II bob. Og’riqsizlantirish
Mashg’ulot № 7
QISHLOQ XO’JALIK HAYVONLARIDA NARKOZ VA NARKOTIK MODDALARNI YUBORISH USULLARI
Darsning maqsadi. Narkoz haqida tushuncha va uning ahamiyati. Narkotik dori vositalarining ta’rifi, qullash usuli, kechishi, asoratlari. Ingalyasion va noingalyasion narkoz berish turlari va haqida tushuncha berish.
Jihoz va asbob uskunalar. Rangli jadvallar, narkotik dori vositalari, narkoz qullash uchun asbob uskuna va apparatlar, narkoz maskasi, shpris va ignalar, har xil turdagi hayvonlar, hayvonlarni fiksasiya qilish uchun stanoklar.
Darsning o’tilish uslubi. Darsning birinchi yarmida talabalarga – narkoz uchun qullaniladigan dori vositalari, uni qullash texnikasi va ahamiyati, narkozni hayvon organizmiga ta’sir mexanizmi, undan kelib chiqadigan asoratlar haqida tushuncha beriladi.
Talabalar kichik guruhlarga ajratilib, o’qituvchi nazorati ostida har xil turdagi hayvonlarda umumiy og’riqsizlantrishning turli usullarni qullab, uning kechish darajalarini o’rganishadi.
Dars yakuniga 5-10 daqiqa qolganida bajarilgan ishlar xulosa qilinib amaliy mashg’ulot mavzusi mustahkamlanadi.
Hayvonlarda bajariladigan murakkab Operatsiyalar – hayvonlar organizmidagi og’riq impulslarini to’liq va rasional yo’qotish, tinchlantirish, hayvon tomonidan keraksiz harakatlarini yo’qotish narkoz ta’siriga bog’liq bo’ladi.
Og’riq – hayvon organizmida bir qancha og’ir asoratlar chaqirib, organizmning himoya kuchlariga salbiy ta’sir qiladi.
Kuchli og’riq natijasida tomirlar tonusi kuchayadi, shakar miqdori kupayadi, nafas olish ritmi tezlashib buziladi, oshqozon-ichak sekresiyasi bezlarining ish faoliyati tormozlanadi, hamma turdagi modda almashinuv jarayoni buzilib katabolizm tomonga surilib asidozni hosil qiladi. Qon tarkibida adrenalin miqdori kupayib ketadi. Kuchli og’riq natijasida klinik kursatkichlar buzilib travmatik shok kelib chiqadi.
Nerv sistemasining ish faoliyati buzilib, organ va to’qimalar, kuzning shoh pardasi, teri qavati asosan labda, tuyoq gultojisi, tuyoq oralig’i, itlarda barmog’ining muguzlangan yumshoq tovon yostiqchasida, qorinning ventral qismida, muskul, pay, pay qinlariga salbiy ta’sir qilib patologik o’zgarishi jarayonlarini chaqiradi.
Davomli og’riqlar hayvon mahsuldorligini pasaytiradi.
Hozirgi veterinariya praktikasida ikki xil – umumiy va mahalliy og’riqsizlantrish qullaniladi. Og’riqsizlantrishning yana bir turi mavjud bo’lib, unga – neytroleptanalgiziya deb aytiladi.
Bunda hayaon atrof muhitga bo’lgan ta’surotini saqlagan holda, og’riq sezgisi yo’qolishi, befarqlik paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi.
Narkoz
Narkoz – grekcha so’zdan olingan bo’lib – narcosis – sezishni yo’qotish degan ma’noni bildiradi.
Narkoz kimyoviy farmakologik dori vositalarining markaziy nerv sistemasi ish faoliyatiga ta’siri natijasida chuqur, lekin qaytuvchi tormozlanish chaqirib, organizmni sezish qobiliyatini pasayishi yoki to’liq yo’qolishi, muskullar ish faoliyatining pasayishi va reflekslar yo’qolishi bilan xarakterlanadi.
Faqatgina hayotiy markaziy avtomatikasiga, ya’ni yurak qon tomir va nafas olish sistemasi ish faoliyatiga ta’sir qilmaydi.
Narkoz qullashdan oldin hayvonlar 18-24 soat och qoldiriladi. Siydik pufagi va to’g’ri ichagi bushatiladi, it, mushuklar farmakologik dori vositalari yordamida sun’iy qustiriladi.
Hozirgi vaqtda narkoz qullashdan oldin hayvonlarda farmakologik dori vositalaridan foydalanib – peremedikasiya o’tkazilib narkozga tayyorlanadi. Bu esa:
a) hayvonda narkoz qullash va uning kechishini yaxshilaydi.;
b) narkotik dori vositalarining ta’siridagi asoratlarni yo’qotadi;
v) xavfli vegitativ reflekslarni pasaytiradi va yo’qotadi.
Peremedikasiya uchun narkotik bo’lmagan dori vositalari qullanilib, narkozning kechishini yaxshilaydi va chuqurlashtiradi.
Peremedikasiya uchun quyidagi farmakologik dori vositalar guruhi qullaniladi.
Sedativ yoki neyroleptiklar (rompun, romitar, bumiro-fenol qatoriga mansub azaperon (stresnil), aminazin).
Xolinolitiklar guruhidan – atropin sulfat.
Analgetik guruhi (morfiy, promidol).
Uyqu dori vositalar guruhi (barbiturat, xloralgidrat).
Miorelaksantlar (gvayakol-gliserinli efir, rampun, romitar, kolipsol).
Antigistamin dori vositalar guruhi (dimidrol).
Do'stlaringiz bilan baham: |