Klassifikatsiya
(turkumlash)
tushunchalarni
Bulishning
aloxida
turidir.
Klassifikatsiya predmetlarni ma’lum bir turlarga (kichik sinflarga yoki ayrim
predmetlarga) ajratishdan iborat Bulib, bunda xar bir tur boshqalariga nisbatan o’zining
aniq va qat’iy o’rniga ega. Klassifikatsiya natijalari xar xil jadvallar, sxemalar, grafiklar,
kodekslar va shu kabilarda o’z aksini topadi.
Mantiqda sun’iy va tabiiy klassifikatsiyalar farq qilinadi. Sun’iy klassifikatsiya
predmetlarning birorta umumiy belgisiga ko’ra amalga oshiriladi. Unga misol qilib
kutubxonadagi kitoblar katalogini ko’rsatish mumkin. Tabiiy klassifikatsiyani amalga oshirish
uchun Bulish asosi qilib predmetlarning birorta muxim belgisini olish kerak. Ana shuning
uchun xam u predmetlarning ayrim muxim xossalari xaqida fikr yuritish, qonuniy
boglanishlarni aniqlash imkonini beradi. Bunga Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy
sistemasi, Darvinning jonli tabiat predmetlari klassifikatsiyasi misol Bula oladi.
Klassifikatsiyada tushunchani Bulish qoidalariga amal qilish zarur.
Klassifikatsiyalar nisbiy turgun xarakterga ega. Ular bilishda va kundalik turmushda
uzoq yillar davomida ishlatiladi.
106
Albatta, bilimlarimizning taraqqiy etishi, yangi bilimlarning vujudga kelishi ko’p
xollarda klassifikatsiyalarga tuzatishlar kiritishni, ba’zan esa butunlay yangisi bilan
almashtirilishini taqoza etadi. Shunga qaramasdan, klassifikatsiya mavjud bilimlarimizni
sistemaga solish vositasi sifatida bilishda o’zining muxim axamiyatiga ega Bulib qoladi.
3.
Tushunchalarni ta’riflash
(definitsiya).
Ta’riflash (yoki definitsiya) tushunchaning mazmunini ochib beradigan mantiqiy
amaldir. Ta’rif aniqlanuvchi va aniqlovchi qismlardan tashkil topadi. Aniqlanuvchi
qismni mazmuni ochib berilishi lozim Bo’lgan tushuncha, aniqlovchi qismni esa
aniqlanuvchi tushunchaning mazmunini ochib beruvchi tushunchalar tashkil etadi.
Masalan, «Mantiq to’gri tafakkur shakllari va qonunlarini o’rganuvchi falsafiy fandir»
degan ta’rifda «Mantiq» aniqlanuvchi qismni, qolganlari esa aniqlovchi qismni xosil
qiladi. Ta’riflash bilishda quyidagi asosiy vazifalarni xal qilishda yordam beradi: 1)
tushunchada aks etuvchi predmetning muxim belgilarini ko’rsatadi; 2) tushunchani ifoda
qiluvchi so’zning (terminning) ma’nosini ochib beradi; 3) termin xosil qilishga imkon
beradi. Yuqoridagi vazifalardan qaysi birining xal qilinishiga qarab nominal va real
ta’riflar farq qilinadi.
Nominal ta’riflar yordamida predmetni tasvirlovchi murakkab ifodalar yangi termin
bilan almashtiriladi xamda uning ma’nosi aniqlanadi. Masalan, «Mantiq grekcha «logos»
so’zidan olingan Bulib, tushuncha, fikr, so’z, qonuniyat kabi ma’nolarga ega» desak,
mantiq tushunchasiga nominal ta’rif bergan Bulamiz. «Til belgilarini o’rganuvchi fan
semiotikadir» degan ta’rif xam nominal ta’rifga misoldir.
Real ta’rifda predmetning muxim belgisi aniqlanadi. Masalan, «Atom-moddaning
yadro va elektronlardan tashkil topgan zarrachasidir» degan ta’rif real ta’rifdir.
Real ta’rif aniq va noaniq ko’rinishlarda Bulishi mumkin. Aniq real ta’rif
predmetlarning muxim belgilarini to’gridan-to’gri ko’rsatib beradi. Noaniq real ta’rifda
esa tushunchaning mazmuni yordamchi vositalar orqali ochib beriladi. Masalan, o’qigan
parchamizda notanish terminlar uchrab qolganda, uning ma’nosini lugatdan
foydalanmasdan, boshqa so’zlarning ma’nosiga qarab aniqlashimiz mumkin.
Aniq real ta’rifning ikkita asosiy turi mavjud: 1) yaqin jinsi va tur belgisini ko’rsatish
orqali ta’riflash, 2) genetik ta’rif.
Yaqin jinsi va tur belgisini ko’rsatish orqali ta’riflash real ta’rifning eng ko’p
ishlatiladigan turi Bulib, u ikkita bosqichdan tashkil topadi. Birinchi bosqichda
aniqlanuvchi tushunchaning yaqin jinsi topiladi. Shu tariqa uning mazmuni qisman ochib
beriladi. Ikkinchi bosqichda aniqlanuvchi tushunchaning shu jinsga kiruvchi boshqa tur
tushunchalardan farqi aniqlanadi, ya’ni uning tur belgisi ko’rsatiladi. Shu tarika mazkur
tushuncha mazmunining qolgan qismi ochib beriladi. Masalan, bizning oldimizda
«Metafora» tushunchasining mazmunini aniqlash vazifasi turibdi, deyaylik. Bunda, avval
aniqlanuvchi tushunchaning yaqin jinsi topiladi: u «so’z» tushunchasidir. «Metafora
so’zdir» deyish bilan «So’z» tushunchasi mazmunida fikr qilinadigan muxim belgilarning
metaforaga xam tegishli ekanligini ko’rsatamiz, ya’ni «metafora» tushunchasi mazmunini
tashkil etuvchi umumiy belgilarni aniqlaymiz. Ko’chirma ma’noda ishlatilishi esa,
metafora sifatida ishlatilayotgan so’zning tur belgisi, ya’ni individual belgisi xisoblanadi.
Bu tur belgini yaqin jinsga qo’shib «Metafora ko’chirma ma’noda ishlatiladigan so’zdir»
degan to’la ta’rif xosil kilamiz. Shu tarika eng kiska yo’l bilan, ya’ni yakin jinsi va to’r
belgisini ko’rsatish bilan tushunchaning mazmunini aniqlaymiz.
107
Do'stlaringiz bilan baham: |