jrojhkhkj
Mundarija
KIRISH
Nazariy qism
1.1. Audit standartlari, ularning yo'nalishi.
1.2. Debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar tekshiruvi.
1.3. 10-sonli «Moliya hisobi tarkibidagi boshqa ma'lumotlar» O'zbekiston
2. Amaliy qism.
2.1 Vagon deposi ishi ko'rsatkichlarining bahosi
2.2 Kassa va kassa operatsiyalari tekshiruvi
2.3 Moddiy boyliklar tekshiruvi
2.4 Moliyaviy natijalarni tekshirish………………………….
Xulosa……………………………………………..
Adabiyotlar ro‘yxati………………………………………….
Kirish
Oʼzbekiston Respublikasi "Аuditorlik faoliyati toʼgʼrisida"gi Qonunining 10-bandida qayd etilgan korxonalar va tashkilotlar tarkibiga kiradigan xoʼjalik yurituvchi subʼektlar, shuningdek, kreditorlar, mol yetkazib beruvchilar, aktsiyadorlar va boshqa investorlar oldida maʼlum iqtisodiy ishonchga ega boʼlishni istagan xoʼjalik yurituvchi subʼektlar oʼz moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan oʼtkazishlari shart.
Аuditorlar dastlabki hujjatlar, pul mablagʼlari qoldiqlarini tekshirishlari, korxonada tovar-moddiy zahiralar, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni inventarlash haqiqiyligini aniqlashlari, debitorlik va kreditorlik qarzlarning haqqoniyligini tekshirishlari, ichki xoʼjalik nazorat tizimi samaradorliligini aniqlashlari hamda buxgalteriya hisobi Oʼzbekiston Respublikasi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq olib borilayotganiga ishonch hosil qilishlari lozim.
Kompaniyaning moliyaviy hisoboti yuzasidan xulosa chiqarishda auditorlar oʼzlarining shaxsiy, haqqoniy va mutaxassisligi boʼyicha yuqori darajadagi bilimlariga tayanishlari lozim, zero auditorlar tomonidan kompaniyalar moliyaviy hisobotlari toʼgʼrisida berilgan begʼaraz xulosadan banklar, investorlar va kreditorlar aktsiyalarni sotib olishda va sotishda, kreditlar va zayomlar berish toʼgʼrisida qarorlar qabul qilishda foydalanadilar.
Moliyaviy-xoʼjalik faoliyat yuritish boʼyicha chuqur bilimlarga ega boʼlgan auditorlar, moliyaviy hisobotlarning haqiqiyligini tekshirishdan tashqari, boshqa quyidagi xizmatlarni koʼrsatishlari mumkin:
- buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish;
- tannarx kalьkulyatsiyalarini tuzish;
- byudjetlar, smetalar, istiqbol rejalarini tuzish;
- moliyaviy holat tahlilini amalga oshirish;
- marketing, moliyaviy menedjment va tashkiliy rejalashtirish muammolari boʼyicha maslahatlar berish;
- boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun matematik va statistik modellarni tadbiq etish;
- moliyaviy hisobotlarning xalqaro andozalariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tuzish va hokazolar.
Аgar tashqi auditor korxonaning ichki nazorat tizimi maʼlumotlariga asoslanishni nazarda tutsa, uning haqqoniyligiga ishonch hosil qilishi va maʼlumotlari haqiqiy ahvolga toʼgʼri kelishligini tekshirishi lozim. Ichki nazorat tizimi maʼlumotlari qoʼllanilganda tashqi auditorning hujjatlarni tekshirish, hisob ti-zimlari ishiga baho berish, maʼlumotlarning bir biriga muvofiqligini tekshirish yuzasidan ish hajmi kamayadi.
Maʼlumotlarning nomuvofiqligi bir marotaba, muntazam ravishda qaytariladigan va doimiy boʼlishi mumkin. Bir marotaba uchraydigan holda - buni kelgusi tekshiruv jarayonida tasdiqlash, muntazam ravishda qaytariladigan holda esa - ichki nazorat maʼlumoti umuman qay darajada toʼgri ekanligini aniqlash lozim. Maʼlumotlarning muntazam ravishda nomuvofiqligi ichki nazorat maʼlumotlariga ishonish mumkin emasligi toʼgʼrisida va mustaqil tekshiruvlarga alohida eʼtiborni qaratish lozim ekanligidan dalolat beradi.
Аuditorlik tekshiruvlarining muddatlari va narxlari tekshiriladigan korxonalar faoliyatining hajmi va xususiyatlari bilan belgilanadi va shartnomada qayd etiladi.
Tekshiruv dalolatnomasi auditorlar, tekshirilgan korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi. Tekshiruv natijalari konfidentsial hisoblanadi va tekshirilgan korxonaning direktorlar Kengashi boshqaruviga hamda, majburiy tarzda, aktsiyadorlarning yillik majlisiga taqdim etiladi.
Аuditorlik xulosasi, unga ilova qilingan mijozning moliyaviy hisoboti shakllari bilan birgalikda matbuotda, firma maqomidagi nashrlarda chop etiladi va investorlar, mol yetkazib beruvchilar, banklar, davlat tizimlari va boshqalar tomonidan boshqaruv qarorlarni qabul qilish uchun qoʼllanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |