Ko’z soqqasini eksterpasiya qilish.
Kursatma – yiringli panoftalmit, usimtalar, shikastlanishlar.
Og’riqsizlantirish –ko’z nervini og’riqsizlantirish yonoq chukurchasini oldingi bo’rchagida cho’qurligi 10 sm 3% novokain 20 ml.
Asboblar – ko’z kaychisi.
Texnikasi – pastki va yuqori qovoqni ochib kaychi yordamida aylanasiga kesiladi va ko’z kosasida asta-sekin chiqariladi, oxirida ko’rish nervi kesiladi, qovoqlarga provizor chok qo’yiladi.
10-MAVZU: BUYINNING VENTRAL OBLASTIDAGI OPERASIYaLAR
MA’RUZA REJASI:
1.Anatomo-topografik ma’lumot, kranial, kaudal simpatik va vagosimpatik.
2.Ventral oblastidagi operasiyalar:
1. Traxeotomiya texnikasi (kekkirdakda).
2. Buyinturuk venasinikesish.
3. Kizilungachda operasiyalar.
4. Intratraxeal va intrakarotid inyeksiyasi.
Tayanch iboralar: Buyin kranial simpatik tugun, kaudal simpatik tugun, vagosimpatik tarmoq, uyqu arteriyasi qizulungach, buyinturuq vena, traxeotomiya, traxeostomiya.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Operativ xirurgiya – X.K. Rustamov, Ya.A.Axbutayev, B.D.Narziyev – 1997.
2.Operativnaya xirurgiya – I.I.Magda – 1990.
3.Xirurgiya krupnogo ragatogo skota – P.S.Kuznesov – 1974.
4.Operativnaya xirurgiya – I.K.Shomirzayev – 1987.
5.Novoye lecheniye nezaraznыx bolezney selsko-xozyaystvenыx – V.R.Mosin – 1973.
6. A. David Weaver, Guy St Jean, Adrian Steiner “Bovine surgery and Lameness” USA,
2005
1. Buyinning ventral oblasti - Chegaralari – oldingi – pastki jag’ni orqa tarafi; orqadan – ko’krak qafasiga kirish joyi: balandan bo’yini uzun muskulini pastki qismi; pastdan – buyini bo’sh qirasi;
Bu oblast kuyidagi qatlamlardan iborat:
1. Teri – yupqa, xarakatchan, yaxshi qatlanadi, teri osti yog’lari yaxshi rivojlangan, unda vena, limfa tomirlari va nervlar joylashgan.
2. Ikki qatlamli yuza fassiyasi - Pastki va o’rta qismida teri osti muskuli joylashgan, qalinligi 4-5 mm.
Oldingi qismidagi muskul yuqoladi, fassiya qatlamlari birlashgan.
3. Chuqur fassiya – ikki qavatli, pastki qavati muskullarni o’rab olib xaltacha xosil qiladi.
4. Muskul qavati – ko’yidagi muskllardan tashkil topgan:
a) yelka bosh muskul
b) tish jag’ muskuli
v) tish so’g’richsimon muskul
Bu uchta muskul buyituruq venasi joylashishi uchun arikcha tashkil etadi.
g) yelka til osti muskuli otlarda ariqchaning pastki qismini tashkil etadi.
x) kekirdakni pastki qismida ikkita lentasimon muskul joylashgan.
d) tish qalqonsimon tog’ay muskuli
ye) tish tilosti muskuli
Bular visseral fassiya bilan uralgan, birikish joyi buyini oq chizig’ini tashkil etadi.
Bo’yintiriq ariqchasida bo’yinturiq venasi joylashgan, u tashqi va ichki jag’ venasi qo’shilishidan xosil bo’ladi. Yirik shoxli mollarda va itlarda bo’yinturiq venasi ikkita tashqiy va ichki, 7 chi bo’yin umurtqasi oldida ular qushiladi. Venaning eni 2.5 – 3 sm.
5. Chuqur fassiyasi ichki qavati – atlantni qanotidan va bo’yin umurtqalari yonbosh usimtalardan boshlanadi, pastga yo’nalib dorzal va ventral plastinkalarga bo’linadi.
Ular shu joyda joylashgan organ va to’qimalarni o’rab g’ilof tashkil qiladi. Ventral oblastida ko’yidagi organlar joylashgan:
Kekirdak – 45 – 55 ta xalqadan tashkil topgan xalqalar bir-biriga pay yordamida birikadi, ichki tarafdan shilliq parda bilan o’ralgan.
Qizilungach – buyin qismi 65 – 75 sm boshida kekirdakni dorzal yuzasida joylashadi, 4 bo’yin umurtqasigacha, keyin yana dorzal yuzaga utadi.
6. Suyak usti qavat.
7. Suyak – bo’yin umurtqalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |