investitsiya kompaniyasi boshqaruv kompaniyasi tomonidan keyinchalik innovatsion va boshqa istiqbolli loyihalarga kiritish uchun malakali investorlarning jalb etilgan mablag‘larini shakllantirish va jamlash bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti hisoblanadi;
boshqaruv kompaniyasi investitsiya kompaniyasining investitsiya hissasini ular o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq boshqaradigan tijorat tashkiloti hisoblanadi;
venchur fondi jamlangan pul mablag‘larini faqatgina yuqori xavfli venchur loyihalariga investitsiya qilish uchun mo‘ljallangan, boshqaruv kompaniyasi boshqaruvidagi investitsiya kompaniyasi hisoblanadi;
malakali investorlar milliy valyutada va/yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hissa kiritilgan kundagi kursi bo‘yicha xorijiy valyutada 500 million so‘mdan kam bo‘lmagan miqdordagi pul mablag‘lari ko‘rinishidagi investitsiya hissalarini investitsiya kompaniyalariga kiritgan yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy shaxslar hisoblanadi;
investitsiya hissalari malakali investor tomonidan investitsiya kompaniyasiga investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan va investitsiya kompaniyasining ustav kapitaliga ulush hisoblanmaydigan pul mablag‘lari hisoblanadi;
boshqaruv va investitsiya kompaniyalari, agar qonun hujjatlarida boshqa holat nazarda tutilgan bo‘lmasa, har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi mumkin;
ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan yuridik shaxslar, davlat organlari, shuningdek siyosiy partiyalar, notijorat tashkilotlar, kasaba uyushmalari, jamoat fondlari va diniy tashkilotlar boshqaruv kompaniyasining ta’sischilari bo‘lishi mumkin emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
investitsiya va boshqaruv kompaniyalarining faoliyati litsenziyalanmaydi;
boshqaruv kompaniyasi o‘zining ta’sis hujjati va qonun hujjatlari bilan belgilanadigan tarkibda va tartibda ichki audit xizmatini tashkil etishga majbur;
investitsiya kompaniyalari, boshqaruv kompaniyalari va malakali investorlar o‘rtasidagi munosabatlar faqatgina shartlari ular tomonidan mustaqil ravishda belgilanishi, shu jumladan birgalikdagi faoliyat jarayonida paydo bo‘ladigan nizolarni hal qilish shakli va usullarini tanlash erkin bo‘lgan shartnoma asosida tartibga solinadi;
investitsiya kompaniyalari zayomlar, shu jumladan garov ta’minoti bilan yoki garov ta’minotisiz foizsiz zayomlar berish huquqiga ega;
investitsiya kompaniyasi o‘zining ta’sis hujjati va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har yili tashqi audit o‘tkazilishini tashkil etishga majbur;
investitsiya va boshqaruv kompaniyalarining faoliyatini monitoring qilish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
4. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan quyidagilar 2023-yil 1-yanvarga qadar muddatga yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari, barcha turdagi soliq va majburiy to‘lovlar to‘lashdan ozod qilingan:
yuqori texnologiyali tadbirkorlik loyihalari-startaplarni birgalikda moliyalashtirish uchun tashkil qilinadigan venchur fondlar;
venchur fondlardan birgalikda moliyalashtiriladigan yuqori texnologiyali loyihalar-startaplar.
Oldingi tahrirga qarang. 5. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son) Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda investitsiya va boshqaruv kompaniyalarining faoliyat mezonlari, turlarini belgilash va ularni, shu jumladan venchur moliyalashtirishni amalga oshirishdagi monitoringi to‘g‘risidagi Nizom loyihasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari, ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda investitsiya va boshqaruv kompaniyalarini tashkil etish, shuningdek, ular faoliyatiga investitsiyalar va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha doimiy ravishda keng tushuntirish va amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar Akademiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda investitsiya va boshqaruv kompaniyalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Belgilansinki:
ushbu Farmonning 2 — 4-bandlari yangi tuzilgan investitsiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini o‘rganish va baholash uchun tajriba tariqasida 2022-yil 1-yanvargacha amal qiladi;
2022-yil 1-yanvargacha tashkil etilgan hamda o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan investitsiya va boshqaruv kompaniyalari o‘z faoliyatlarini belgilangan tartibda davom ettirishlari mumkin.
2. O‘zbekistonning SilkJet kompaniyasi 125 mln $ miqdorida sarmoya kiritish va narxlarni pasaytirish bilan birga O‘zbekistondan xorijga yo‘lovchi tashish hajmini 2025 yilga qadar uch baravarga oshirishni rejalashtirmoqda. O‘zbekistonda bir yildan ko‘proq vaqt mobaynida, — mamlakatga o‘z loukoster aviakompaniyasi kerak, — deb aytilmoqda. O‘tgan yilning fevral oyidayoq MAK tomonidan, — “shu yilning o‘zida ushbu masala hal etiladi”, — deya bayonot berilgan edi.
Ayni payda Qozog‘istonda 2 may kuni, 2018 yilning noyabr oyida e’lon qilingan FlyArystan milliy loukosteri o‘zining ilk parvozini amalga oshirdi, maqsad e’lon qilingandan boshlab ilk qatnovni amalga oshirgunga qadar yarim yil o‘tdi. 2022 yilga kelib yangi aviakompaniya yiliga 5,6 mln. yo‘lovchi tashishga erishmoqchi. Shu jumladan, O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda: ilk qatnovlar Toshkent, Nukus, Qarshi va Farg‘ona vodiysiga amalga oshirilishi mumkin.
Nega endi O‘zbekistondagi ish joyidan hech qo‘zg‘almayapti? Bu haqda Spot O‘zbekiston loukosterini ishga tushirishga tayyor bo‘lgan SilkJet kompaniyasi asoschilaridan biri va uning rahbari bilan suhbatlashdi.
Tadbirkor Alisher Annazarov uning jamoasi qanday qilib 125 mln $ investitsiyani jalb qilishni rejalashtirayotgani, nega xolding kompaniyasini Singapurda ro‘yxatdan o‘tkazgani va parvozlarni boshlash uchun davlatdan qanday harakatlarni kutayotgani haqida so‘zlab berdi.