Kurs ishi mavzu: "Qo'qon yog'-moy" aj ning chigit xo'jaligi omborining texnologik sxemasi



Download 0,73 Mb.
bet1/8
Sana19.05.2022
Hajmi0,73 Mb.
#605000
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdug\'aniyev Abdug\'offor Kurs loyihasi 2



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
“Kimyo texnologiya” fakulteti
“Oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasi
“Yog’-moy maxsulotlarini saqlash va qadoqlash texnologiyasi” fanidan

KURS ISHI
MAVZU: "Qo'qon yog'-moy" AJ ning chigit xo'jaligi omborining texnologik sxemasi

Bajardi: 81-18 guruh talabasi


Abdug’aniyev Abdug’affor
Rahbar: Ergashev Azizbek
Taqrizchi: Mamatqulov M.X.
Kammisiya a’zolari: ______________________
Kafedra mudiri: Usmanov B.S.
Farg’ona 2022
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
“Kimyo texnologiya” fakulteti
“Oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasi
“Yog’-moy maxsulotlarini saqlash va qadoqlash texnologiyasi” fanidan

KURS LOYIHASINI TUSHUNTIRISH XATI

Bajardi: 81-18 guruh talabasi


Abdug’aniyev Abdug’affor

Rahbar: Ergashev Azizbek


Taqrizchi: Medatov Rustam
Kafedra mudiri: Usmanov B.S.


Farg’ona 2022
MUNDARIJA


Kirish…………………………………………………………………………….3
1.Xom ashyo tasnifi…………………………………………………….………..6
2.Texnalogik sxemani tanlash va asoslash……………………………………..10
3.Mahsulot xisobi………………………………………………………………..17
4.Texnik - kimyoviy nazorat……………………………………........................19
5.Atrof -muhit muxofazasi………………………………………………………23
Xulosa………………………………………………………………………….…25
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………………26


KIRISH:
Yog‘-moy sanoati respublika oziq-ovqat sanoatining yetakchi tarmoqlaridan biri. O‘zbekistonda qadimdan kunjut, zig‘ir, indov, maxsar urug‘i, paxta chigiti, poliz ekinlari urug‘laridan juvozlarda o‘simlik moyi olingan. O‘zbekistonda paxta chigitidan moy oluvchi dastlabki zavod 1884 yili Qo‘qonda qurilgan. 1913 yili 30 ta kichik yog‘ zavodlarida 57 ming tonna paxta moyi ishlab chiqarilgan. Hozirda Respublikamizda quvvati 3 million tonna moyli o‘simlik urug‘larini qayta ishlaydigan 19 ta korxona ishlab turibdi.Sanoatning bu tarmog‘ida paxta, Chigit, raps, meva danaklari, hamda sabzavot urug‘laridan moylar olinadi. Atir-upa, farmatsevtika va oziq-ovqat tarmoqlarida ishlatiladigan moylar, margarin mahsulotlari, mayonez, kirsovun, atirsovun, texnika maqsadlari uchun boshqa turli mahsulotlar ishlab chiqariladi.
O‘simlik moyi ishlab chiqarishda yiliga o‘rtacha 2,1 mln.tonnadan ko‘proq paxta chigiti ishlatiladi. Raps, zig‘ir, maxsar urug‘i, shuningdek import bo‘yicha olinadigan Chigit dukkagi qayta ishlanadi. Respublika yog‘-moy sanoati oziq- ovqat sanoati umumiy mahsuloti hajmining 40 % ga yaqinini beradi. Koson, Guliston yog‘ ekstraksiya zavodlari (bir kunda 1200 t. chigitni qayta ishlaydi), Farg‘ona yog‘-moy kombinati (quvvati kuniga 840 t. chigit), Qo‘qon yog‘-moy kombinati (quvvati kuniga 810 t.chigit), Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy kombinati (quvvati kuniga 950t. chigit), Denov yog‘-moy ekstraksiya zavodi (bir kunda 800t. xomashyo), Urganch yog‘-moy kombinati (bir kunda 800t. xom ashyo) tarmoqdagi eng yirik korxonalardir. Qo‘qon yog‘-moy kombinati tarkibida meva danaklari va sabzavot urug‘laridan moy ishlab chiqaradigan maxsus zavod (quvvati kuniga 50t. danak) ishlaydi. Bu zavoda 15 nomdagi meva danagi moylari (o‘rik, shaftoli, pomidor, uzum va b.) ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Toshkent yog‘-moy kombinatida margarin mahsulotlari (yillik quvvati 52,4 ming t.) va mayonez (yillik quvvati 2 ming t.), tarmoqdagi 10 korxona - Farg‘ona, Yangiyo‘l, Andijon, Urganch va Kattaqo‘rg‘on va boshqa yog‘- moy kombinatlarida kirsovun (yalpi yillik umumiy quvvati 103,7 ming t.) ishabchiqariladi. Farg‘ona yog‘-moy kombinati yiliga 16,7ming t. turli kichik o‘lchamdagi (25,40,100 grammli) atirsovunlar ishlab chiqarmoqda, glitserin (yillik quvvati 2 ming t.) ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Tarmoq korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, xorijiy firmalar uskunalari bilan jihozlash ishlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagiPQ-2832-sonli va 2017 yil 24 iyuldagi PQ-3144-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi PQ-2832-sonli 2017-2021 yillarda Respublikada Chigit ekini ekishni va Chigit doni etishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hamda Farg‘ona viloyat hokimining 01.08.2017 yildagi 393-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida “Farg‘ona yog‘-moy” AJ ning 04.08.2017 yilda 149-i/ch-sonli buyrug‘i chiqarilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 fevraldagi “Respublikada Chigit etishtirish hajmlarini yanada ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 105-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyat hokimining 2018 yil 14 fevral kuni 91-sonli qarori qabul qilingan. [8.105-sonli]
O‘zbekistonda asosan 1924 yildan boshlab yog‘-moy sanoati o‘sa boshladi. Eski uskunalar yangi uskuna va jihozlar bilan, eski texnologik rejimlar esa ilmiy ravishda asoslangan rejimlar bilan almashtirila boshlandi. Chigitlarni namlash, avtomatik tarozilar o‘rnatish, chigit tozalaydigan yangi mashinalar, guller, separator, valsovka va mexanik ravishda ishlaydigan kunjara qirquvchi mashinalar o‘rnatish ishlari avj olib ketdi. Shu bilan birga yangi yog‘ zavodlari qurilish ishlari ham boshlab yuborildi. 1920 yilda Yangiyo‘l yog‘ zavodi qurildi. 1930 yilda Farg‘ona shahrida 24 gidropressli yog‘ zavodi ishga tushirildi.1934 yilda moy olishning ekstraksiya usuliga asoslangan Kattaqo‘rg‘on moy-ekstraksiya zavodi ishga tushirildi.1943-1946 yillarda kichik yog‘ zavodlari – Alimkent, Denov, G‘ijdivon, Xo‘jayli, Xiva zavodlari qurilib, ishga tushirildi. Keyigi yillarda Qo‘qon, Uchqo‘rg‘on, Buxoro va Qarshi shaharlarida ekstraksiya va ekspeller zavodlari qurildi. Shundan so‘ng paxta zavodlari beradigan hamma chigit respublikaning o‘zida qayta ishlanadigan bo‘ldi. Hozirda mustaqil O‘zbekistonimizda 38 ta ochiq turdagi aksionerlikjamiyatlari, 4 ta qo‘shma korxona o‘z faoliyatlarini olib bormoqda.Respublikamizda kuchli yog‘-moy sanoati potensiali yaratilgan bo‘lib, quvvati jihatdan mustaqil davlatlar xamdo‘stligi mamlakatlari orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.
Oziq - ovqat uchun ishlatiladigan yog‘lar to‘liq sikl bilanrafinatsiyalanishi kerak: fosfatidlar va mumsifat moddalarni ajratish, erkin yog‘kislotalarini, pigment moddalarni yo‘qotish kerak. Texnik maqsadlar uchunishlatadigan yog‘lar qisqa sikl bilan rafinatsiya qilinadi.
Tarmoqning bundan keyingi rivojlanishi ham mutaxassislarning fidokorona mehnatiga bog‘liq. Ular zimmasiga xomashyoni sifatli qabul qilib olish, saqlash va ishlab chiqarishga uzatishning ilg‘or yo‘llarini topish, yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining optimal rejimlarini ta’minlash, barcha bosqichlarda texnik-kimyoviy nazoratni yo‘lga qo‘yish, yo‘qotish va sarflar miqdorini kamaytirish, shu bilan birga, yog‘ chiqishini ko‘paytirish chora-tadbirlarini ko‘rish, ishlab chiqarishning oqilona rejalarini ishlab chiqish va amalga tatbiq qilish, fan va texnika yutuqlaridan foydalangan holda mahsulot sifatini oshirish choralari, shuningdek, mahalliy xomashyodan foydalanib, oziqaviylik va biologik qiymati yuqori bo‘lgan yog‘-moy mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarish kabi vazifalar tushadi. Rafinatsiya usulini shunday tanlash kerakki, bunda moyning uchglitserid qismio‘zgarishsiz qolsin va moydan maksimal miqdorda qimmatli hamroh moddalar ajralib chiqsin. Bunday moddalarga fosfatidlar, erkin yog‘ kislotalari, mumsimon moddalar kiradi. Ulardan xalq xo‘jaligida oziq-ovqat va texnik maqsadlarda keng foydalaniladi. Fosfatidlar – oziq-ovqat sanoatida, mumsimon moddalar – kosmetika sanoatida qo‘llaniladi. Erkin yog‘ kislotalari esa texnik maqsadlarda ishlatiladi. Rafinatsiya zaharli ximikatlarni ham to‘la yo‘qotishni ta’minlashi kerak.

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish