O‘zbekisтon respublikasi


Elektr toki zarbasi (tok urishi)



Download 6,58 Mb.
bet105/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Elektr toki zarbasi (tok urishi). Тok urishi esa odam tanasi muskullari va to‘qimalarining tok ta’siri ostida “qo‘zg‘alishi”, ya’ni beixtiyor, talvasali qisqarishlari shaklida namoyon bo‘ladi. Bu hodisaning organizmga salbiy ta’siri turli darajada bo‘lishi mumkin. Тok urishining eng ko‘ngilsiz holatida organizmning hayotiy o‘ta zarur organlari (yurak, o‘pka va oliy nerv tizimi) faoliyatini butunlay izdan chiqaradi, ya’ni o‘limga olib keladi. Bunda odam tanasida tok urganlikning tashqi ko‘zga ko‘rinadigan tashqi shikastlanish belgilari bo‘lmasligi ham mumkin.
Тok urishi organizmdagi shikastlanish oqibatiga qarab, shartli ravishda, quyidagi to‘rtta darajaga bo‘linadi:

  1. daraja – xush yo‘qotilmagan holatda odam organizmida muskullarning beixtiyor ravishda, talvasali qisqarishlari;

  2. daraja – xush yo‘qotilgan, lekin organizmda nafas olish va yurak ishlashi

to‘xtamagan holatda, muskullarning beixtiyor ravishda talvasali qisqarishlari;

  1. daraja – xush yo‘qotilgan va organizmda nafas olish yoki yurak ishlashi (yoki ikkalasi ham birgalikda) to‘xtagan holat;

  2. daraja – klinik o‘lim holati, ya’ni organizmda nafas olish va qon aylanish jarayonlarining to‘xtaganligi holati.

Odamni tok urganligining tashqi belgilariga quyidagilar kiradi:

  • tokning odam tanasiga kirish va chiqish nuqtalarida hosil bo‘ladigan o‘ziga xos belgilar (4.1 – rasm);

  • organizmning ichki shikastlanishlari bilan tavsiflanadigan tok urishi (tanadagi mayda nuqtali qon quyilishlari, tana terisi rangining o‘zgarishlari va h.k.).

O‘lim bilan tugagan tok ta’siridan shikastlanishlarning 85...87 % tok urishiga to‘g‘ri keladi. Тok urishi natijasida, odam tirik qolgan holatda ham, uning organizmida bir qator salbiy oqibatlar yuzaga kelishi mumkin, masalan, yurak-qon tomirlari, oliy nerv va endokrinik tizimi kasalliklari, xotiraning, diqqat va immunitetning pasayishi va boshqa. Odam organizmida yuzaga keladigan bu salbiy oqibatlar vaqt o‘tishi davomida to‘xtovsiz rivojlanishi, oxir-oqibat odamning mehnat qilish qobiliyatining qisman yoki butunlay yo‘qotilishiga olib kelishi, hattoki, odamni halok qiladigan darajagacha rivojlanib borishi mumkinligi ishlab chiqarishda kuzatilgan.

4.1 – rasm. Elektr toki ta’sirining odam qo‘lidagi “belgilari”: a - nuqtalar shaklidagi; b - yashin shaklidagi.


Тok urgan odamning qo‘lidagi nuqtaviy “elektr belgilar” teridagi sarg‘ish- kulrang tusdagi qotib qolgan shish shaklida bo‘ladi. Elektr belgilar elektr tokining teriga kimyoviy va mexanik ta’siri natijasida yuzaga keladi. Elektr belgilar teri qizarishiga, irishiga yoki boshqa zararli holatlarga olib kelmaydi va vaqt o‘tishi bilan tuzalib ketadi.



      1. Download 6,58 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish