Nazorat topshiriklari:
1.«Grajdan xukuklari tuplami» nechanchi yillarda joriy kilindi?
A) 528-534 yillar
V) 543-555 yillar
S) 525-535 yillar
D) 531-561 yillar
Ye) 527-534 yillar
2. Yustinian dinastiyasining sungi vakili?
A) Arxipelag
V) Irakliy
S) Mavrikiy
D) Avgust
Ye) Konstantin
3. Ma’muriy zulmning kuchayishiga sabab bulgan omillar?
4. «Dexkonlar konuni» manbasi nechanchi yillarda yozildi?
5. Vizantiyaning tushkunlikka tushish sababini aniklang?
3-asosiy savol:
3. Isavrlar dinastiyasining idora kilinishi.
Maksad: VIII asrning boshlaridagi Vizantiyaning xalkaro axvolini tushuntirib berish, cherkov yerlarining keng kulamda sekulyarizasiya kilishi Isavr imperatorlarining nomi bilan boglanish sababini aytib berish. Makedoniyaliklar dinastiyasi vaktida Vizantiyaning ijtimoiy xayotiga baxo berish.
Identiv ukuv maksadlari:
VIII asrning boshlaridagi Vizantiyaning axvolini tushunadi.
Foma Slavyan kuzgolonining asl maksadini ochib beradi.
Makedoniyaliklar dinastiyasi vaktidagi Vizantiyaning ijtimoiy axvoliga baxo beradi.
XI asr urtalaridagi Vizantiya cherkovining ajralib ketish okibatlarini aytib beradi.
3-savolning bayoni:
VIII asrning boshlarida xam Vizantiyaning xalkaro axvoli boyagidek juda ogir edi. Arablar Kichik Osiyoga bostirib kirdilar. Ular Kipr va Rodos orollarini bosib oldilar . Arab kushinlari Konstantinopol yakiniga kelib uni deyarli butun bir yilgacha (717-718) kamal kilib turdilar. Lekin arablar Konstantinopolni ololmadilar. Konstantinopolning kulay strategik mavkei, vizantiyaliklarning «greklar uti», deb atalgan utni ishlatishi, imperatorga ittifokchilari bolgarlaring yordam berishi natijasida, arablar katta talafot kurib, chekinishga majbur buldilar. Yangi saylangan imperator Lev III Isavr iste’dodli tashkilotchi va kobiliyatli oliy kumondon bulib chikdi. U Suriya bilan chegaradosh Isavriya viloyatidan chikkan bulib, yangi isavrlar dinastiyasiga asos solgandir.
Isavriyalik imperatorlarning xarbiy reformasi yaxshi natija berdi. Imperatorlar katta mablag sarflamasdan (Suriya va misr kuldan ketishi orkasida imperiya birmuncha vaktgacha moliyaviy kiyinchiliklarga uchragan) katta xarbiy kuchga ega bula oldi. Fem kushinlari uz okruglarini arablardan juda yaxshi ximoya kildi. Vizantiya xukumati sal-pal kattarok kulamda xujum operasiyasi olib borishga xali jur’at etolmadi. Lekin xukumatning siyosati cherkov guruxi urtasida katta norozilik tugdirdi. Yangi dinastiyasi obrusining kuchayishidan norozi bulgan dunyoviy zodagonlarning bir kismi xam cherkov guruxiga kushildi. IX asrning yarmidan to XI asrning yarmigacha Vizantiyani makedoniyaliklar dinastiyasi idora kildi. Vasiliy I Makedonlik bu dinastiyaning birinchi namoyandasidir (867-886). Makedoniyaliklar dinastiyasi idora kilgan vaktda kelib Konstantinopol juda katta savdo markaziga aylandi va Yevropa bilan Osiyo urtasidagi savdoda asosiy vositachilik rolini uynadi. Arab, rus-slavyan, italyanlarning savdo-sotiklari Konstantinopolga kelib tuplanib, uning juda katta shuxrat kozonishga va jonlanishiga sabab buldi. Vizantiya imperatori tashki savdodan shunday katta daromad oldiki, IX-X asrlarda Garbiy Yevropadagi korol va imperatorlardan birortasi xam bunday daromad olmas edi. Shu bilan birga IX asrning ikkinchi yarmidan boshlab arablar xavfi Vizantiya uchun kurkinchli bulmay koldi. Makedoniyaliklar dinastiyasi vaktida Vizantiyaning feodallashuv prosessi tez avj olib bordi. Erkin dexkonlarning soni shu kadar tez kamayib bordiki, mamlakat mudofaa kobiliyatining pasayishidan, shuningdek, axolidan tushadigan solik mablaglarining kamayishidan kurkib, imperatorlarning uzlari xam tashvishga tusha boshladilar. Shu bilan birga Vizantiya pomestyelarida xali bir muncha kullar (dullar) xam bor edi. Ular asosan xovli ichidagi xar xil ishlarni kilish bilan birga, ulardan kishlok xujalik ishlarida, ayniksa sugorish, yul kurilishi ishlarida, tosh konlarida va shu kabilarda xam foydalanardilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |