Dars o’tilish uslubi. Darsni jarrohlik klinikasida, Operatsiya xonasida, o’quv xo’jalilarida, chorva fermer xo’jaliklarida, insektorda olib borish tashkilllashtiriladi.
Ko’krak yon devor nervlarini o’tkazuvchanlik usulida og’riqsizlantirish, plevrani teshish, plevra usti novokain qamalini o’tkazish texnikasi, qovurg’ani kesish texnikasi bajariladi. Mashg’ulot o’tkazish 2 soatga mo’ljallangan bo’lib, guruh talabalari 3 zvenoga bo’linadi va har bir zvenoga plevrani teshish, V.V. Mosin usulida plevra usti simpatik nerv chegara qamalini bajarish va qovurg’ani kesish texnikasi bajarish ot, eshak yoki qoramolda amalga oshiriladi.
Qavatlari. Teri vat yeri osti fassiyasi – yuza fassiyaga qo’shilib, varaq hosil qiladi. Varaq oralig’ida esa tananing teri muskuli (m.cutaneus trunci) joylashadi. Teri qatlamini qovurg’alararo nerv va arteriya qon tomiri o’tadi.
Yelkaning keng muskuli (m.latisgimus dorgi) ningpastki qismi yelka suyagining o’rta qismidan yonbosh suyakning ichki dumbog’igacha o’tkazilgan chiziq yo’nalishida bo’ladi.
Chuqur ko’krak-qorin fassiyasi (fascia thoraco abdominalis profundus) ko’krak devorida bel orqa fassiyasining davomi hisoblanib, o’txo’r hayvonlarda qorinning sariq sariq fassiyasi deyiladi.
Tishsimon darsal muskul (m.gerratus dorgalis) nafas oldiruvchi va chiqaruvchi muskullardan iborat. Ko’krakning tishsimon ventral muskuli (pars thoracalis muskulus serrate ventralis) – o’zining pastki uchlari bilan otlarda 1-9, qoramollarda 1-8 qovurg’alarning pastki tomon tashqi yuzasiga birlashadi.
Qorinning tashqi qiyshiq muskuli (muskulus obliguus abdominis externus) tirsak va maklok do’ngligi bo’ylab tishchalari bilan qovurg’aga birlashib turadi.
Qoramol qovurg’alari keng bo’lib, orqa tomon qirrasining ichki yuzasida ariqlar bo’lib undan qon tomi rva nerv o’tadi.
Qon tomir va nerv tutami (a.v. et n. intercostales) qovurg’alararo muskulning ichki medial yuzasida qovurg’aga yaqin qovurg’alararo vena, so’ngra arteriya uning orqasida nerv joylashadi.
Ko’krakning ichki fassiyasi (fascia endothoracica) qovurg’alarning ichki yuzasini o’rab, qovurg’alararo muskul, tush suyagi va ko’ndalang muskulga qo’shilib ketadi.
Paristal plevra (pleura parietalis) – ko’krakning ichki fassiyasi bilan qo’shilib, ko’krak qafasining ichki yuzasini o’rab turadi.
Ko’krak bo’shlig’i – qorin bo’shlig’idan diafragma bilan ajralib turadi. Diafragma kavsh qaytaruvchi hayvonlarda 1-bel umurtqasidan 13-qovurg’aning yuqorigi chetidan boshlanib, kranial, ya’ni pastga tushib 8-qovurg’a tog’ayiga birlashib gumbaz shaklida tush suyagining qalqonsimon tog’ayida tugaydi. Cho’chqa va itlarda shunga o’xshash bo’ladi.
Otlarda 18-qovurg’adan boshlanib17, 16- qovurg’alar yoyiga qarab pasayib tush suyagining qalqonsimon tog’ayiga borib tugaydi.
Ko’krak bo’shlig’ining ichki devoridagi plevra qavati 3 ta: 1- vertebral; 2-sternal; 3-diafragmal berilishlarni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |