Qizilungachdagi operasiya.
Kursatma – begona jismlar tikilganda va qizil ungach keyganda.
Asboblar – xamma vaqt ishlatiladigan.
Og’riqsizlantirish va fiksasiya – maxaliy infilrtasion, kesiladigan chiziq bo’ylab, katalarni tik, maydalarni yotgan holatda.
Texnikasi – chap tarafdan kesiladi buyintiruq venasi va yelka bosh muskuli oralig’ida, uzinligi tikilgan jisimni kattaligiga nisbatdan. Barcha qavashlar to kizilungacha kesib boriladi, keyin uni devori kesiladi va begon jism olib tashlanadi.
Teri tugunsimon chok bilan berkitiladi.
Intratraxeal inyeksiya.
Kursatma – suyuq dorilarni yuborish usuli.
Fiksasiya - kattalarni tik, maydalarini yotgan xolatda
Texnikasi –Ignani buyini pastki qismida sanchish kerak.
Introkorotid inyeksiya.
Ko’rsatma – uyqu arteriyasiga suyuq dorini yuborish usuli.
Texnikasi - № 1090 igna ishlatish mumkin ignani 5 – 7 buyin umurtqasida buyinturuq venasini ustki qisimda, bosh tarafga yuboriladi. Igna tushgach arterial qon oqadi va dori yuboriladi.
11-MAVZU: KO’KRAK OBLASTIDAGI OPERASIYaLAR
MA’RUZA REJASI:
1. Ko’krak devorini va ko’krak qafasida joylashgan organlarning
anatomo-topografik ma’lumoti.
2. Ko’krak devoridagi nervlarni og’riksizlantirish.
3. Chegara simpatik tarmoqini (stvolini) va qorin nervlarini
plevra usti novokain blokadasi.
4. Plevrosentoz, qovurg’ani kesish texnikasi.
5. Aortaning punksiyasi.
Tayanch iboralar: Ko’krak devori, ko’krak qafasi, qovrg’a nerv
lar, plevra usti qamali, plevrosentoz, qovurg’a, aorta.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Operativ xirurgiya – X.K.Rustamov, Ya.A.Axbutayev, B.D.Narziyev-1997
2.Operativnaya xirurgiya – I.I.Magda – 1990
3. Eksperiment v xirurgii – V.Novikov – 1989
4. Xirurgiya bez chudes V.Novikov – 1981
5. Operativnaya xirurgiya N.X.Shomirzayev – 1989
6. A. David Weaver, Guy St Jean, Adrian Steiner “Bovine surgery and Lameness” USA,
2005
Bu savolni urganish katta axamiyatga ega, chunki xirurgik operasiyani faqat ko’krak devorida emas, balki ko’krak qafasida joylashgan organlarda ham o’tkazish mumkin.
Ko’krak yoki torakal xirurgiya qadim zamondan vujudga kelgan, jarohatlarni davolash, plevra qavatidan ekssdat olish kabi operasiyalar utkazilgan.
Bu xirurgiyani rivojlanishiga ayniksa upka va yurakda utkaziladigan operasiyalar katta rol o’ynaygan.
Medisina amaliyotida xozirgi paytda quyidagi operasiyalar ishlab chiqilgan va o’tkaziladi: o’pkani bir qismini olib tashlash, klapan almashtirish, so’niy yurak quyish va ular ichida eng yuqori chukkisi bu bshka yurakni ko’chirib kuyish. Bu operasiyani birinchi marta 1967 y 3 dekabrda janubiy afrikadagi Keyptaun shaxrida professor Kristian Beriard utkazgan Bemor Vashkanskiga yuragini kuchirib utkazildi va 18 kun yashadi.
Bu operasiya xozirgi paytda ko’p davlatlarda utkazilinadi, uzimizda birinchi marta 1986 yil sentyabr oylarda utkazilgan Shumakov boshliigida organlar transplatologiyasi institutida.
Veterinariyada ko’krak devorida utkaziladigan operasiyalar asosan hayvonlarni maxsuldorligini tiklash uchun o’tkaziladi. Bularga qovurg’ani kesish, plevra va periqardni punksiyasi va boshqalar kiradi.
Operasiyani muvaffakiyatli o’tkazish uchun shu oblastni topografiyasini bilish kerak. Yonbosh ko’krak devori ikki qismiga bo’lanadi:oldingi qismi birinchidayen to oltinchi qovurg’agacha, u ko’krak va undagi muskullar bilan yopilgan, shuning uchun operaiya o’tkazish jixatidan ahamiyatga ega emas.
Bundan keyin bo’sh qismi joylashgan, uni ko’ydagi chegaralari mavjud: oldi tarafdan tirsak chizig’i, ko’krakni kaudal burchag’idan to tirsak tepochasigacha. Yirik shoxli mollarda orqa burchakdan pastrog’ida bshlanadi.
Orka tarafdan – oxirgi qovurg’a, balandan – umurtqa pog’onasining uzun muskulini pastki qismida yoki kurakni orqa burchagidan to maklokacha.
Pastdan- tashqi venasiga nisbatan. Yonbosh ko’krak devori kuydagi qatlamlardan iborat.
1. Teri xar xil hayvonlarda xar xil qalinligida
2. Teri osti yog’i qavati, unda nervlar va qon tomirlar joylashgan
3. Ikki varaqli yuza fassiyasi uni orasida tanani teri osti muskuli
joylashgan
4. Chukur fassiya – yelka bel fassiyasini davomi.
5. Muskul qavati – kuyidagi muskullardan iborat.
a) yelka keng muskuli –yelka suyagini kichik tepachasidan boshlanib uchinchi ko’krak umurtqasidan to bel umurtqasini ogirgacha bulgan oraliqda tugaydi.
b) Tishsimon dorzal muskuli – nafas oluvchi va nafas chiqaruvchilarga bo’linadi birinchilari 5-8 qovurg’alarda to’gaydi, ikkinchilari esa oxirg’i qovurg’alarda.
v) Tishsimon ventral muskuli–qovurg’alari pastik qismida joylashadi otlarda (1-4) y.sh.m – 1-8
g) Korinning tashki kiyshik muskuli 4-5 qovurg’adan boshlanib ventro-kaudo dorzal yunlanadi.
6. Qovurg’a-qovurg’a usti to’qima bilan yopilgan, (qovurg’a oralig’ida) qovurg’alar orasida ikki qatlam muskul joylashgan tashqiy va chuqur tashqiy muskul tolalari kaudo-ventral, chuqur muskul tolalari esa kranio-ventral yunalgan Chukur muskulni medial yuzasida nerv – tomir tarmog’i joylashadi- vena, arteriya, nerv.
7. Ko’krak – ichki fassiyasi-ko’krak devorini ichki tarafida joylashgan.
8. Pariyental plevra – ko’krak ichki fassiyasi bilan birlashgan.
Kon bilan ta’minlanishi – qovurg’a oraliq va ko’krak ichki arteriyalari orqali.
Innervasiyasi – dorzal va ventral ko’krak nervlari orqali bajariladi
Ko’krak bo’shlig’i – qorin bo’shlig’idan diafragma bilan ajraladi. Uni joylanishi xar xil hayvonlarda xar xil bo’ladi, y.sh.m.. birinchi bel umurtqasida boshlanib, qalqonsimon tog’ayda tugaydi, otlarda esa 18 qovurg’adan boshlanadi. Kurak ichki plevrasi, ko’krak kafasida 3 burulish qilib: vertebral, sternal va diafragmal kovak tashkil etadi. Vertebral kovakda yurak, qzilung’ach, jig’ildon, katta qon tomirlar, nervlar (sayyor, qaytaruvchi va diafragmal).
Do'stlaringiz bilan baham: |