O’zbekiston respublikasi va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 44,73 Kb.
bet1/9
Sana02.03.2022
Hajmi44,73 Kb.
#478185
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mustaqil ish - 2022-03-01T223849.925


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI

SERVIS SOHASI IQTISODIYOT KAFEDRASI

“MENEJMENT” FANIDAN

MUSTAQIL ISH


Mavzu:Xorijiy kompaniyalarda boshqaruv madaniyati tajribasi
Reja:

1.Investitsiya va boshqaruv kompaniyalarini tashkil qilish amaliyoti kengaytirish


2. Xorijiy kompaniyalarning ish tajribasi
3.Davlat kompaniyalari boshqaruv tarkibiga xorijiy top menejerlarni jalb qilish
4.Xulosa
1. Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.
Farmonga muvofiq, investorlar, ayniqsa xorijiy investorlarning investitsiya hissalarini tezkor va samarali jalb etish maqsadida investitsiya hamda boshqaruv kompaniyalarini tashkil qilish amaliyoti kengaytiriladi.
Farmonda belgilanganidek:
investitsiya kompaniyasi boshqaruv kompaniyasi tomonidan keyinchalik innovatsion va boshqa istiqbolli loyihalarga kiritish uchun malakali investorlarning jalb etilgan mablag‘larini shakllantirish va jamlash bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti hisoblanadi;
boshqaruv kompaniyasi investitsiya kompaniyasining investitsiya hissasini ular o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq boshqaradigan tijorat tashkiloti hisoblanadi;
venchur fondi jamlangan pul mablag‘larini faqatgina yuqori xavfli venchur loyihalariga investitsiya qilish uchun mo‘ljallangan, boshqaruv kompaniyasi boshqaruvidagi investitsiya kompaniyasi hisoblanadi;
milliy valyutada va/yoki Markaziy bankning hissa kiritilgan kundagi kursi bo‘yicha xorijiy valyutada 500 million so‘mdan kam bo‘lmagan miqdordagi investitsiya kiritgan yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy shaxslar malakali investorlar hisoblanadi.
Boshqaruv va investitsiya kompaniyalari, agar qonun hujjatlarida boshqa holat nazarda tutilgan bo‘lmasa, har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi mumkin.
Farmon bilan quyidagilar belgilandi:
investitsiya va boshqaruv kompaniyalarining faoliyati litsenziyalanmaydi;
boshqaruv kompaniyasi o‘zining ta’sis hujjati va qonun hujjatlari bilan belgilangan tarkibda va tartibda ichki audit xizmatini tashkil etishga majbur;
investitsiya kompaniyalari, boshqaruv kompaniyalari va malakali investorlar o‘rtasidagi munosabatlar faqatgina shartlari ular tomonidan mustaqil ravishda belgilanishi, shu jumladan birgalikdagi faoliyat jarayonida paydo bo‘ladigan nizolarni hal qilish shakli va usullarini tanlash erkin bo‘lgan shartnoma asosida tartibga solinadi;
investitsiya kompaniyalari zayomlar, shu jumladan garov ta’minoti bilan yoki garov ta’minotisiz foizsiz zayomlar berish huquqiga ega;
investitsiya kompaniyasi har yili tashqi audit o‘tkazilishini tashkil etishga majbur;
investitsiya va boshqaruv kompaniyalarining faoliyatini monitoring qilish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
2022 yil 1 yanvargacha tashkil etilgan hamda o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan investitsiya va boshqaruv kompaniyalari o‘z faoliyatlarini belgilangan tartibda davom ettirishlari mumkin.
Boshqaruv kompaniyalari investitsiya kompaniyalari oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq ularning investitsiya kapitalini boshqarish uchun tashkil etiladi.

Investitsiya kompaniyalari boshqaruv kompaniyasi malakali investorlardan jalb etgan pul mablagʻlarini keyinchalik innovatsion, venchur va istiqbolli loyihalarga qoʻyish uchun ularni shakllantirish va jamlash bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiradilar. 

Investitsiya kompaniyalariga pul mablagʻlari koʻrinishida investitsiya hissalarini qoʻshadigan, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaхslar malakali investorlar deb tan olinadi. Belgilanishicha, har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaхslar boshqaruv va investitsiya kompaniyasi boʻlishi mumkin, aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno.

Quyidagilar boshqaruv kompaniyasining muassislari boʻla olmaydilar:


  • davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari;

  • mahalliy davlat hokimiyati organlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan yuridik shaхslar;

  • ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulush davlat ulushiga ega yuridik shaхsga tegishli boʻlgan yuridik shaхslar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

  • siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, jamoat fondlari va diniy tashkilotlar.


Download 44,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish