Loukoster sifatida biz chiptalar narxlarini tushiramiz. Loukosterlar — dunyodagi asosiy trend, u juda katta tezlik bilan rivojlanmoqda. Agar to‘liq xizmat ko‘rsatuvchi aviakompaniyalar bortda bepul oziq-ovqat, yuk, ko‘ngilochar mediatizimlar taqdim etsalar va ularning barchasi uchun chipta xarid qilish vaqtida yo‘lovchilar to‘lashi lozim bo‘lsa, biz esa faqat uchib o‘tishni xarid qilishni va zarurat tug‘ilganda servis xizmatlarini qo‘shimcha ravishda xarid qilish imkonini beramiz. Shu tarzda yo‘lovchilar o‘zlari har doim ham ehtiyoj sezmaydigan xizmatlarni xarid qilishga majbur bo‘lmaydilar.
Biz Airbus A320neo va A321neo LR zamonaviy samolyotlaridan foydalanamiz — ular juda ham samarali, tejamkor va yaxshigina uzoqlikka parvoz qiladi. Boshqa loukosterlarda bo‘lgani kabi, salonning tuzilishi imkon qadar ko‘proq yo‘lovchi tashishga moslashtiriladi.
Ikkinchi jihat — samolyotlar o‘rtacha kunlik uchish vaqtining yuqoriligi va aeroportlardagi xizmatlardan voz kechish evaziga tejash. Bor-yo‘g‘i 40 daqiqalik to‘xtab turish vaqtida yo‘lovchilarni tushirish, samolyotga texnik xizmat ko‘rsatish va bortga yangi yo‘lovchilarni qabul qilish imkoni bo‘ladi. Shu bilan birga aeroportlarda xizmat ko‘rsatish yig‘imlari qisqartiriladi va samolyotning pul topgan holda havoda parvoz qilish vaqti ortadi.
Yirik aeroportlarda hizmat ko‘rsatish qimmat turadi, loukosterlar esa ko‘pincha qo‘nish va xizmat ko‘rsatish uchun ancha kam haq to‘lanadigan, chetda joylashgan aeroportlarni tanlashadi, va bu bilan yaxshigina mablag‘ tejaydilar. Bundan tashqari, dunyoda yangi tajriba qo‘llanilmoqda: aeroportlar yo‘lovchi tashuvchilarni aeroport yig‘imlaridan ozod etmoqdalar, yoxud evaziga yo‘lovchilar oqimini ko‘paytirish uchun rag‘batlanitruvchi dasturlarni joriy etmoqdalar, u yo‘lovchilarga tovarlar va xizmatlar sotish hisobiga aeroportlarga foyda keltirishni ta’minlaydi.
Eng asosiy jihat — yonilg‘iga ketadigan xarajatlarni tejash. Bu xarajatlarning eng katta qismi, mablag‘ning 40% unga sarflanadi. O‘zbekistonda ikkita neftni qayta ishlash zavodi bor, ammo ular hatto o‘z aviatashuvchilarimizni ta’minlashga qurbi yetmaydi — MAK yonilg‘ini o‘zi xorijdan xarid qiladi.
Mustaqil, vositachilarsiz yaqin qo‘shnilardan yonilg‘i xarid qilishimiz uchun hukumatdan yonilg‘ini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilishga ruxsat so‘radik, shunda uni tashishda ham mablag‘ tejashimiz mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga bizda yonilg‘ini olib kirishda — MAK va boshqa aviakompaniyalar uchun teng shartlar bo‘lishi kerak.
Bizda idora ishi soddalashtirilgan bo‘ladi: hech qanday hashamatli binolar, rahbariyat uchun dabdabali xizmat mashinalari bo‘lmaydi. Barchasini dunyodagi kamchiqim aviakompaniyalarda bo‘lgani kabi jihozlaymiz: ular katta ochiq ofisda joylashadi, rahbarlar ham xuddi o‘sha yerda oddiy xodimlar bilan birga ishlashadi, barchasi avtomatlashtirilgan va tizimlashtirilgan, biron-bir ortiqcha narsaning o‘zi bo‘lmaydi, hatto ortiqcha qog‘oz ham ishlatilmaydi. Bularning barchasi yo‘lovchilar uchun arzon narxlar belgilash imkoniga ega bo‘lish uchun.
Loukoster siyosati — bu xarajatlarni muntazam ravishda maqbullashtirish, u chiptalar narxini tushirish imkonini beradi. Bu masala ustida bizning o‘z kasbining ustalari bo‘lgan butun boshli jamoa ishalashi nazarda tutilgan — ular qayerda mablag‘ samarasiz ishlatilayotganini kuzatib borishadi, axir bu oxir-oqibat yo‘lovchiga ta’sir qilishi, chipta narxiga qo‘shilishi mumkin. Narxlarni tushirish hisobiga biz yo‘lovchilar oqimining oshishini ta’minlaymiz. Mayli, har bir yo‘lovchilardan olinadigan foyda juda kam bo‘lsa ham, ammo yo‘lovchilar soni ancha ko‘p bo‘ladi. Bu soni cheklangan yo‘lovchilardan ma’lum miqdorda foiz ishlab topishga nisbatan va sezilarli darajada rivojlanmaslikdan ko‘ra samaraliroq ishlaydi.
Bizning mutaxassislarimiz loukoster samarali va parvozlar xavfsizligining eng yuqori mezonlari bilan ishlashi uchun imkon qadar barcha ishlarni qilishadi. Biletlar sayt va mobil ilovalar orqali uzatiladi. Har bir yo‘lovchi ro‘yxatdan o‘tishi, joy tanlashi, oziq-ovqatga buyurtma berishi, yuk uchun joy xarid qilishi mumkin. Buning barchasi chipta narxiga ta’sir qiladi.
Aviakompaniyani samarali qilish uchun juda ko‘p zamonaviy imkoniyatlar mavjud. Biz o‘zgaruvchan bozor ehtiyojlariga moslashish va eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, shu jumladan blokcheyn va sun’iy intellektdan foydalanish yo‘li bilan muntazam ravishda kompaniyaning faoliyatini yaxshilab boramiz va uning samaradorligini oshirib boramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |