Undovlar (Mejdometiya). Har ikkala tilda ham undovlar turli tuyg’u, sezgi, his hayajon va xitob kabilarni ifodalaydigan maxsus tovushlar va so’zlar bilan ifodalanadi. Undovlar gapda boshqa so’zlar bilan sintaktik jihatdan bog’lanmaydi, gap bo’lagi bo’la ol maydi (otlashish holatlari bundan mustasno). Shuning uchun undovlarning ma‘nosi intonatsiya bilan bog’liq.
XULOSA VA TAVSIYALAR
1. So`zning u yoki bu turkumga mansubligini ko`rsatuvchi, shuningdek so`zning ma'lum bir gramatik formasi ifodalaydigan ma'no grammatik ma'no xisoblanadi. Demak , grammatik ma'no asosiy xususiyatiga ko`ra ikki turlidir:
1) ma'lum bir so`z turkumi uchun umumiy bo`lgan ma'no (umumiy kategorial ma'no). Masalan , qalam, suv, tosh, olma so`zlarining har biriga xos ma'no- leksik ma'no. Ularning hammasi uchun umumiy bo`lgan ma'no, ya'ni predmet ma'nosi grammatik ma'nodiravish Xuddi shu umumiy grammatik ma'no ularni bir turkumga (ot turkumiga) birlashtiradi. Shuningdek , yaxshi,shirin , kichik , baland so`zlari uchun umumiy bo`lgan belgi ma'nosi va ishla,o`rgan,sakra,ket so`zlari uchun umumiy bo`lgan xarakat ma'nosi grammatik ma'no;
2) so`zning leksik ma'nosiga qo`shimcha tarzdagi ma'no( yoki ma'nolar) ham grammatik ma'nodiravish Bunday ma'no( yoki ma'nolar) so`zning maxsus formalari orqali ifodalanadi( so`z formalari xaqida 3-9-paragraflarga qarang). Masalan, qalamim, qalaming ,qalamni, qalamdan so`zlarida egalik va kelishik formalari ifodalayotgan ma'no, o`qidim , o`qiyapman, o`qiyman so`zlari da zamon va shaxs-son formalari ifodalanayotgan ma'nolar grammatik ma'nolardiravish
2. So‘z turkumlarininglarining tarixiy-genealogik aloqasini tekshirishda bir qator metodologik asoslarga murojaat qilishga to`g`ri keladi. Chunki, til tarixining eng qadimgi davriga xos hodisalarni induktiv tahlil usullari yordamida gipotetik tasavvur qilish hamda bugungi jonli tilning materiallari bilan qiyosan o`rganish - murakkab vazifa. Ma'lumki, til faqat sinxronik emas, diaxronik (umumdavriy, doimiy) va statik (turg`un) tizimdir (F.de Sossyur), nutq va til yo`llanayotgan paytda dinamikdirlar, lisoniy amaliyotda til (potentsiya) nutq (shakl)dan oldin keladi, ammo til o`z birliklaridan boshqa xuddi shunday birliklarni mexanik ravishda tug`dirmaydi, aksincha u nutqda tajriba (materialni) umumlashtirish va tartibga solish tarzida ro`y beradi. Til-nutq dixotomiyasining aloqasi panaxron va panalokatsiondir, ular ikki nisbiy mustaqil va bog`liq tizim sifatida amaldadiravish So`z turkumlarining tarixiy-genealogik munosabatini tekshirishda ham ana shu xususiyatlarni nazarda tutish kerak bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |