7. Ravish- so‘z turkumi
Ravish — mustaqil soʻz turkumlaridan biri; harakat va holatning belgisini, shuningdek, belgining belgisini bildiradi. RAVISHlarning quyidagi maʼnoviy turlari mavjud: holat (tarz) RAVISHlari (tez, sekin, piyoda kabi); oʻrin ravishlari (uzoqda, yaqindan, pastda kabi); payt RAVISH lari (hozir, kecha, bugun kabi); darajamiqdor RAVISH lari (ancha, sal, kam kabi); maqsad RAVISHlari (ataylab, joʻrttaga kabi); sabab RAVISH lari (noiloj, ilojsiz, chorasizlikdan kabi). Payt, oʻrin va maqsad RAVISHlaridan boshqa barcha RAVISHlarni, eng umumiy xususiyatlariga koʻra, bir turga kiritish va ularni holat (tarz) RAVISHlari deb atash mumkin.
RAVISH mustaqil soʻz turkumi sifatida quyidagi morfologik xususiyatlar bilan ajralib turadi: 1) daraja kategoriyasiga ega: tez, koʻp (oddiy daraja) — tezroq, koʻproq (qiyosiy daraja) — eng tez, juda koʻp (orttirma daraja) kabi; 2) oʻzgarmas bulib, koʻpincha feʼllarga bogʻlanib keladi: Soʻrida qat-qat duxoba koʻrpachalar ustma-ust toʻshalgan edi; 3) RAVISH ayrim oʻrinlarda sifat va otga bogʻlanib kelishi ham mumkin. Bunday hollarda RAVISH belgining belgisini yoki predmetning belgisini emas, oʻzi bogʻlanib kelgan sifat yoxud otdan anglashilgan harakatxrlatning belgisini bildiradi: Kecha havo juda sovuq edi. U hozir beqiyos va tasavvur qilib boʻlmas baxtiyor edi; 4) RAVISH yasovchi muxsus qoʻshimchalarga ega: cha, ona, larcha, lab va boshqa; 5) turlanmaydi va tuslanmaydi (otlashish hollari bundan mustasno).
RAVISHlar morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi: doʻstona, qahramonlarcha, oylab (morfologik usul), har zamon, shu on, bir dam (sintaktik usul) kabi. RAVISHlar tuzilishiga koʻra, sodda (kamtarona, vijdonan, butunlay), qoʻshma (har dam, bir yoʻla, ozmuncha, har qachon), juft (kechakunduz, qishin-yozin) va takroriy (ozoz, tez-tez, koʻp-koʻp) turlarga boʻlinadi. RAVISHlarning anchagina, juda, kam, kamkam kabi shakllari modal shakl hisoblanadi. RAVISHlar gapda hol, aniqlovchi va kesim vazifalarida keladi.
8. O‘zbek va rus tillari so‘z turkumlarining qiyosiy tavsifi
Har bir tilda so’zlar ma‘lum belgi va xususiyatlariga ko‘ra ayrim guruhlarga, ya‘ni turkumlarga ajratiladi. O’zbek tilida so’zlarni turkumlar bo‘yicha tasniflash rus tilidagiga nisbatan qiyinroq, chunki avvalgi bo’limlarda aytib o‘tganimizdek, turli turkumlarga mansub bo’lgan o’zbekcha so’zlar rus tilidagi kabi maxsus morfologik ko‘rsatkichga ega emas.
Rus tilidagi sifatlar –ий, -ый, -ая, -яя,-oe, -ee; ravishlar –o, -e, fe‘llar -ать, -ять, -ить, -ться kabi maxsus tugalmalarga ega, binobarin so’z o’zaklari ana shu qo’shimchalarsiz qo‘llanmaydi. O‘zbek tilidagi so’zlarni dastlabki shakklaridanoq qaysi turkumga mansub ekanligini aniqlash, shuningdek mustaqil holda qo‘llash mumkin.
Masalan, ot, oq, ol, oz, oh kabi bir xil konstruksiyadan iborat bo’lgan so’zlar ularning ma‘nosiga qarab ot, sifat, fe‘l, ravish, undov kabi ma‘lum turkumga kiritiladi. Shuning uchun ayrim manbalarda rus tilidagi so’zlar lug’aviysemantik xususiyatlari, morfologik belgilari va sintaktik vazifalariga ko‘ra turkumlarga ajratilsa, o’zbekcha so’zlarni turkumlarga ajratishda, asosan, ularning semantik va sintaktik belgilari ko‘zda tutiladi, degan fikrlarni uchratish mumkin. Biroq o’zbek tilida yasama so’zlarni tasniflashda ularning nafaqat semantik, balki morfologik belgilari ham muhimdir.
Masalan, -chi, -kash, -dosh, -zor kabi qo’shimchalarni olgan so’zlarni ot turkumiga, -li, -siz qo’shimchali so’zlarni sifat turkumiga yoki tarkibida –la qo’shimchasi bor bo’lgan so’zlarni fe‘l turkumiga kiritishda ana shu qo’shimchalarning mavjudligi ham e‘tibordan chetda qolmaydi.
O‘zbek tilida otlar ma‘lum grammatik vositalarni olmasdan ham gapda biror sintaktik vazifa bajara oladi Masalan: Tosh betondan qattiq (ega); Rustam Anvarga tosh otdi (to‘ldiruvchi); Arava tosh ko‘chadan shaqirlab borardi (aniqlovchi). Rus tilida bosh kelishikdagi, ya‘ni har qanday grammatik vositadan holi bo’lgan otlar gapda ega, sifat morfologik ko‘rsatkichiga ega bo’lgan so’zlar aniqlovchi, ravish ko‘rsatkichli so’zlar hol, ma‘lum shakl hosil qilgan fe‘llar kesim (infinitivlar bundan mustasno) bo’lib kelishi aniq. Demak, sintaktik vazifa nuqtai nazaridan o’zbekcha so’zlar mustaqil va yordamchi so’zlarga ajraladi holos. O‘zbek va rus tillarida so’zlar quyidagicha tasniflanadi:
O‘zbek va rus tillaridagi so’z turkumlarining eng asosiy farqlarini quyidagilar bilan belgilash mumkin:
a) o’zbek tilida taqlid so’zlar ma‘lum grammatik belgilari asosida mustaqil so’zlar qatoriga kiritiladi, rus tilida esa mimemalar nihoyatda kam uchraydi va alohida so’zlar turkumidan joy oladi;
b) o’zbek tilida old ko‘makchi (predlog)lar, rus tilida esa ort ko‘makchi (poslelog) lar mavjud emas.
v) o’zbek tilida alohida olingan so’zlar yoki so’zgaplar ham mustaqil va yordamchi so’zlar kabi ma‘noviy, morfologik va sintaktik belgilariga ko‘ra turli guruhlarga ajratiladi, rus tilida bunday so’zlarning barchasi modal so’zlar hisobo’lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |