229
1.
Nima uchun bilish jarayonida fikrlarimizni dalilashimiz (isbotlashimiz) kerak?
1.1. Asosli muhokama yuritish ishonch-e’tiqod shakllanishining mantiqiy negizi
Bula oladimi? Sababini ko’rsating.
1.2. Isbotlash tarkibi nimalardan tashkil topgan?
1.3. Isbotni inkor etish mumkinmi, uni amalga oshirish jarayonini ko’rsatib
bering?
1.4. Tanqid va rad etish orasida qanday farq bor?
1.5. Isbotlash va rad etish qoidalarini sanab bering?
1.6. Isbotlash va rad etish qoidalari buzilganda qanday xatoliklarga yo’l
qo’yiladi?
1.7. Nima uchun bahs yuritiladi va uning qanday shakllarini bilasiz?
Xulosa:
Fikrlarimizning
asosli Bulishi, ya’ni faktlar va boshqa dalillarga tayanib
yuritiladigan fikr yuksak ishontirish kuchiga ega Bo’ladi, bu kishilarda ishnoch-e’tiqodni
shakllantiradi.
2.
Bilish jarayonida muammoli vaziyat qanday vujudga keladi ,
uni xal etish
mumkinmi?
2.1. Muammo nima, uning bilish jarayonidagi ahamiyatini izohlab bering?
2.2. Muammoli vaziyatni tahlil qilish yangi muammolar vujudga kelishiga sabab
Bula oladimi?
2.3. Qanday qilib muammoni to’g’ri aniqlash mumkin?
2.4. Muammoni yechish uchun nima ishlar qilishimiz kerak?
Xulosa:
Bilish jarayonida mavjud ilmiy tasavvurlar bilan qayd qilingan yangi
faktlar o’rtasidagi ziddiyatning paydo Bulishidan
yoki ularni hali yetarlicha
asoslamaganidan muammoli vaziyat vujudga keladi. Uni yechish mumkin , lekin hyech
bir muammoni to’liq hal qila olmaymiz, nisbatan yechimini topish mumkin.
3
. Bilimlarimizning mavjud Bulishi va taraqqiy etishida gipotezalarning qanday
ahamiyati bor?
3.1. Gipotezelarni quyidagi turlarini qanday farqlaysiz?
a)
umumiy gipotezalar;
b) xususiy gipotezalar;
v) ishchi gipotezalar.
3.2. Ehtimoliy xulosa chiqarish gipotezalarni ilgari surishning mantiqiy vositasi
Bula oladimi?
3.3. Qanday qilib gipotezalarni asoslab berish mumkin?
3.4. Nima sababdan gipotezalar o’z ahamiyatini yo’qotadi?
Xulosa:
Gipoteza fikrlarimizning, bilimlarimizning qurilishi va mavjud Bulish
shakli, chunki yangi bilimlar turli xil taxminlar, farazlar
shaklida quriladi va mavjud
Bo’ladi.
230
4.
Nima sababdan ilmiy nazariyalar fundamental qonunlar va prinsiplarga
asoslanadi?
4.1. Qanday qilib ilmiy bilishning empirik va nazariy bosqichlarini farqlashimiz
mumkin?
4.2. Ilmiy nazariyaning tarkibiy qismlarini izohlab
bering
a) empirik asos;
b) boshlang’ich nazariy asos;
v) nazariyaning mantiqiy apparati;
g) olingan natijalar.
4.3. Quyidagi nazariyalar qaysi fanlarga tegishli ekanligini izohlang?
1) tajriba bilan ish ko’radigan fanlarning mazmundor
nazariyalari;
2) gipotetik- deduktiv (yoki yarim aksiomatik) nazariyalar;
3) aksiomatik nazariyalar;
4) formallashgan nazariyalar.
Xulosa:
Nazariya bilishga xos qonunlarni aniqlash, ularni o’rganish
imkonini
berar ekan, ularni asoslash uchun fundamental qonunlar va prinsiplarga tayangan holda
ilmiy xulosalar chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: