Qorin oblasti nervlarini o’tkazuvchanlik usulida og’riqsizlantirish.
Bel (buyrak atrofii – paranefral) novokain qamali.
Tixonin usuli bo’yicha otlarda qamal o’tkazish.
Ko’rsatma. O’tkir aseptik va yiringli yallig’lanish jarayonlarida, axtadan keyingi asoratlarda, tez bitmas yaralar, oqmalar, qorin va tos bo’shlig’ida joylashgan a’zo mushaklarining tortilib qolishida, paranefral novokain qamali o’tkaziladi. Qamal qilishning asosiy maqsadi – buyrak atrofii yog’ xujayralari orasida ko’p miqdorda vegetativ nerv sistemasi tugun va chalkash nerv bog’lamlari joylashganligi sababli, u yerga novokain eritmasini yuborish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Operatsiya maydonchasi tayyorlangach sagittal chiziqdan 8-10 sm uzoqlikda, oxirgi qovurg’a va birinchi bel umurtqasining kundalang qovurg’asimon o’simtasi oralig’iga bel umurtqasining kundalang qovurg’asimon o’simtasiga parallel holatda ignani 8-9 sm chuqurlikga buyrak atrofida joylashgan xujayralarga qarab yuboriladi. Ignani sanchish nuqtasi oxirgi qovurg’ani orqa qirrasi va belning uzun muskulining tashqi chekkasidagi burchakda joylashgandir. Sanchilgan igna to’g’ri vaziyatni egallasa u holda ignadan qon otilib chiqmasligi va eritmani shpris bilan yengil yuborish mumkin bo’ladi.
Novokain eritmasini yuborishda shpris porshinida katta barmoqga bosim sezilmasa, eritma qorin bushlig’iga quyulayotganini bildiradi. Agar qon chiqsa unda igna buyrak parenximasi yoki qon tomiriga tushganligini bildiradi.
Hayvonning 1 kg tirik vazniga 1 ml dan 0,25% novokain eritmasini teng bo’lib belning ikki tomoniga yuboriladi. 5-7 kundan so’ng bu muolaja qayta bajariladi.
Qoramollarda M.M. Senkin usuli bo’yicha blokada o’tkazish
Bu hayvonlarda buyrak oldida joylashgan simpatik nervlarning qamali bajarish ung tomondan qulaydir. Hayvonni stanokka kirgizib, burun qisqichi bilan fiksasiya qilib Operatsiya doirasi tayyorlangach, ignani oxirgi qovurg’aning orqa tomoni va birinchi bel umurtqasining kundalang qovurg’asimon o’simtasi yoki birinchi va ikkinchi yonbosh qovurg’asimon o’simta uchidan, sagittal chiziqqa nisbatan 1,5-2 sm pastroqqa tushib uzun ignani sekinlik bilan 8-11 sm chuqurllikga sanchamiz.
Hayvonning katta-kichikligiga, yoshiga, semizligiga va jinsiga qarab ish kurish uchun Tixonin tomonidan uncha murakkab bo’lmagan apparat 500-1000 ml tagi yassi shisha idish (kolba) ishlatiladi. Qaytarilgan shisha naychani idishning tagiga rezina probka orqali o’tkazib moslashtiradi. Uning teskari tashqi uchiga 3-4 mm kenglikda va 40-50 sm uzunlikda bo’lgan naychaga Agali krani o’lanadi, muftasiga esa 20 ml Rekord shprisini biriktiradi. Agali kranning, ikkinchi to’g’ri ochiq uchiga esa 45-50 sm naycha (drenaj) o’tkazilib, oxirgi uchiga metall kanolaga igna o’rnatiladi. Sterilizasiya qilingan igna mandreni bilan birga, rezinali naycha, shpris yordamida tanaga 60 ml novokain eritmasi yuboriladi. Eritma yuborilgandan keyin ignaning ichiga mandren qayta tiqilib, so’ngra har ikkovini birgalikda qo’shib tortib olinadi. Teridagi yaraga 5% yod eritmasi bilan ishlov beriladi.
Teri teshilgandan so’ng difragmaning pay oyoqchasiga va buyrakning ustki pardasiga sanchilgan igna biroz siljitilib, buyrak oldi pardasi to’g’ri teshilsa, unda g’irchillashi barmoqqa seziladi, shu sababli ignani yanada 1,5-2 sm chuqurlikka sanchib 200-400 ml 0,25% novokain eritmasi yuboriladi. Eritma shpris orqali yuborilayotganda, uning porshini sekin bosim ostida bosib yuboriladi. Bu muolaja 7 kundan so’ng yana qayta takrorlanadi.
Mashg’ulot № 22
Do'stlaringiz bilan baham: |