1.2 Debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar tekshiruvi.
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6325-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublikaning barcha mintaqalarida debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini yoppasiga solishtirib chiqish ishlari tashkil etilganligi, ularning natijalari belgilangan muddatlarga muvofiq Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasiga taqdim etilishi kerakligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish tartibi tasdiqlansin.
3. Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qo‘mitasi, tijorat banklari va tegishli tarmoq idoralari rahbarlaridan iborat
4. Tarmoq ekspert komissiyalari:
Ko‘rsatib o‘tilgan vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar va kompaniyalar, tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlariga qarashli xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini 1998-yil 1-iyuldagi holatiga ko‘ra tasdiqlangan tartibga muvofiq tarmoqlar bo‘yicha tekshirib chiqsinlar;
o‘tkazilgan tekshirishlarning yakuniy materiallarini va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish bo‘yicha takliflari Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasiga 1998-yil 1-sentabrgacha taqdim etsinlar.
5. O‘zlariga qarashli xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha qarzdorlik o‘z vaqtida va to‘liq tekshirilishi uchun shaxsiy javobgarlik vazirliklar, idoralar, tarmoq konsernlari, korporatsiyalar, uyushmalar va xolding kompaniyalari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Respublikaning xo‘jalik yurituvchi subyektlari o‘rtasida debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini o‘zaro tekshirish
1. Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan 1998-yil 1-iyuldagi holatiga ko‘ra xizmat ko‘rsatuvchi banklar, soliq va moliya organlari, statistika organlari mutaxassislari bilan birgalikda bir oy muddatda o‘tkaziladi.
Axborotni to‘plash va uni taqdim etish uchun javobgarlik Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalariga yuklanadi.
2. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar va xolding kompaniyalarining debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini o‘zaro tekshirish bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtirish va ushbu ish yakunlari bo‘yicha takliflar kiritishni tarmoq ekspert komissiyalari amalga oshiradilar.
3. Quyidagilar tarmoq ekspert komissiyalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘liq qamrab olinishi hamda debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish sifatli o‘tkazilishi ta’minlanishini nazorat qilish;
debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish natijalarini umumlashtirish;
Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun bajarilgan ish yakunlari bo‘yicha va undirib olinishi gumon bo‘lgan o‘zaro qarzdorlik miqdorlari to‘g‘risida takliflar kiritish.
4. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar, vazirliklar va idoralar rahbarlari qarzdorlik to‘g‘riligini tekshirish o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi hamda muddatni va to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlari amalda aks ettirilishi, shuningdek o‘zaro qarzlar bo‘yicha solishtirib chiqish dalolatnomalari tuzilishi uchun shaxsan javob beradilar.
5. O‘zaro qarzdorlik to‘g‘riligini tekshirishni jadallashtirish va solishtirib chiqish dalolatnomalarini tuzish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar joyning o‘ziga borib kreditorlik qarzi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan o‘z qarzlarini solishtirib chiqadilar.
6. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning rahbarlari va bosh buxgalterlari bosh daftar bilan solishtirib chiqilgan dalolatnoma jurnallar yoki kundalik kirim-chiqim dalolatnomalari asosida schyotlar bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘ldiradilar.
7. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligi uzil-kesil tekshirib chiqilgandan keyin mazkur Tartibga bo‘yicha ma’lumotlar to‘ldiriladi. Ushbu ma’lumotlarda tizim ichki qarzdorligi, respublika doirasida va uning tashqarisidagi qarzdorlik (MDH mamlakatlari va olis xorij mamlakatlari bo‘yicha) alohida satrda ko‘rsatiladi. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan g‘ayriqonuniy ravishda undirilganligi tufayli paydo bo‘lgan debitor qarzdorlik miqdori ham alohida ko‘rsatiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlariga solishtirib chiqish dalolatnomalari nusxalari ma’lumotlarda ko‘rsatib qo‘yilgan mablag‘ni tekshirish va umumlashtirish uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi.
Tuman statistika organlari, xizmat ko‘rsatuvchi banklar va soliq organlari debitorlik va kreditorlik qarzlarining umumiy miqdorini buxgalteriya balansi ma’lumotlari va solishtirib chiqish dalolatnomalarini ma’lumotlarda keltirilgan miqdorlar bilan solishtirib chiqadilar hamda ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlaydilar. Shundan keyin solishtirib chiqish dalolatnomalari nusxalari xizmat ko‘rsatuvchi banklarda qoladi.
Agar xo‘jalik yurituvchi subyektda buxgalteriya hisobi va hisoboti o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bo‘lsa yoki komissiyaga taqdim etilgan hisobga olishda, ma’lumotlarda qoloqlikka yo‘q qo‘yilgan bo‘lsa, bu haqda qayt etib qo‘yiladi. Bundan tashqari, buxgalteriya hisobi va hisobotida yo‘l qo‘yilgan qoidani buzishlar, hujjatlar yo‘qolib qolishi hollari to‘g‘risidagi ma’lumotlar soliq organlariga beriladi.
Xizmat ko‘rsatuvchi banklar va soliq organlari joyning o‘ziga borib ma’lumotlar to‘g‘ri to‘ldirilganligini oralatib tekshiradilar, bu haqda ma’lumotnoma yoki dalolatnoma tuziladi. Zaruriyat bo‘lganda ta’sir ko‘rsatishning tegishli chora-tadbirlari ko‘riladi.
8. Har bir debitor yoki kreditor bo‘yicha qarzdorlik miqdori solishtirib chiqish dalolatnomalari yoki debitor (kreditor)ning o‘z qarzlarini kelishilgan miqdorda tan olganligi to‘g‘risidagi boshqa rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlanadi. Hujjatni tuzishda debitor yoki kreditorga tegishli soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami ko‘rsatilishi shart.
9. Agar debitor (kreditor) tugatilgan bo‘lsa yoki uning joylashgan joyi aniqlanmagan taqdirda, bu haqda dalolatnoma tuziladi, u soliq organlariga taqdim etiladi, dalolatnoma nusxasi xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasiga taqdim etiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan chora-tadbirlar ko‘riladi.
10. Har bir debitor (kreditor) bo‘yicha qarzdorlik miqdori izchil ravishda ular hosil bo‘lishi muddatlari bo‘yicha (60 kungacha, 60 kundan 1 yilgacha, 1 yildan 3 yilgacha, 3 yildan ortiq) guruhlarga ajratiladi.
11. Qarzdorlikning to‘g‘riligini o‘zaro tekshiruvchi korxonalar va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari 2-kartotekadagi to‘lov hujjatlarini solishtirib chiqish dalolatnomalariga muvofiq takroran taqdim etish uchun qaytaradilar.
12. Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligi uzil-kesil tekshirib chiqilganidan keyin xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ilova qilinayotgan jadvallar to‘ldiriladi. Jadvallarda xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, shuningdek uning kreditorlari va debitorlariga tegishli soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamlari yozib qo‘yilishi shart. Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari va bosh buxgalteri imzosi qo‘yilgan jadvallar yuqori turuvchi tashkilotga, jadvallarning nusxalari bankning xizmat ko‘rsatuvchi muassasasiga taqdim etiladi. Jadvallar ham qog‘ozda, ham kompyuter fayllari shaklida (Microsoft Excel elektron jadvallari) taqdim etiladi.
13. To‘plangan jadvallar tarmoqning bosh tashkiloti tomonidan Microsoft Excel elektron jadvallari shaklida umumlashtiriladi. Ayni vaqtda to‘plangan ma’lumotlar umumlashtirish uchun Markaziy bankning mintaqaviy bosh boshqarmalariga beriladi.
14. Xizmat ko‘rsatuvchi banklarning bo‘limlari xo‘jalik yurituvchi subyektlardan olingan ma’lumotlarni vazirliklar bo‘yicha umumlashtiradilar va xizmat ko‘rsatuvchi banklarning viloyatlar boshqarmalariga yuboradilar.
15. Xizmat ko‘rsatuvchi banklarning viloyatlar boshqarmalari ma’lumotlarning tumanlar bo‘yicha tuzilishi to‘g‘riligini tekshiradilar, umuman viloyat hamda vazirliklar bo‘yicha solishtirib chiqadilar hamda tahlil qilish va jamlash uchun Markaziy bankning bosh boshqarmalariga va xizmat ko‘rsatuvchi banklarning respublika boshqarmalariga yuboradilar.
16. Xizmat ko‘rsatuvchi banklarning respublika muassasalari axborotni vazirliklar va idoralar, konsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar va kompaniyalar bilan birgalikda solishtirib chiqadilar va tahlil qiladilar hamda uni qisqartirish bo‘yicha takliflar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga hamda debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish bo‘yicha tarmoq ishchi komissiyalariga yuboradilar.
17. Tarmoq ekspert komissiyalari taqdim etilgan materiallarni tahlil qiladilar, umumlashtiradilar hamda Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasiga xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish yuzasidan takliflar kiritadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |