O’zbekiston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi samarqand veterinariya meditsinasi instituti veteriariya jarrohligi kafedrasi operativ xirurgiya va anesteziologiya fanidan


-MAVZU: QORIN SOHASI ANATOMO-TOPOGRAFIK TUZILISHI. QISMLARGA BO’LINISHI. NERVLARNI OG’RIQSIZLANTIRISH. LAPORATOMIYA VA RUMINOTOMIYA



Download 3,02 Mb.
bet22/162
Sana11.04.2022
Hajmi3,02 Mb.
#543766
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   162
Bog'liq
Arziyev Xidir Оператив хирургия ва анестезиология

12-MAVZU: QORIN SOHASI ANATOMO-TOPOGRAFIK TUZILISHI. QISMLARGA BO’LINISHI. NERVLARNI OG’RIQSIZLANTIRISH. LAPORATOMIYA VA RUMINOTOMIYA.
MA’RUZA REJASI:
1. Qorin sohasi anatomo-topografik tuzilishi va qismlarga bo’linishi. 2.Nervlarni og’riqsizlantirish
3. Laporatomiya texnikasi.
4. Ruminotomiya texnikasi.
Tayanch iboralar: shirdon, oshqozon, ichak, suniy teshik, dabba.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Operativ xirurgiya – X.K. Rustamov, Ya.A.Axbutayev, B.D.Narziyev – 1997.
2.Operativnaya xirurgiya – I.I.Magda – 1990.
3.Xirurgiya krupnogo ragatogo skota – P.S.Kuznesov – 1974.
4.Operativnaya xirurgiya – I.K.Shomirzayev – 1987.
5.Novoye licheniye nezaraznqx bolezney selsko-xozyaystvenqx – V.R.Mosin –
1973.
6. A. David Weaver, Guy St Jean, Adrian Steiner “Bovine surgery and Lameness” USA,
2005
Qorinning chegarasi. Oldingi doira – tananing torakal qismi diafragmaga yopishgan; orqa qismi tos bo’shlig’iga kirguncha, chov bog’lamining tekislik darajasiga muvofiq sonni taranglovchi keng fassiyasi va sag’rin muskullar orasidagi jo’yaklarning tasviri, yuqoridagi bel umurtqalariga tushgan muskullar; pastdan ventral tomonda joylashgan yumshoq devor va xanjarsimon tog’ay; yonbosh tomonlardan qorinning biqin yumshoq devori oxirgi qovurg’a qismiga diafragmaga tutashgan qismi.
O’tkazilgan tekislik bo’yicha qorinni shartli ravishda ikki segment va uch qismga bo’lish qabul qilib olingan; birinchi oxirgi juft qovurg’alarning orqa qismlari ikkinchi maklokning yuqori burchaklari. Oldingi qism, yoki qorin usti oblasti – regio epigastrica diafragma oralig’i va birinchi tekislikda joylashgan; o’rtadagi qism, yoki qorinning o’rta qismi, ikki tekislik orasida joylashgan – regio mesogastrica; orqangi qismi, yoki qorin osti oblasti - regio hypogastrica ikinchi tekislik orasi va tos bo’shlig’iga kirishgacha joylashgan.
Yuqorida keltirilgan qismlarning xar biri o’z navbatida kichik oblastlarga qorin oldi qismida qalqonsimon tog’ay r.xipohoidea ventral tekisligida joylashgan, ikki tomonda o’rnashgan qovurg’alar yoyi tekisligida va juft o’ng va chap qovurg’a osti chegaralarga – r.r.hypochondriacus – dextra et sinistra bo’linadi.
Qorinning ventral devorida va bed umurtqasi ko’ndalang o’simtasi o’rta chegara ostida kindik, yuqorida bel oblastlariga bo’linadi.
Bel umurtqalarining ko’ndalang qovurg’a o’simtalari uchlari tomonlarida o’ng va chap biqin oblastlari ajratiladi, ularning umurtqalar qismida har tomonida uchburchak shaklidagi chuqurlik och biqin joylashgan, bular ostida xususiy biqin oblasti o’rin oladi.
Qorin devorining pastki qismi orqa tomonida vertikal tekislikda o’ng va chap chov oblastlari, bular oralig’ida chov suyagi joylashgan.
Yonbosh – tizza burmasidan qovurg’a yoyiga o’tkazilgan gorizontal tekislik klinik nuqtai-nazarga ko’ra qorin ostki devori yana o’z navbatida yonbosh va pastki qorin devoriga bo’linadi. Bu qismida erkak hayvonlarda jinsiy olat terisi, kertmagi, urg’ochi katta hayvonlarda sut bezi oblasti ajratiladi. Kindik orqali o’tkazilgan tekislik bo’limida kindik oldi va kindik orqa mintaqalari alohida ajralib turadi.
Qorin devorining tarkibiga qovurg’a va qovurg’a tog’aylari kirmaydigan qismi qorinning yumshoq devori deb nomlanadi. Qoramollarda Retting tomonidan qorin oblastini bo’linish usullarini boshqacha qilib bayon etgan.
Qorin yumshoq devorining tuzilishi. Teri qorin devorining ventral qismida ancha yupqa. Teri osti va undan keyingi yuza fassiya to’qimalari bir-biriga zich yopishgan. Tananing teri osti muskuli yuzaki fassiya varaqalarining orasiga joylashgan, qorin yumshoq devorining orqa pastki bo’limida mavjud bo’lib, biqin tizza burmasiga qo’shiladi. Fassiya osti to’qimalaridan keyingi qavatlar yaxshi rivojlanib, urg’ochi hayvonlarning sut bezi, erkak mollarning prepusiyasi yaqinida joylashgan, fassiya osti qavati yaxshi rivojlangan va shularni o’z ichiga qamrab olgan; sonning tarnglovchi muskul oldi, tizza qopqog’i yuqorisidagi biriktiruvchi to’qimani tarkibiy qismida tizza usti limfa tuguni, chov oblastida esa chov yuza limfa tugunlari o’rnashib olgan.
Shu qavatda qorin teri osti arteriyasi va venasi joylashgan. Qoramollarda vena tomiri laktasiya davrida yo’g’onlashadi, ko’krak suyagining qilichsimon o’simta chegarasida “sut qudug’i” teshigi orqali u ichki ko’krak vena tomiriga qo’yiladi. Ba’zan bu teshik ikkita bo’lib, unda vena tomiri ham ikkiga bo’linib, teshiklar orqali ichkariga kiradi.
Qorin sariq fassiyasi bel orqa fassiyasining davomi; u qorinning tashqi qiyshiq muskul aponevroziga birlashadi va undan erkak hayvonlar jinsiy olatiga chuqur fassiya ajralib chiqadi, u erkak jinsiy a’zosiga va urg’ochilar uchun yelinini ushlab turuvchi bog’lam vazifasini bajaradi.
Qorinning tashqi qiyshiq muskuli juda keng yalpoq muskul bo’lib, tananing yon tomonida joylashgan, ko’krak va qorin devorini tashkil qilishiga ishtirok etadi. U ko’krakning pastki yonidan boshlab tos suyagi tomonga qarab yo’nalgan. Uning aponevrozi uch qismga: qorin, tos va son bo’laklariga ajraladi. Qorin qismi oq chiziq va qorinning to’g’ri muskuli uchun tashqi qin pardasi shakllanishiga qatnashadi; orqa tomondan qov suyagi do’ngligiga yopishib oladi. Tos bo’lagi biroz qalinlashib, maklok va qov suyagi do’ngligiga yopishishdan oldin uni chov yoki puparta bog’lami deb atashadi. Bu va qorin bo’shlig’ining oxirgi qismida aponevrozlar ajralishi oralig’ida chov kanalining teri osti yoki tashqi teshigi hosil bo’ladi.
Qorinning ichki qiyshiq muskuli o’zining tuzilishi jihatidan bog’lamga o’xshab ketadi. Qoramollarda bu och biqinning pastki chegarasini tashkil qiladi. Muskul aponevrozi qorinning to’g’ri muskuli qin fassiyasi tuzilishiga ko’maklashadi. Shuning uchun bu muskulning kaudal qismi pastki tomonidan chov bog’lamiga yopishmagan, muskul va bog’lam o’rtasida egat hosil bo’ladi, ayrim qismi chov kanalining ichki yoki qorin teshigi deb atash mumkin.
Qorinning to’g’ri muskuli qorinning qiyshiq va ko’ndalang muskul aponervozlaridan tashkil topgan, qin fassiyalari har tomonlaridan o’rab olgan.
Qorinning ko’ndalang muskuli uning payga o’tish qismi qorin qiyshiq muskuli payiga o’tish chegara tekisligiga to’g’ri keladi. Shunda pastki yonbosh devori yupqalashadi, shuning uchun bu joyni bo’shalgan qismi deb hisoblashadi, ko’pincha bu yerda shikastlanish oqibatida qorin dabbasi vujudga keladi. Maklok yaqinida muskullarning tashqi yuzasidan aylanma chuqur yon arteriyasining ikiga ajralgan tarmoqlari tarqaladi.
Ko’ndalang fassiya qorin oldi to’qima va devor oldi parda bir-birlari bilan zich yopishgan.
Qorin oq chizig’i qorin devori muskullari sariq va ko’ndalang fassiyalarning bir-biriga qo’shilish natijasida cho’zilgan fibrozli uchburchak vujulga kelib, qilichsimon tog’ayidan qov suyagining qo’shilish birikmasigacha cho’zilgan. Oq chiziqning o’rta qismida chandiqsimon qattiq maydoncha kindik bor.
Qorin devorini qon bilan ta’minlanishi: a) qorin teri osti arteriya (tashqi va uyat arteriyasidan); b) qisman tashqi ko’krak arteriya; v) qovurg’aoraliq arteriyalar; d) chuqur yonbosh; ye) kranial va kaudal qorin usti arteriyalarning tarmoqlari tarqaladi.
Innervasiya. Qorinning yumshoq qavatiga 13-nchi qovurg’a oraliq va 2-nchi bel nervlarning tarmoqlari tarqaladi.

1. Qo’y shirdonini yorish.


Kursatma - shirdonda xosil bo’lgan fito va bezoarlarni olib tashlash.
Og’riqsizlantirish – rampun, rometar – 0,15 gr 1 kl, kesim chizig’i bo’ylab infiltrasion og’riqsizlantirish.
Operasiya texnikasi – qo’y yelkida yotgan xollatda fiksasiya qilinadi. Laporotomiya oq chiziq buylab olib boriladi uzunligi 10 – 15 sm, kindiq oldi qismida. Chap qo’l bilan charvi chap tarafga suriladi. Barmoqlar bilan shirdonni pilorus qismi ushlanib jarohat orqali tashqariga chiqarilib toza doka salfetkaga quyiladi. Shundan so’ng shirdon devori kesiladi vaskulirizasiya kam bo’lgan joyda, kesimni kattaligi eng katta bezoarga mos kelishi kerak. Kesim orqali shirdondagi bezoarlar birin-ketin olib tashlanadi. Shirdon jarohati ikki qavatli chok bilan choklanadi: birinchi Shmiden choki bilan, ikkinchi qavati Lamber yoki Plaxotin – Sadovskiy chokini ishlatib choklanadi. Qorin devori uzluksiz chok bilin birlash- tiriladi. Operasiya teriga chok qo’yish bilan yakunlanadi.

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish