Rinoplastika (burun plastikasi)
Ko’rsatma – burun devorchasini qisman va yuqori lab burun oynachasini to’lig’icha uzilish vaqtida.
Fiksasiya va og’riqsizlantirish – tik va boshini ko’targan holatda fiksasiya qilinadi. Vena qon tomiriga quyidagi eritma yuborildi. 2,5 % aminazin, 1 % dimedrol 10,0; 0,% novokin 30,0 1000 kg vaznidagi buqaga, muskul orasiga 4-5 ml rampun va ko’z osti nervi blokada qilinadi.
Operasiya o’tkazish texnikasi. Operasiyani uzilgan to’qimalarni bitganidan keyin bajarish tavsiya etiladi. Operasiya maydonchasi tayyorlanadi. O’tkir nashator yordamida qattiq to’qimalar qon paydo bo’lguncha kesiladi, yarani ikki qirrasi bir-biriga to’g’ri kelishini ta’minlash kerak, qisqichlar yordamida qon to’xtatiladi. Avval burun devorchasi ketgut yordmida tikiladi, 1-2 tugun qilib, keyinchalik to’qimalarga BF-« yoki : yelimi shpris yordamida yuboriladi. Bu to’qimalarni bir-biriga yaxshi birikishiga yordam beradi. Jarohatga streptosid sepiladi va lavsan ipi yordamida sirtmoqsimon chok bilan to’qimalar biriktiriladi. Ochilib ketmasligi uchun lavsan ipining uchi kuydiriladi. 10-14 kundan keyin choklar olib tashlanadi.
Fomenko usuli (I), Magda (II) xalqa birdaniga qo’yiladi.
Peshona va jag’ usti kavaklarini trepanasiya qilish
Anatomo-topografik ma’lumot: Peshona kavaki – sinus frontalis yirik shoxli mollarda quyidagi suyaklardan tashkil topgan: ensa, peshona, bosh-tepa, panjarasimon.
Chegaralari – oldingisi – ko’z kosasining oldingi qirrasini birlashtiruvchi chiziq orqali. Orqadagi – jag’ tarog’i bo’yicha, yonboshi – peshona suyagining tshqi tarog’i bo’yicha. Peshona kovagi butun bo’shlig’i bilan birlashadi.
Otlarda – orqa chegarasi-jag’ bo’g’ini orqali o’tkazilgan chiziq, oldingi chegara-yuz tarog’ining o’rtasidan o’tkazilgan chiziq.
Yuqori jag’ kovagi – sinus maxillaris. Yirik shoxli mollarda bu kovak quyidagi suyaklardan tashkil topgan: yuqori jag’, yosh, yonoq va tanglay.
Chegarasi: yuqoridagi – ko’z kosasi ichki qirrasida birinchi premolyarga o’tkazilgan chiziq, oldingisi – ko’z osti teshigi ustidan, pastkisi-lunj tepachasidan burunga nisbatan parallel, orqa chegarasi-orbitaning o’rtasidan o’tkazilgan chiziq.
Innervasiyasi. Ko’z osti, g’altak osti, peshona nervlari.
Ko’rsatma – Peshona va yuqori jag’ kavagida yallig’lanish jarayoni (frantit, gaymorit), (o’smalar, burun qurti) bo’lganda.
Fiksasiya va og’riqsizlantirish. Tik holatda peshona, g’altak osti, ko’z osti nervlari 3 % novokain bilan og’riqsizlantiriladi.
Asboblar: har safar ishlatiladiganidan tashqari: trepan, raspator, parma.
Operasiya o’tkazish texnikasi. Teri va pastki qavatlar quroqsimon kesiladi, suyak ustki to’qima ham kesiladi va raspator yordamida ajratiladi. Keyinchalik trepan yordamida suyakda teshik yasaladi. Bu teshik orqali to’plangan suyuqliklar olib tashlanadi va oldin suyak usti qavatiga chok qo’yiladi, keyin teriga qo’yiladi, 7-10 kundan keyin choklar olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |