Bukalarni axtalash
Fiksasiya – turgan va yotgan xolatda.
Og’riksizlantirish – bir yoshgacha bo’lganlarga og’riqsizlantirish utkazilmaydi, bir yoshdan keyin og’riqsizlantirish aygirlarnikidek olib boriladi.
Bukalar konsiz va konli usul bilan axtalanadi.
Konsiz (perkutan) usul:
Urug’don tizmachasini teri orkali majaklashni maksadi urug’donda kon bilan ta’minlashni va Inervasiyasini tuxtatish.
Buning uchun kuyidagi axtalash kiskichlaridan foydalanish mumkin: Telyatnikov, Burdisso, Glumko – Golenskiy, Xanindiki.
Telyatnikov kiskichi yordamida axtalaganda yordamchi urug’don tizmachasini teriga yakin siljtiladi, xirurg kiskichni tizmachaga kuyib ikki kul bilan kisiladi va 5 soniya ushlaydi, bunda xirchilagan tovush sezladi. Agar tovush sezilmasa 1, 5 – 2 sm yukorirok tizmacha yana kisiladi, 10 – 15 minut keyin shu joyda gematoma xosil buladi.
Perkutan usul bilan axtalanganda bukalarning semiish massasi 8 – 17 %, tirik vazni 6 – 10 % kupayishi va ozikani xarajati 6 – 10 % kamaygani aniklangan.
Konli usul – bir nechta usul bilan bajariladi.
Ligatura kullab axtalash – Urug’don xalta orkadan ushlanib taranglashtiriladi. Kaudal yoki lateral yuzasida kesim olib boriladi, barcha to’qimalar to urug’dongacha, shu jumladan umumiy kin parda xam kesiladi. Jarohat orkali urug’don, tizmachasi bilan tashkariga chikariladi urug’don payi kesilgandan keyin. Tizmachani yukori kismiga ligatura kuyilib boglanadi, 2 – 2,5 sm pastrok kesib olib tashlanadi.
Urug’don ortigini dum kismini kesish – bu usulda urug’ xujayralari ishlab chikarilmaydi, lekin garmonlarni ishlab chikish saklanadi. Tik turgan hayvonda olib boriladi. Urug’don xaltani tub kismida ikki 1,5 – 2 sm kesim kilinadi. Bu kesim orkali urug’don ortigini dum kismi siqib chikariladi va kaychi bilan kesib olib tashlanadi. Jarohat yaxshi bitadi.
Kuchkor va takalarni axtalash
Bular xam konsiz (perkutan) va konli usullar bilan axtalanadilar.
Fiksasiya – yotgan xolatda fiksasiya kilinadi
Konsiz usul bilan axtalash – perkutan va elastrasiya usuli kullanilishi mumkin.
Perkutan axtalashda urug’don tizmachasi kiskich yordamida majaklanadi.
Elastrasiya usuli 2 xaftalik Kuzi echkilarda bajariladi. Bu usul buyicha urug’don xaltasini yukori kismiga rezina xalka kiygizilib kuyiladi, 10 – 15 kun ichida atrofiyaga uchrab tushib ketadi.
Konli usul: Urug’doni tulik yoki kisman olib tashlash usuli kullaniladi.
1. Operasiya maydonchasi tayyorlangandan keyin urug’don xaltani tubi tortilib kaysi yordamida kesiladi. Urug’don umumiy kin parda bilan tashkariga chikariladi. Tizmacha ketgutli ligatura bilan boglanadi undan 1 sm pastrok kesib urug’don olib tashlanadi. Jarohatga antiseptik kukun sepiladi.
2. Kari kuchkorlarni axtalash:
Kursatmasi – kari nasldor kuchkorlarda bajariladi.
Og’riksizlantirish – urug’don xaltani buyin kismiga infiltrasiya usuli bilan, intratestikulyar – 10 ml 3 % novakain eritmasi.
Operasiya texnikasi – kuchkor chap tarafga yotkizilib fiksasiya kilinadi. Chap kul bilan urug’don yukoriga kutariladi. Kesim surgich koldklaridan 2 sm pastrok aylana bajariladi.
Teri pastga tortiladi, urug’don tizmachasida Zand kiskichi 2-3 minutga kuyiladi. Urug’don kaychi bilan olib tashlanadi va yod surtiladi. Jarohat 1-2 tugunli chok bilan yakinlashtiriladi.
Kisman axtalash Bayburtyan usuli buyicha-skalpel urug’donga sanchiladi chukurligi 0,5-1sm va xosil bulgan jarohatdan urug’don parenximasi sikib chikariladi.
Cho’chkalarni axtalash
Konli ochiq va yopiq usul bilan amalga oshiriladi.
1) Urug’don tizmachasini yulib axtalash-
Fiksasiya- yotgan xolatda.
Operasiya texnikasi-urug’don xalta chap qo’l bilan ushlanadi va skalpel bilan kesiladi. Barcha to’qimalar kesiladi, jarohat orkali urug’don tizmachasi bilan tashkariga chikariladi. Tizmachani yukori kismiga gemastatik pinset kuyiladi va urug’don tizmacha yulib tashlanadi.
2) Ligatura qo’llab axtalash-yopik va ochik usulda kilinadi. Ikkinchida umumiy kin parda ochilib urug’don tizmayaasiga ligatura kuyib boglanadi 1-2sm pastdan kesib olib tashlanadi.
Yopik usulda umumiy kin parda ochilmaydi, tizmachaga ligatura kuyib olib tashlanadi.
Tuyalar – ochiq usulda
Bug’ular – perkutan usulda
Itlar – yopik usul, jarohat choklanadi
Mushuklar – ochik usul
Kuyon – yopik usul
Do'stlaringiz bilan baham: |