Nazorat topshiriklari:
Chexiya va Pol’sha davlatining tashkil topish shart-sharoitlarini tushuntirib bering?
Chexiya va Polsha davlatining ijtimoiy xayotiga baxo bering?
Chexiya davlati bilan Germaniya urtasidagi munogsabatlarini tshuntirib bering?
Chexiya davlti kachon tashkil topdi?
A) XI asr boshlarida
V) X asr boshlarida
S) XII asrda
D) X asr oxirida
Ye) XI asr oxirida
1086 yilda imperator Genrix IV kimga kirollik unvoni berildi?
A) Knyaz Borivoy
V) Boleslav I
S) Knyaz Vratislav II
D) Lyudovik
Ye) Mefodiy
2-asosiy savol:
Davlat tuzish yulidagi xarakatlar.
Ukituvchining maksadi: Polab va Baltika buyi slavyanlarining ijtimoiy xayotiga baxo berish, ularning davlat tuzishga urinishlari xakida aytib berish . Davlat tuzishda kabilalarning rolini tushuntirish va uning okibatlarini ochib berish.
Identiv ukuv maksadlari:
2.1. Davlat tuzish yulida slavyanlarning tutgan rolini tushunadi.
2.2. Polab va Baltika buyi slavyanlarning ijtimoiy xayotiga baxo beradi.
2.3. X-XI asrlarda Garbiy pomorlarning ittifok tuzishlarini aytib beradi.
2.4. Bu xarakatning okibati va Bolgariya davlatining vujudga kelishini ochib beradi.
3-asosiy savolning bayoni:
X-XI asrlar davomida garbiy slavyanlar – polab slavyanlari va Baltika buyi slavyanlari xam davlat tuzish yulida xarakat kildilar. Lekin bu xarakatlar xech kanday mustaxkam davlat birlashmalarini vuudga keltira olmadi. Bunga nemislar agressiyasi xalal berdi, bu kabilalar eng oddiy xarbiy-kabilaviy ittifoklar boskichida turgan vaktda nemislar agressiyasiga duchor buldilar. Davlat tuzish yulidagi xarakatlardan pomor slavyanlarining siyosiy ittifokini kursatib utish kerak. Pomor slavyanlari nemislarga, daniyaliklarga, skandinaviyaliklarga karshi kattik kurash olib bordilar. Mana shu asosda X asrda sharkiy pomorlarda mustaxkam knyaz xokimiyati ayniksa rivoj topdi. Bir nemis xronikasida aytilishcha, sharkiy pomorlarning bosh knyazida 40 ming kishidan iborat kushin bulgan.
Sharkiy Pomoryeda Kolobreg, Belgrad (yoki Belgrad), Gdansk degan kattagina savdo shaxarlari bulib, bu shaxarlar kal’a xam edi. XI asrda sharkiy pomorlar Polshaga buysunib, XIII asrning urtalarigacha Polshaning kul ostida buldilar. Garbiy Pomorlar X-XI asrlrda shaxar federasiyasi tipida ittifok tuzdilar. Bu ittifokka Volin, Shchesin, Kamen va boshka shaxarlar kirdi. Bu shaxarlarda xokimiyat shaxar aristokratiyasi kulida – maxalliy savdogarlrga, yer egalari va kisman kuldorlardan iborat bulgan «shaxar kattlari» kulida bulib, bular maxalliy knyazlarni xam nazorat kilib turardilar, bu knyazliklar fakat xarbiy rol uynar edilar. Garbiy Pomorye shaxarlarining siyosiy tuzumi ba’zi jixatdan shimoliy rus shaxarlarining Novgorod va Pskovning tuzumiga uxshar edi. Polab slavyanlaridagi kirolliklar ichida eng kuchligi Vend kirolligi edi. Bu kirolliklarning asosi Elba kuyi okimining ung kirgogida yashovchi obodridlar ittifoki tashkil etar edi. X asrdayok kuchli obodrid knyazlari Mstivoy, Mstislav va boshkalar dong chikargan edi, bu knyazlar nemis xronikalarida slavyan kirollari (reges slavorum) deb ataladi. XI asrda obodrid knyazlarining Gotshalk (1030-1066), Krutoy (1066-1093) va Gotshalkning ugli kirol Genrixdan (1093-1125) iborat butun bir dinastiyasi vujudga keldi. Genrix Gotshalkovich rasmiy suratda vendlar (ya’ni vened slavyanlari) kiroli deb yuritilar edi. Unga obodridlardan tashkari, lyutichlarning xam xiyla kismi buysunar edi.
Obodrid knyazlari vityazlardan tuzilgan uz drujinalriga suyanib turib, urug zodagonlariga karshi kurash olib bordi. Uz xokimiyatini kuchaytirish uchun ular nemis feodallari bilan ittifok tuzdilar. Gotshalk xuddi shu maksadni kuzlab kirolliklar marosimi asosida xristianlikni kabul kildi. Birok xristianlik mamlakatda jiddiy karshilikka uchradi. Knyaz Krutoy eski «majusiyar guruxi» ga suyanib turib, Gotshalkni agdardi. Gotshalkning ugli Genrix xam, Krutoyning urnini egallab, otasining Germaniya bilan yakinlashuviga va xristianlashuviga karatilgan siyosatini davom ettirdi. Birok nemislar bilan, jumladan nemislarning katolik cherkovi bilan yakinlashuv vend kirolliklariga uz mustakilliklarini saklab kolishda yordam bermadi. XII asrda, nemislarning «sharkka tazyiki» yana boshlanishi bilan obodritlarning yerlari birinchi navbatda istilo kilinib, nemis feodallari asorati ostiga tushib koldi. Kuyida, Vizantiya tarixi gapirilgan vaktda, janubiy slavyan mamlakatlari tarixi bilan, xususan Bolgariya tarixi bilan tanishamiz, Bolgariya Yevropadagi eng kadimgi slavyan davlatlaridan biri bulib, VII asrning ikkinchi yarmidayok tuzilgan edi. Shu narsani unutmasligimiz kerakki, shu VII-IX asrlarda Sharkiy Yevropada xam slavyan davlatlari tashkil topdi, bu davlatlar keyingi vaktda vujudga kelgan kadimgi ulug Kiyev rus davlatining bevosita utmishdoshi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |