Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati:
Urta asrlar tarixi V.F. Semenov. T.,-1973. 576-585 betlar.
Xrestomatiya po istorii srednix vekov (Pod.red. N.P. Grasiznskogo i S.D. Skazkina. 3-yeizd. M. Nauka 1966.
Istoriya srednix vekov ( Pod.red. Z.V.Udalsovoy i S.P. Karpova. 1-2 ch. M., Vыsshaya shkola. 1991.
16 - 17. Mavzu: XVI-XVII asrlarda Shvesiya
Ajratilgan soat: 4
Asosiy savollar:
Shvesiyaning Daniya xukmronligidan ozod bulishi. Shvedlar reformasiyasi
XVI-XVII asrlarda Shvesiyaning iktisodiy tarakkiyoti
XVI-XVII asrlarda Shvesiyaning tashki siyosati.
Shvesiyada sosial ziddiyatlarning keskinlashuvi.
Mavzuga oid tayanch tushincha va iboralar: Kalmar, uniya, Stokgolm fojeasi, Sture, milliy shved sulolasi, shved dvoryanlari ruxoniylari, graf, baron, nerke kuzgoloni, reduksiya.
1-asosiy savol:
Shvesiyaning Daniya xukmronligidan ozod bulishi. Shvedlar reformasiyasi.
Ukituvchining maksadi: XV-XVII asrlardla Shvesiyadagi ijtimoiy xayo bilan tanishtirish, Gustav Vazaning idora kilishda uning reformalrini ochib berish va dexkonlar kuzgolonga baxo berish.
Identiv ukuv maksadlari:
Shvesiyaning ijtimoiy xayotini biladi.
Shvesiyaning idora kilinishi va reformasiya xakida ma’xlumotga ega buladi.
Shvesiyaning Daniya xukmronligidan ozod bulish omillarni tushunib yetadi.
Shvesiyadagi kuzgolonlarning sabablari va okibatlariga baxo beradi.
1 - savolning bayoni:
Shvesiyada Kalmar uniyasidan norozilik XVI asr boshlarida Daniya oldi. Bu xukmronligiga karshi keng milliy xarakat tusini oldi. Bu xukmronlikka karshi dushmanlik ruxi Shvesiyada tobora kuchaymokda edi. shimoliy va Baltika dengizlarida daniyaliklarning savdo-sotik ishlari kengaya borgani sari Daniya xukumati Baltikabuyida yanada kuprok mustaxkamlanib olishga xarakat kilar va Shvesiya xududini Daniyaning shimoliy-sharkidagi ta’sirini kuchaytirish uchun zarur baza deb bilar edi.
Daniya kiroli Kritian II (1513-1523y) bu masalada ayniksa katta planlar tuzdi, u zaiflashib kolgan ganzaning urnini Daniya bosadi va Baltika dengizida savdo-sotik ishlarini tamomila uz kuliga kiritib oladi, deb xayol kilgan edi. Daniya kushinlari 1520 yilda Stokgolmni bosib oldilar, Sture xonadoni regentligi tugatildi, shved dvoryanlari, ruxaniylari va shaxarliklarining kupgina nomoyandalari uldirildi, daniya xokimiyatiga oppozision kayfiyatda bulganlardan jami 100 dan kuprok kishi kirib tashlandi. Daniya feodallarining shved milliy oppozisiyasiga nisbatan kilgan bu kirgini Shvesiya tarixida "Stokgolm fojiasi" (1520 yil noyabr) deb ataladi. Ammo daniyaliklarning bu terrori milliy xarakatning yanada kuchayishiga sabab buldi, xolos. Mamlakatning turli joylarda dexkonlar, shaxarliklar, urta va mayda dvoryanlar Daniya xukmdorlariga karshi bosh kutardilar. Shvesiyaning togli rayoni bulgan Delekarliyada milliy xarakat ayniksa keng va kat’iy tus oldi, bu yerda dexkonlar otryadlar tuzdilar va bu otryadlar daniyaliklarning kushinlarini muvaffakiyatli ravishda surib chikardilar.
Urta dvoryanlardan chikkan Gustav Vaza butun milliy xarakatga boshchilik kilib, mamlakatdagi barcha kuchlarni: dvoryanlar, shaxarliklar va dexkonlarni bir kancha vaktgacha umumiy bir milliy front kilib birlashtirib turishga muvaffak buldi.Milliy xarakat galaba bilan tugadi. Shvedlar Skandinaviyasining eng janubiy kismidagina daniyaliklar bir necha viloyatni uz kullarida saklab koldilar. 1523 yilda Gustav Vaza Stokgolm shaxriga tantanali suratda kirib borib, Kalmar uniyasini bekor kildi va Shvesiyani mustakil deb e’lon kildi. Uning uzi Shvesiyaning kiroli kilib saylandi (u 1523-1560 yillarda xukmronlik kildi); Gustav Vaza asos solgan "milliy" shved sulolasi bundan keyingi asrlarda Shvesiyanigina emas, balki XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII asrda kuщni Polshani xam idora kildi. Avvalboshda yangi shved xukumatining axvoli juda ogir edi. Mamlakat daniyalik zulmi va uzokka chuzilgan ozodlik urushi tufayli xonavayron buldi. Sanoat va savdo-sotik ishlari kasod buldi. Xazinada pul kolmadi. Maxkamaning 1527 yilda kirolga yozgan dokladida bunday deyilgan edi; "Sizning kasr va kal’alaringiz vayron bulib yotibdi. Kirolning daromadlari tamoman sarf bulib ketgan.
Reformasiya va sekulyarizasiya kilish yuli bilan bu mushkul axvoldan kutilish chorasi tpildi. Shvesiyadagi katolik cherkovi boliklarning xatto dvoryanlar orasida xam allakachon burdi ketgan edi, chunki eng kuzga kuringan yepiskoplar shved milliy doiralari bilan emas, kuprok Daniya kiroli bilan alokada edilar. Germaniyada utkazilgan reformasiya bu yerda xam alakachonlar xavas kuzgatib kuygan edilar. Shuning uchun 1527 yildayok Shvesiyaning Vestorosdagi seymida Shvesiyada xam reformasiya kilingan injilchilar cherkovi urnatish, cherkov yerlari sekulyarizasiya kilish masalasi asosan xal kilingan edi. Shvesiyada uzul-kesil islox 1536-1539 yillarda utkazildi. Angliyadagi kabi Shvesiyada xam sekulyarizasiya kilish natijasida kirol va ayniksa dvoryanlar boyib ketishdi, chunki sekulyarizasiya kilingan mulklarning kup kismi dvoryanlar kuliga utdi.
Uzining moliyaviy axvolini mustaxkamlash uchun Gustav Vaza yana bir kancha boshka tadbirlarni xam kurdi. U 1542 yilda maxsus farmon chikarib, kirollikdagi ishlanmay bush yotgan barcha jamoa yerlarini uz mulki deb e’lon kildi. 1551 yilda chikarilgan farmonda barcha yer osti boyliklari, ya’ni Shvesiyada juda kup bulgan xar xil konlar kirol mulki deb e’lon kilingan edi. Dvoryanlar xukumatining yer masalasidagi siyosati dexkonlarning axvolini yomonlashtirib kuydi. Ilgari cherkovga karashli bulgan yerlarni uz kullariga kiritib olgan yangi yer eralari barshchina va obrokni kupaytirdilar, xamda erkin va yarim karam bulgan dexkonlarni mumkin kadar krepostnoy kilishga xarakat kildilar. Bu xol, shuningdek dexkonlar ixtiyoridagi yerlarning tortib olinishi xam dexkonlarda kattik norozilik tugilishiga sabab buldi. Bir vaktlar daniyaliklarga karshi kurashda karor topgan milliy fronti tarkalib ketib, uning urniga maxalliy (shved) feodallariga karshi va kirol xukumatiga karshi dexkonlar kurashi boshlanib ketdi.
30 va 40-yillarda Shvesiyada dexkonlarning bir necha marta katta kuzgolonlari buldi. Bu kuzgolonlardan eng mashxurlari: Dalekarliyada bulgan 1526-1533 yillardagi kuzgolon: Ost-Gollanddagi 1538 yilgi kuzgolon va dexkonlarning 1536-1543 yillarda bulib utgan janubiy shved xarakatidir. Janubiy, shved xarakati vaktida urmonlarda juda kup "urmon axli" dan otryadlar uyushtirilib, bu otryadlarga kushilgan kishilarning soni mingga yetgan edi. Pirovard natijada bu kuzgolonlarning xamasi bostirildi. Kirolning moliyaviy ishlari yaxshilangandan keyin xukumat katta yollanma armiya saklash imkoniyatiga ega buldi va bu armiyadan dexkonlar xarakatini bostirish uchun foydalandi. Asosan dexkonlardan tashkil topgan kirol armiyasiga sekin-asta dexkonlarning eng aktiv elementlari kushila bordi va shunday kilib, dexkonlardan oppozisiyasiga raxna solingan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |