Kamida (kami bilan) so‗zi birga keladi: Kamida besh ming-ta yangi
texnologiya uskunalari o‘rnatiladi. (Gazetadan.) Planga qo‘shimcha kami bilan
o‘n besh million so‘m gejaladi. (Gazetadan.)
Ortiq, mo‗l(roq) so‗zlari bilan birga qo‗llanadi: Ko‘chalar-ning ikki yuziea
sakson besh mingdan ortiqroq ko‘chat o‘tqozil-di. (A. Q.)
3. CHama sonlar morfologik va kompozitsion usulning kom-binatsiyasi orqali
ham hosil qilinadi: Juftlanib kelgan chama sonlardzk so‗ng -cha, -larcha, -larda
kabi affikslar qo‗-shiladi: Elektrostansiyamiz ellak-oltmishtacha lampochkalar-ni
arang qizdirar edi. (A. Q.) Orol to‘rt-to‘rt yarim tanoblar-cha kelar edi. (A. Q-)
O‘ttiz-qirq yoshlardagi kishi bizni qar-shilaydi. (0.)
CHama sonlar miqdor bildirib hol, aiiqlovchi va otdashib turli gap bo‗lagi
bo‗lib keladi: Ikki-uch intilib shoxni ush -lay olmadi. (A. Q.) Barov eshikni
ikki-uch tepdi. (A. Q.) Hol vazifasida kelgan bunday sonlarda taxmiya
ma‘nosidan aniq-lik ma‘nosi kuchlnroq bo‗ladi.
Jamlovchi son. Jamlovchi son bir turdagi predmet-larnipg yig‗indisini ifodalash
uchun qo‗llanadi. Ular odatda o‗ndan kam bo‗lgan sonlarga maxsus affikslarning
qo‗shilishi-dan hosil qilinadi.
Jamlovchi sonlar sanoq sonlarga quyidagi affikslarning qo‗gailishidan hosil
bo‗ladi:
1) -ov affiksi ko‗piicha ikki, uch, to‘rt, besh sonlariga qo‗-shilib,
predmetlardagi jamlik ma‘nosini bildiradi.
Jamlovchi sonnnng bu formasi doim egalik affikslari bilan birga qo‗llznadi:
Ikkovimiz ham sekin pastga tushdik. (0.) Ikkovi xam Qurbon ota bilan xayrlashib
jo‘nadi. (A, Q.)
-ov affiksi ikki so‗ziga qo‗shilganda ikki shaxsni ifoda-laydi va ba‘zan har ikki
shaxs nomi izohlovchk sifatida kel-tiriladi: Larisa bilan Qo‘chsor ikkovlari
yo‘lga chiqishdi. (0. E.) Ba‘zan ikki shaxsning biri ko‗rsatilib, ikkovi soni
keltiriladi: G‘afforjon ikkovimizga joy soldim. (A. Q.) Dadam ikkovi hamon
shivirlasiadi. (A. Q.)
YAkkmdan ortiq sonlarda ham ba‘zan izohlovchilar qo‗l-langanda yuqoridagi
holatni kuzatish mumkik: Men, Mamajon, SHarifjon degan bola uchovimizga... (A,
Q.) ...odamlardan ik~ kitasini qo‘shib beraman, uchovlaring o‘tin qilasanlar. (A.
Q.)
-ov affiksi to‘rt, besh va olti sonlariga ham qo‗shiladi. To‘rtovlari qotib -sotib
kuldi. (A. Q.) Beshovlarangni bir zveno deymiz. (A. Q.) SHu oltovim iz bir
tan, bir jon bo‘lib. kurashaylik. (0. E.)
Ba‘zi vaqtda -ov affiksi -ovlon shaklida kelib, jamlik-ni ko‗rsatadi: Ikkovlon
piyodalab Jilvon kapaga kirib ket -dik. (S. Ahm.) Beshovlon birdan xaxolab
yubordik. (A. Q.) Ol-tovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar. (Maqol.)
-ov affiksini olgan jamlovchi sonlar dsshm zgalt affiks-lari bilan birgalikda
qo‗llangani uchun otlashib, gapda ot va-zif-ysida keladya. Lekin sonning boshqa
turlaridan farqli ravishda sifatlovchn aniqlovchi vazifasini bajarmaydn: O‘chov-
imizning maqsadimiz bir. Beshovilshz bir quti urug‘ olsak, nainki eplab
boqrlmasak. (A. Q.) Qizlarning uchoviga xam mukofot berildi;
2) jamlovchi sonlar -ala affiksining so‗shilishidan hzsil qilinadi. Bu affiks
ko‗proq ikki, uch, to‘rt, besh sonlariga qo‗-shiladi, olti va etti sonlariga esa kam
qo‗shnladi. Adabny tnlda bulardan yuqori miqdor anglatuvchi sonlar bilan
deyar-lya birga kelmaydi. -ala affiksining qo‗shilishi natijasida ham sonlarning
o‗zak sostavida ma‘lum fonetnk o‗zgarish. yuz beradi. Ikki so‗zidagi so‗nggi i
tovushi tushib qoladi. Masa-lan, ikk(i)alamiz.
-ala afflksi ham I shaxs birlikdan boshqa hamma shaxs va sondagi egalik
affikslari bilap birga qo‗llapadya.
-ala affiksi ikki-uch (ba‘zan to‘rt) sonlariga bevosita qo‗shiladi. Ba‘zan esa
o‗zaKka bevosyta qo‗shilmay, donalik son affiksi -ta dan keyin keladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |