremistik tashkilotlarning rahbarlari har qanday murosa va kelishuvni rad etadilar. O’ziga tobelarni o’z buyruq va ko’rsatmalarini ko’r ko’rona bajarishga majbur etadilar. Siyosiy Ekstremizmning millatchilik ko’rinishi turli millat va etnik guruhlar huquqini inkor 19etishda namoyon bo’ladi. Millatchi ekstremistlar faoliyati separatizm bilan bog’liq bo’lib, ko’p millatli davlatlarni yo’qotish, tub millat hukmronligini o’rnatishga qaratiladi. Bunday Ekstremizm millatlararo munosabatlarning keskinlashuvi va xalqlar o’rtasida mojarolar chiqishiga olib keladi. Diniy ekstremizm, avvalo, boshqa konfessiyalarga, ularning vakillariga nisbatan toqatsiz bo’ladi. Diniy tashkilotlardan dunyoviy davlatga qarshi kurashda foydalana boshlaganlar.


Diniy ekstremizm - muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassib unsurlarning faoliyati mafkurasi. Bunga misol tariqasida Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida faoliyat ko’rsatayotgan “Musulmon birodarlari” va undan ajralib chiqqan ko’plab diniy- ekstremistik tusdagi guruxlar va tashkilotlarni ko’rsatish mumkin.
“Musulmon birodarlari" tashkiloti vaxobiylik ma­fkurasi asosida birinchi marta Misrda shakllandi. Ushbu xarakatning shiori: “Allox bizning idealimiz, Payg’ambar - yo’lboshchimiz, Jixod-maqsadimizga erishish vositasi, Allox yo’lida shaxid bo’lish muqaddas tilagimiz” negizida yotgan maqsad.
“Musulmon birodarlari” tashkiloti mafkurasi quyidagi asosiy g’oyalarga tayanadi:
Islom nuqtai nazaridan, barcha musulmonlar yagona millatni tashkil etadilar va e’tiqod bo’yicha birodardirlar. Shu asosda, “musulmon birodarlar" jug’rofiy xududni tan olmaydilar.
Islom nafaqat din, balki xayotni tashkil etish tarzi xamdir. Unda barcha ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy masalalar kabi sof dunyoviy muammolarning xal etish yo’llari ko’rsatib berilgan, degan da’voni olg’a suradilar.20
Islom barcha xalqlar va ijtimoiy tabaqalarni birodarlikka da’vat etishini niqob qilib olgan “musulmon birodarlari” mafkurasining asosiy moxiyati- musulmonlarning birligi va ularning diniy va dunyoviy xokimiyatni o’zida mujassamlashtirgan xalifa raxbarligidagi yagona musulmon davlatiga birlashtirishni ko’zlagan, sog’lom mantiqqa mutlaqo zid da’vodan iborat.
Asrimizning 80-chi yillariga kelib, “Musulmon biro­darlari” tashkilotining fraksiyalarga bo’linib ketishi. Uning asosida “Islom ozodlik partiyasi”, “Sotsial isloxotlar jamiyati”, ayniqsa ekstremistik terroristik faoliyat uslublarini keng qo’llayotgan “At-Takfir val- Xijra”, “Junud Allox”, “Jixod”, "Xizbulloy” kabi tashkilotlarning shakllanishi. Ular faoliyatining muayyan mamlakatlardagi ichki ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va xalqaro jarayonlar rivojiga ko’rsatayotgan salbiy tasiri. Ularning umummusulmon madaniyatini jaxon ommagi nazarida qora buyoqlarda ko’rsatilishiga sabab bo’layotgani.
Diniy ekstremizmning mamlakagimizdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka ko’rsatishi mumkin bo’lgan salbiy tasiri, Islomning ijtimoiy-ma’naviy xayotdagi maqomini qayta tiklash shioridan foydalanishga urinayotgan muayyan kuchlar tomonidan, diniy e’tiqoddan tanqarida bo’lgan siyosiy maqsadlarga erishishga qarashlgan urinishlaridan ogox bo’lish zarurati.
Diniy ekstremizm oqibatlari Jazoir va Afg’onistonda millatlarning parchalanib ketishiga olib kelgani, O’zbekistonning janubiy qo’shnilari bo’lgan ayrim mamlakatlarda qonli urushlarga sabab bo’lganini dalillar bilan isbotlab berish.
Ekstremizm va fundamentalizm shakllangan ijtimoiy tuzilmalarga, siyosiy tartibotlarga qarshi chiqib, ularning barqarorligiga raxna solishga, kuchsizlantirishga, o’z maqsadlariga erishish uchun odatdagidek kuch ishlatish usullari bilan ularni ag’darib tashlashga xarakat qiladi. Ekstremizm va fundamentalizm raxbarlari qanday kelishuvni, muzokarani, bitimni inkor etadilar. Xech qanday o’zaro yon bosishga yo’l qo’ymaydilar. “Yo xammasi, yo xech narsa” tamoyili bo’yicha xarakat qiladilar. Demak, bu masalada siyosiy ekstremizm va fundamentalizm siyosiy terrorizm bilan bir safda turadi. Ekstremizm va fundamentalizm xavfi xaqida tuxtalib, Prezident I.A. Karimov bunday ta’kidlaydi: “Aslini olganda, xavfsizlikka solinayotgan taxdidlar ancha serqirra. Ular siyosiy ekstremizm va fundamentalizm, shu jumladan diniy ruxdagi ekstremizmni millatchilik va milliy maxdudlikni etnik, millatlararo, maxaliychilik va urug’-aymoqchilik asosidagi ziddiyatlarni, korrupsiya va jinoyatchilikni, ekologiya muammolarini o’z ichiga oladi”.21

Mafkuraviy nuqtaiy nazardan ekstremizm va fundamentalizm xar qanday boshqacha fikrlashni inkor etadi. O’zining mafkuraviy va diniy qarashlarini qo’pol ravishda majburlab qabul ettirishga xarakat qiladi. O’z muxoliflarini turli vositalar bilan majburlashi qiynashi mumkin.


Bu yo’lga kirgan xar qanday odamni onggini zaxarlab unga turli qo’poruvchilik odam o’ldirish va odamlar gavjum joylarga borib o’zini portlatib yuborish kabi qabix o’ylarni onggiga quyadi. Bu qilmishi bilan uni jannat kutib turganligi dini Islom yo’lida shaxid darajasiga yetib bu dunyodan u dunyoga jannat axillaridan bo’lib ketish kabi yolg’on aldovlar bilan odamlarni manqurt qilib o’z yovuz niyatlarini amalga oshiradilar.
Demak, o’zini o’zi xalok qilish bilan begunox odamlarning o’limiga sabab bo’lgan terrorchi-shaxid nafaqat jannatiy roxat-farog’atdan baxramand bo’lish, balki duzax azobidan ozod bo’lishdan xam umidvor bo’lmasligi lozim. Shunday ekan, faqat ma’naviy tanazzulga yuz tutgan, o’ta zaif e’tiqodi tufayli aldangan, ruxiy falaj bulgan odamgina yovuz va g’ayriinsoniy xatti-xarakatga qo’l urishi mumkin. Bundan xulosa chiqadiki, “jixod” tushunchasi bilan o’yin qilayotgan xalqaro terrorizmning “raxnamolari” atrofdagi begunox odamlarni xayotdan maxrum qilibgina, ularga zulm qilibgina qolmay, shu bilan birga, bu yulga kirgan va unga tobe bo’lib qolgan ko’pgina sodda va ongi past kishilarni, tabir joiz bo’lsa, “aybsiz aybdorlar”ni ma’naviy va ruxiy jixatdan falaj qilib, oqibatda ularni o’limga maxkum qilmoqdalar. Ular, aslida, insonning nozik diniy xis tuyg’ularidan, e’tiqodning muqaddasligidan makkorona foydalanmoqdalar. Beliga shaxidlik kamarini bog’lab yurganlarnint “ma’naviy ustozlari” ularning taqdirlariga xujayinlik qilish xuquqiga egaman, deb biladilar. Shu o’rinda, garchi bevosita tadqiqotimiz maqsad va vazifalariga kirmasa xam, ruxshunos mutaxassislarning insonni ma’naviy va ruxiy falajlikka olib keluvchi xolatlar va omillar xaqidagi ba’zi qaydlarini keltirib o’tmoqchimiz.22
Yuqorida bildirilgan fikrlardan xulosa qilish mumkinki, mutaassiblik (fanatizm), fundamentalizm, ekstremizm, terrorizm, garchi tarixiy kelib chiqishi va boshqa bazi juz’iy jixatlari bilan bir-biridan farq qilsada, bir-birini to’ldirib kelgan. Diniy fundamentalizm va ekstremizm mavjud ekan, terrorizm xavfi va taxdidi xamma vaqt saqdanib qoladi. Zero terrorizm o’zining g’oyaviy va mafkuraviy o’zagini ulardan oladi va ularga tayanadi. Ayni maxalda, tadqiqotchi M.Qirg’izboyev: “Ekstremizm mafkuraviy jixatdan olib qaraganda, o’zining siyosiy va diniy tizimini tan olib, boshqa qarashlarni butunlay rad etadi. Ekstremistik tashkilot o’z yo’lboshchisining barcha buyruqlarini so’z siz bajaradi”, degan fikrni ilgari suradi.
Dunyoda milliardlab odamlar yashaydi xar bir odamning o’z tushunchasi bor lekin odamlarni yashashiga tinch xayot kechirishiga xalaqit berayotgan bunday aqidaparastlar o’z g’oyalari bilan qo’poruvchilik xarakatlari bilan osuda xayot kechirayotgan insonlarga o’z tasiri va qo’rquv ostida yashashga majbur qilishga urunmoqdalar.23
Insoniyat tarixining turli davrlarida, ayniqsa ijtimoiy iqtisodiy. siyosiy burilishlar, tangliklar davrida din siyosat bilan u yoki bu darajada munosabatga kirishganligi xozirgi davrla terrorizmning diniy ekstremizm va fundamentalizm bilan aloqadorligining tarixiy ildizlarilan birini tashkil qiladi. Undan ko’pincha siyosiy va, ba’zan bir taraflama maqsadlarda foydalanib kelinganligini Prezident I.A. Karimov takidlab o’tgan.
Dindagi fundamentalizma va ekstremizm kelsak, u din ichidagi xar qanday yangilanishga, mo’tadil muxitning vujudga kelishiga yo’l qo’ymaslikka xamda dinda xar qanlay yangicha fikr bilan yondashish tish-tirnog’i bilan qarshi bo’lgan mutaassibona xarakatdir.
Shuninglek, diniy ekstremizm va fundamentalizmning fanatizm (o’ta ketgan mutaassiblik) ruxidagi tamoyillari, o’z navbatida, siyosiy,g’oyaviy va milliy mutaassibliklar kelib chiqishiga sabab bo’laliki, oqibatda malum tarixiy, ijtimoiy-siyosiy sharoitlar taqazosi bilan radikalizm va ekstremizm yuzaga keladi.
Xalqaro terrorizmga kelganda, uning ko’rinishlaridan aksariyati o’z faoliyatida diniy fundamentalizm va ekstremizm “g’oya”laridan “ma’naviy” oziq olayotganligiga xozirgi davrda jaxonning turli mamlakatlarida vujudga kelgan xilma-xil diniy ekstremistik gupuxlap faoliyati orqali ishonch xosil qilish mumkin.
Diniy ekstremizmning g’oyaviy kurash olib borish usullari faqat siyosiy tajovuzkorlikkina bo’lib qolmasdan, mafkuraviy tajovuzkorlik xamdir. Terrorizm xam o’z siyosiy maqsadlarini amalga oshirin ana shunday mafkuraviy kurash usullaridan foydalanadi terrorizmning g’ayri insoniy moxiyatini fosh qilishda, uning g’oyaviy ildizlarining ma’naviyatga zidligini, sog’lom mafkura nuqtaiydan mantiqsizligini asoslashda ana shu jixatlarga etibor qilish xam xozirgi global muamoning o’rganilishiga sababdir.


Download 183,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish