O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TARIX FAKULTETI “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” Kafedrasi “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”ta’lim yo’nalishi 4-kurs “D” gurux talabasi SHODIYEV ANVAR XURRAMOVICHNING “O’ZBEKISTONDA XALQARO TERRORIZMGA QARSHI KURASH ZARURIYATINING IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLILI”
Mavzusidagi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Ilmiy rahbar: f.f.d. N.O.Safarova
2013-2014 o’quv yili
Mavzu: O’ZBEKISTONDA XALQARO TERRORIZMGA QARSHI KURASH ZARURIYATINING ISHTIMOIY FALSAFIY TAXLILI Reja KIRISH: …………………………………………………………………....3-5 b. 1 BOB XALQARO TERRORIZMNING MAZMUN MOXIYATI 1. Xalqaro terrorizmning tarixi va sabablari ………………………………6-14 b.
2. Xalqaro terrorizmning yuzaga kelishi diniy ekstremizm va fundamentalizmning o’rni ………………………………………………………………………..15-23 b.
2 BOB O’ZBEKISTON XALQARO TERRORIZMGA QARSHI KURASHNING G’OYAVIY MA’NAVIY ASOSLARI 1. O’zbekistonda xalqaro terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy marifiy masalalari ………………………………………………………………… 24-32 b.
2. O’zbekiston Respublikasida barqarorlik va tinchlik siyosatining amaliy axamiyati ……………………………………………………………….... 33-41 b.
XULOSA: ………………………………………………………………. 42-44 b. FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ………………….. 45-48 b. Kirish: Mavzuning dolzarbligi. XX-asrda shu urushlar terror ko’rinishida namoyon bo’lib o’z salbiy illatlari bilan odamlar orasida qo’rquv daxshat uyg’otmoqda. Bir narsa aniqki bir jamiyatda bir zamonda yashayotgan lekin tushunchalar xar xil bo’lgan odamlarning g’ayri insoniy xarakatlari shu jamiyat va davlatni o’zini o’zi yo’q qilishidir. 1 Hozirgi dolzarb vazifa sifatida mamlakatimiz va butun dunyoda yuzaga kelayotgan geosiyosiy sharoitda mamlakatimiz xavfsizligini taminlash davlatimiz va bizlarning kuntarbimizga qo’yilgan eng mixim masaladir.Tarixan etibor beradigan bo’lsak terrorizm yani bir davlatning boshqa bir tinch davlat ustidan xukumronlik o’rnatishi yoki bir odamni boshqa bir odamga zo’ravonlik o’tkazishidan oldin o’z oldiga maqsad va vazifalari va ularga nisbatan qo’llaydigan g’oyaviy davolari orqali ularga va insoniyatga katta ijtimoiy xavf tug’dirgan.Xozirga kelib terrorizm butunlay yangicha sifat kasb etdi. Endi terrorizm o’zida davlatlar va butun dunyoning ijtimoiy -siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy xolatini o’zida mujassamlashtirdi. Muxtaram Prezdentimiz shunday takidlaydi " Xozirgi vaqtda terrorizmning tajavuzidan o’zini xoli xis qiladigan birorta qit’a yoki davlatning o’zi yo’q. Xuddi vabo singari yer yuzining ko’plab mamlakatlariga yoyilib borayotgan bu balo qazo ertaga kimni nishonga olishini xam oldindan aytish qiyin".2 Xozirgi davrda inson onggini va qalbini egalash birinchi darajaga chiqib terror bundan o’zlari uchun qurol sifatida foydalanmoqda. Shuning uchun xozirda dunyoning mafkuraviy masalasi sog’lom mafkura va sog’lom g’oyaga extiyoj sezmoqda. Shu o’rinda aytishimiz lozimki " bugungi zamonda mafkura paligonlari yadro paligonlaridan xam ko’proq kuchga ega". Xaqiqatdan xam bu tushuncha insonlarni ogoxlikka chaqiradi va undaydi. Onglarida va o’sib kelayotgan yosh avlod taffakurida qarshi tura oladigan mustaxkam va sindirib bo’lmas bunyodkor g’oya shaklantirishni talab etadi.