O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Davlat tomonidan qanday qadamlar talab qilinadi?



Download 44,73 Kb.
bet7/9
Sana02.03.2022
Hajmi44,73 Kb.
#478185
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ish - 2022-03-01T223849.925

Davlat tomonidan qanday qadamlar talab qilinadi?


O‘tgan yili aviatsiya sohasini qayta tashkil etish to‘g‘risida prezident farmonichiqqanda, biz juda ham quvondik. Loukoster ochishga tayyor ekanligimiz to‘g‘risida hukumatga bir necha marta xat yozdik, shu bilan birga davlatdan bir tiyin ham so‘ramadik.
Biz bilan ko‘plab hukumat idoralari va boshqa tashkilotlar: Vazirlar Mahkamasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi qoshidagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (“O‘zaviatsiya”, sobiq Davavianazorat), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Jahon banki vakillari uchrashdilar. Loyihamizni taqdim etdik va faqat ijobiy fikrlarga va qo‘llab — quvvatlashga sazovor bo‘ldik.
Ammo ustida ishlash kerak bo‘lgan ko‘plab jihatlar bor — masalan, mamlakatda loukoster faoliyat yuritishi uchun qonuniy asos tayyorlash lozim. Yana mamlakatlar o‘rtasida parvozni amalga oshirish shartlariga doir bir qator hukumatlararo bitimlar mavjud, unga ko‘ra har bir mamlakatdan bor-yo‘g‘i bittadan aviatashuvchi nazarda tutilgan. Cheklovlarni olib tashlash uchun ushbu bitimlarni qayta ko‘rib chiqish zarur.
O‘zbekiston bugungi kunda fuqarolik aviatsiyasini qayta tashkil etish ostonasida turibdi — muddatlar belgilangan, tegishli idoralar farmon ijrosini ta’minlashlari lozim. Qaysi jihatlar ustida ishlash kerakligi to‘g‘risida takliflarimizni berdik.
Investorlar ishonch hosil qilishlari uchun, hukumat mahalliy aviakompaniyalar uchun faoliyatning yagona qoidalarini ta’minlashi zarur. O‘zbekistonning aviatsiya sohasida faoliyat yuritishning qoidalari qanday bo‘lishini hozir hech kim bilmaydi. Yagona aniq tartib ishlashi lozim.
Biz o‘ziga xos huquq va imtiyozlar so‘rayotganimiz yo‘q, bozorda yakkaxokim bo‘lishga intilmaymiz, biz istagan yagona narsa — iltimos, faoliyat yuritish qoidalarini belgilab bering va barcha rezident aviakompaniyalarni teng sharoitlar bilan ta’minlang.
Aviatsiya o‘ta qaltis va juda kam foyda keltiradigan biznes. Ammo bizning maslahatchilarimiz aviatsiya tijoratining bo‘sh joylari butun dunyo bo‘ylab amalda allaqachon egallab bo‘linganini yaxshi tushunishadi. Ayni chog‘da mintaqamizda bu 100 mln aholiga ega (O‘zbekistonning 33 mln aholisiga qo‘shni mamlakatlar aholisini qo‘shgan holda) nisbatan yangi bozor. Bizning faol tarzda o‘sishimizni, havo yo‘llari orqali bog‘lanish imkoniyatlarini va boshqa afzalliklarni hisobga olgan holda, ular O‘zbekistonga qiziqish bildirmoqdalar, chunki prezidentimiz mamlakat o‘zgarishi va tijorat uchun ochiq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. Aynan mana shu ularga juda ham yoqyapti.
Butun dunyoda aviatsiyani maxsus investitsion jamg‘armalar va kompaniyalar moliyalashtiradi, ammo investitsiya kirituvchilarni jalb etishning o‘ziga xos qoidalari bor. Bir nafar investor bunday katta pul mablag‘larini loyihaga sarflashi ehtimoldan yiroq: jamg‘armalar bir-biri bilan o‘zaro fikr almashadilar, mamlakatdagi shart-sharoitlarga, biznes-rejaga, jamoamizga juda sinchiklab baho beradilar. Monopoliyadan voz kechish va bozorning barcha ishtirokchilarini teng huquqlar bilan ta’minlash uchun, biz nimaga qodir ekanimizni va mamlakatimiz qanday o‘zgarishlarga shayligini ular tushunishlari lozim.
Bu yerda ertaga o‘zgarib qolmaydigan, aniq yozilgan qoidalar borligini investorlar ko‘rishlari lozim. Investorlar uchun asosiy qaltislik -davlat tomonidan loyiha qo‘llab-quvavatlanishining mavhumligi. Agar davlat bizni qo‘llab-quvvatlamasa, qonunchilik asoslarini o‘zgartirmasa va bizda teng huquqlar mavjud bo‘lmasa, hech bir investor aviakompaniyaga sarmoya kiritmaydi. Shuning uchun mamlakatimiz hozirgi kunda ochiq raqobatga tayyor ekanligini aniq bilishni istaymiz.
Birinchi navbatda biz o‘zimiz aviatsiya sohasini qayta tashkil etish va erkinlashtirish to‘g‘ri yo‘ldan ketishiga 100%ga to‘liq ishonch hosil qilishimiz lozim. O‘zbekiston aviatsiya sohasini o‘zgartirishga urinayotgan birinchi mamlakat emas, va birinchi qo‘yilgan qadamlar, mantiqan keyingi qadamlarga olib kelishi kerak, rivojlangan mamlakatlarda bo‘lgani kabi, aniq o‘yin qoidalari bilan erkin raqobatbardosh bozorga aylanish buning natijasi bo‘lishi lozim.
O‘zbekistonning faol rivojlanayotganini va o‘zgarayotganini hisobga olgan holda, tijorat bilan shug‘ullanish va yakkaxokimlikdan tezroq qutulish istagi, davlat bizni qo‘llab-quvvatlaydi degan umid bor, mintaqada tengi yo‘q bo‘lgan loyihani ishga tushirish prezidentning iqtisodiyotni zamonaviylashtirish va yangilashga doir maqsadlariga mos keladi.
Buning ustiga vaqt kutib turmaydi — bizning eng yaqin qo‘shnimiz Qozog‘iston yaqinda o‘z loukosterini ochdi va uni faol rivojlantira boshlaydi. Olma-ota va Nursultan aeroportlari orqali 2018 yilda Yevropadan Osiyoga 850 ming yo‘lovchini tashish amalga oshirilgan (2017 yilga nisbatan 28% o‘sgan). Shuningdek, Krasnoyarskda xab yaratayotgan “Aeroflot” ham bor. Yevropadan Osiyoga uchishda, yaqin Sharq xablariga nisbatan, ushbu aeroportlar ham afzalliklarga ega.

Fotosurat: Vitor Burdin / Forbes.kz

Download 44,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish