O‘zbekisтon respublikasi


Тibbiy oldini-olish chora-tadbirlarini tashkil qilish



Download 6,58 Mb.
bet56/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Тibbiy oldini-olish chora-tadbirlarini tashkil qilish


“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunining 17-moddasiga asosan, korxona sog‘liqni saqlash idoralari tomonidan belgilangan tartibga muvofiq ravishda bir qator kasb va ishlab chiqarish xodimlarini mehnat shartnomasini imzolash paytida mehnat shartnomasiga amal qiladigan davrda vaqt-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shart. Хodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bosh tortishga haqli emaslar. Хodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortsalar yoki o‘tkazilgan tekshirish natijalari bo‘yicha tibbiy komissiyalar beradigan tavsiyalarni bajarmasalar ma’muriyat ularni ishga qo‘ymaslik huquqiga ega. Agar xodim, o‘zining salomatligi yomonlashishini mehnat sharoiti bilan bog‘liq deb hisoblasa, navbatdan tashqari tibbiy ko‘rik o‘tkazilishini talab qilish huquqiga ega.


Тibbiy ko‘rikdan o‘tkazish paytida xodimning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Davriy ko‘riklar muddati ishlarning xususiyatiga qarab belgilanadi (uch oydan so‘ng, yarim yilda, bir yilda va ikki yilda). Bu ko‘rsatilgan
ko‘riklardan tashqari transport vositalarining haydovchilari har kuni ishdan oldin va keyin tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. Kasb kasalliklari profilaktikasida davolovchi- profilaktik ovqatlanishga keng o‘rin berilgan, bu esa zararlar ta’sirini yo‘qotish maqsadida olib boriladi.
Pestitsidlar, mineral o‘g‘itlar va boshqa zaharli moddalar bilan ishlaganda bepul sut va himoyalovchi malham dorilar Davlat sanitariya Bosh vrachi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tibbiy ko‘rsatmalarga asosan (19.03.96 yil) beriladi. Suv va qishloq xo‘jaligida mehnat og‘irligini hisobga olgan holda xo‘jaliklarda sog‘liqni tiklash punktlari tashkil qilinadi, ularga dam olish xonalari, davolovchi, fizkultura va fizioterapiya bo‘limlari kiradi. Ishlab chiqarish gimnastikasiga alohida e’tibor beriladi.


      1. Korxonalarda pasportlashtirish ishlarini tashkil qilish


Korxonalarda mehnatni muhofaza qilishning istiqboldagi va joriy rejalari ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar va kasb kasalliklarining sabablarini tahlil qilish natijalarini, korxona xodimlarining fikrlarini, kasaba qo‘mitasi xodimlarining fikrlarini, hamda ishlab chiqarish bo‘limlarida mehnat sharoitining sanitar-texnik holatini tahlil qilish natijalarini hisobga olgan holda tuziladi. Yuqoridagilar ichida korxona sexlari, bo‘lim va bo‘linmalarida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha shakllantirilgan sanitar-texnik pasportlar juda muhim ahamiyatga ega. Korxonalarda sanitar-texnik pasportlarni shakllantirish 1979 yildan amalga kiritilgan. Sanitar-texnik pasportlar mehnat muhofazasi qoida va me’yorlariga javob bermaydigan ishlab chiqarish bo‘limlari va ish o‘rinlarini tekshirish ishlarini hujjatlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Ish joylarining mehnat xavfsizligi talabga javob berishini, mashina va mexanizmlar, texnologik jarayonlar, bino va inshootlarning sanitar me’yorlar, MХSТ va QMQ talablariga, texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga, hamda mehnat xavfsizligining kelajakdagi chora-tadbirlarini rejalashtirish uchun kerakli ma’lumotlarni olish va korxonalarining mehnat xavfsizligi talablariga javob
berishini aniqlash maqsadida pasportlashtirish o‘tkaziladi.
Pasportlashtirishni bo‘lim va bo‘linma rahbarlari o‘tkazadilar, agar ish joyida noqulay omillar faollashganda, ayniqsa kuz va qish fasllarida, uni har kuni mehnat xavfsizligi bo‘yicha muhandis nazorat qilishi shart. Pasportlashtirishni olib borishning nazoratini yuqorida turgan tashkilot va viloyat kasaba uyushmasining mehnat bo‘yicha texnik inspeksiyasi olib boradi. Тayyorgarlik vaqtida pasportlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risida buyruq chiqarish va obyektlarni tayyorlashni ta’minlash kerak.
Pasportlashtirishning mohiyati shundan iboratki, har bir ishlab chiqarish bo‘limi va bo‘linmasi bo‘yicha bir nechta pasportlashtirish texnologik varaqalari to‘ldiriladi. Bular bo‘lim pasportini tashkil etadi. Pasportlar ishlab chiqarish binosi bo‘yicha ma’lumotlarining umumiy tavsifini, sexlar, bo‘limlar, ishlab chiqarish jarayonlari kategoriyalari, portlash va yong‘in xavfi bo‘yicha ishlab chiqarish xonalari kategoriyalarini, noqulay mehnat sharoitida ishlaydiganlarning soni, sanitariya-maishiy xonalar bilan ta’minlanish holatini, maxsus kiyimlarni yuvish va ta’mirlash punktlari, tibbiyot xonasini qurish, jihozlash, oshxona, mehnat muhofazasi kabinetlari hamda burchaklarini, sanitar-maishiy xonalar rejasi, shuningdek mehnat xavfsizligini ta’minlash vositalari tavsifini (himoyalovchi to‘siqlar va signal beruvchi moslamalarning mavjudligi, elektr toki ta’siridan himoyalanish vositalari, shaxsiy himoyalanish vositalari, mehnat sharoitlariga baho beruvchi vositalar, o‘t o‘chirish vositalarining mavjudligi) o‘z ichiga oladi.
Pasportlardagi ma’lumotning tarkibida, so‘z bilan qisqartirilgan javob va raqamli ma’lumotlar beriladi. Ko‘pincha pasportlarga sinov, ekspertiza, guvohnomalashtirish, hamda tekshirish va nazorat dalolatnomalari qo‘shib qo‘yiladi.
Mehnat xavfsizligini va sharoitlarini pasportlashtirish natijasida olingan ma’lumotlardan ishlab chiqarishda mehnat sharoitlarini yaxshilash va yuksaltirish bo‘yicha aniq va maqbul, asosli chora-tadbirlarni rejalashtirishda foydalaniladi.
Rejalashtirilgan mehnat muhofazasi chora-tadbirlarining o‘z vaqtida va samarali bajarilishini amalga oshirishida hisob-iqtisod xizmati bo‘limlariga alohida
o‘rin ajratiladi. Ularga chora-tadbirlarni oqilona rejalashtirish, mablag‘ bilan ta’minlash, mablag‘ni sarflash, asosiy va qo‘shimcha chora-tadbirlarga mablag‘ ajratish, mablag‘larni maqsadga muvofiq ravishda sarflanishini, ishlatilishini, shuningdek, hisob-kitob ustidan nazorat olib borish, shaxsiy himoyalash vositalarini hisobga olish, saqlash, rejalashtirish va boshqalar kiradi.



    1. Download 6,58 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish