130
............(tuman, shahar) …..- MTM
katta
guruhida o‘tkazilgan guruh ota-onalar
yig‘ilishining
B A Y O N N O M A S I № 2
14 noyabr Urganch tumani
Qatnashdilar:
1. Otajonova Muyassar – guruh tarbiyachisi
2. Hasanova Shahnoza – mudira
3. Ota-onalar 17
nafar
Kun tartibi
1. Ota-onalarning farzand tarbiyasiga e’tiborini aniqlash.
2. Xonadonda farzand uchun burchak yoki alohida xona tashkil etish.
3. Ota-onalarning guruh xonasiga yordamini aniqlash.
4. Har xil masalalar
I. Birinchi masala bo‘yicha tarbiyachi Otajonova Muyassar ota-onalarga anketa savollari
yozilgan qog‘ozlarini tarqatdi. Anketa qog‘ozida quyidagi savollar yozilgan.
Farzandingiz necha ertakni aytib bera oladi? Ular qaysilar?
Qaysi tovushlarni talaffuz qilishda qiynaladi? _____________________
8 ichida sanashni biladimi?____________________________________
Ovozni va harakatni sanab biladimi?_____________________________
Teskari sanab biladimi?__________________________
Narsalarning o‘ziga nisbatan joylashuvini biladimi?_________________
Nechta rangni biladi?_________________________________________
Qaysi shakllarni biladi?_______________________________________
Uy va yavvoyi hayvonlarni ajrata oladimi?________________________
Qaysi shahar yoki qishloqda yashashini biladimi?_________________
Ko‘chasining nomini biladimi?________________________________
Topishmoq aytsa topib biladimi?_______________________________
Qaysi o‘yinlarni o‘ynatasiz?__________________________________
Oilada ko‘proq kimni yaxshi ko‘radi?___________________________
Ota-onalar to‘ldirib bo‘lganlaridan keyin anketa qog‘ozlarini yig‘ib oldi.
II. Ikkinchi masala bo‘yicha ota-onalarning qizil, sariq, yashilrangdagi gullarni tanlashiga qarab uch
guruhga ajratdi. Guruhlarga xonadonda farzand uchun qanday qilib burchak yoki alohida xona
tashkil qilish topshirig‘ini berdi. Guruhlar plakatda tasviriy illustratsiyalar orqali topshiriqni ifoda
etdilar. Har qaysi guruhdan bitta sardor chiqib taqdimod qilar. “Qizil gullar “guruhidan
Sa’dullayeva Nilufar burchakda mashinalar, to‘plar, qo‘g‘irchoqlar, ertak kitoblar, sakragich,
yumshoq o‘yinchoqlar bo‘lishligini tushuntirdi.”Sariq gullar” guruhidan Nurmetova Salomat o‘z
taqdimotida farzand uchun burchakda daftar, ruchka, kitoblar, o‘yinchoqlar, sanash uchun mayda
o‘yinchoqlar, rasmli kitoblar qo‘yish lozimligini aytdi.”Yashil gullar” guruhidan Avezova Karomat
o‘z taqdimotida burchakda harflar, kitoblar, daftarlar, ruchkalar, bo‘yoqlar, rangli qalamlar,
mashinalar, o‘yinchoqlar bo‘lishligini ta’kidladi. Oxirida tarbiyachi burchakda qo‘yilishi lozim
bo‘lgan narsalarni, bolalar yoshini nazarda tutgan holda o‘yinchoqlar, ta’limiy o‘yinlar nomlarini
aytdi.
131
Ш. Uchunchi masala bo‘yicha tarbiyachi guruh xonasini jihozlash, mashg‘ulotga kerakli jihozlarni
tayyorlashda ota-onalardan imkon darajasida yordam berishlarini so‘radi. Doskaga olib kelishi
mumkin bo‘lgan narsalarning nomi yozilgan plakatni ilib qo‘ydi. Plakatda tubandagi narsalar
yozilgan.
- karton qutilar;
- bir tomoni yozilgan oq qog‘ozlar;
- shaftoli
danaklari;
- baklashka qopqoqlari;
- rangli kartondan qirqilgan geometrik shakllar;
- hayvonlar, mevalar,
sabzavot, qushlar, hashorotlar tasvirlangan kartochkalar;
- 15x20 o‘lchamdagi plasmassadan tayyorlangan kartochkalar (qirralari tekislangan, teshikchalar
o‘tkazilgan)
Tarbiyachi ota-onalarga qog‘oz varaqlarini tarqatdi va yozilgan narsalardan imkon darajasida olib
kelib bilishi mumkin bo‘lgan narsalarning nomlarini yozishni taklif qildi. Ota-onalar yozdilar.
Yozilgan qog‘ozlar xalqa ko‘rinishida uchlarini birlashtirib barchasini bir-biriga ulab zanjir holiga
keltirdi. So‘ngra ota-onalar burchagiga ilib qo‘ydi va narsalarni olib kelganlaridan keyin qog‘ozlari
uzib tashlanishini ta’kidladi.
Yig‘ilish qaror qiladi:
1. Barcha ota-onalarning farzand tarbiyasiga e’ tibori kuchaytirilsin.
2. Bolalar uylarida burchakni to‘g‘ri tashkil qilinishiga erishilsin.
3. Guruh xonasida markazlar va mashg‘ulotlar uchun jihozlar ko‘paytirilsin.
Guruh tarbiyachisi: Otajonova Muyassar
Test savollari
1. Guruh ota-onalar yig’ilishini qanday ko’rinishda o’tkazish maqsadga muofiq.
A. Ma`ruza o`qish
*B. Trening o`tkazish, krasvord yechish, anketa savollarini to`ldirish.
C. Krasvord yechish
D. Anketa savollarini to`ldirish.
2.Guruh ota-onalari yig‘ilishi qachon o‘tkaziladi.
A.
oyda bir marta
B. 1 yilda ikki marta
C. 2 oyda bir marta
*D. Har chorakda bir marta