Uch fazali, uchta simli va manba neytral nuqtasi yerdan izolatsiya qilingan tarmoqlar (4.10 – rasm): neytrali izolatsiyalangan tarmoq fazalaridan birining izolatsiyasiz simiga odam tasodifan tegib ketganda (4.10 – rasm, 1-odam), qolgan ikki fazaning ishchi izolatsiyalari qarshiligi shikastlash toki qiymatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ishchi izolatsiya deb, elektr qurilmalarining normal ishini ta’minlovchi va odamni elektr toki shikastlashidan saqlovchi tok o‘tkazuvchi qismlarning elektr izolatsiyasiga aytiladi.
Тarmoq izolatsiyasining qarshiligi kompleks bo‘lib, aktiv va sig‘imiy tashkil
etuvchilaridan iborat. Aktiv qarshilik
Riz
izolatsiyadan “tokning sizib o‘tish
yo‘llari”ga bog‘liq. Bu “yo‘llar” izolatsiyaning eskirishi va buzilishi, uning strukturasida o‘tkazgich zarralarining hosil bo‘lishi, dielektrik xossasining yomonlashishi natijasida vujudga keladi.
Тarmoqning sig‘im qarshiligi 1/
j с
simlarning yerga nisbatan sig‘imi с ga
bog‘liq bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, izolatsiyaning geometrik o‘lchamlari, izolatsiya materialining dielektrik doimiysi va materialining holati bilan aniqlanadi. Izolatsiyaning aktiv va sig‘im qarshiliklari sim bo‘ylab taqsimlangan. Ularni sxemalarda shartli ravishda bir joyga to‘plangan holda belgilanadi. Izolatsiyaning ekvivalent elektr sxemasi ikki tarmoqdan iborat bo‘ladi (4.9 va 4.10 – rasmlar). A,
B va C fazalarning mos ravishda
rА , rВ
va rС
сА , сВ
va сС
– sig‘imiy qarshiliklari qilib belgilangan. Faraz qilaylik, uchala faza
izolatsiyasining yerga nisbatan qarshiligi o‘zaro teng, ya’ni
rА = rВ = rС = riz
bo‘lsin. Izolatsiyalangan neytrali bo‘lgan tarmoq ta’minlash manbaining neytral nuqtasi amalda kuchlanishga ega bo‘lmaydi, uch fazali tarmoq amalda simmetrik rejimda ishlaydi.
– rasm. Uchta fazali, uchta simli va neytral nuqtasi yerdan izolatsiya qilingan tarmoq (belgilanish matnda).
Odam A fazaga tasodifan tegib ketsa (4.10 – rasm, 1-odam), simmetriya yo‘qoladi. Tarmoq ta’minlash manbaining neytral nuqtasi epga nisbatan kuchlanish ostida bo‘lib qoladi. A fazaning epga nisbatan kuchlanishining ma’lum bir kattalikka kamayishi sodir bo‘ladi. Tarmoqqa ulanib qolgan odam ana shu kuchlanish ostida qoladi va shikastlanish oladi. Тok “A faza – odam tanasi – yer – o‘tkazuvchan C va B faza”lardan iborat zanjirdan o‘tadi (4.10 – rasmga qarang). Bu tokning kattaligi quyidagi formuladan aniqlanadi, A:
3U f
bu yerda U f
– faza kuchlanishi, 220 V;
ziz 1/(1/ riz
j C
– bitta faza izolatsiyasining yerga nisbatan to‘la qarshiligi.
Uncha uzun bo‘lmagan elektr tarmoqlarida simlarning yerga nisbatan
sig‘imi kichik, (c=0) bo‘ladi. Bunday holda
ziz riz
bo‘ladi va odam tanasi orqali
o‘tuvchi tok kuchi quyidagicha aniqlanadi, A:
3U f
Yuqoridagi (4.6) tenglamadan ko‘rinib turibdiki, izolatsiyaning qarshiligi oshishi bilan fazaning yalang‘och simiga tekkan odamni shikastlantiruvchi tok kamayadi. Bitta fazada kamida 500000 Om qarshilik bo‘lishi kerak. Masalan,
agarda izolatsiyaning qarshiligi talab bo‘yicha
riz
500000 Om bo‘lsa, u holda
odam tanasi orqali o‘tuvchi tok kuchi quyidagiga teng bo‘ladi:
Iod
3U f
3Rod riz
3 220
31000 500000
0,001 A 1 мА
Bunday kattalikdagi tok kuchi xavfsiz hisoblanadi (4.1 – jadvalga qarang).
Тarmoq izolatsiyasining qarshiligi qandaydir sabablar tufayli pasayib borsa,
masalan,
riz
5000 Om bo‘lganda, ya’ni talabga nisbatan 100 baravar pasaysa
xavf darajasi ancha oshadi:
Iod
3U f
3Rod riz
3 220
31000 5000
0,082
A 82 мА
Bunday kattalikdagi tok miqdori odam organizmi uchun juda xavfli hisoblanadi (4.1 – jadvalga qarang).
Uch fazali, uchta simli va manba neytral nuqtasi yerdan izolatsiya qilingan tarmoqlarda ham, yuqorida aytib o‘tilgandek, ikki fazaga tutashish juda xavfli hisoblanadi (4.10 – rasm, 2-odam). Bunda odam tarmoq kuchlanishi ostida bo‘lib qoladi va uning tanasidan o‘tayotgan tok kuchi (4.4) ifoda bilan aniqlanadigan tok kuchi ta’sirida bo‘ladi, ya’ni uning tanasidan 380 mA tok o‘tadi, bu esa o‘ta xavflidir.
Uch fazali, uchta simli va manba neytral nuqtasi yerdan izolatsiya qilingan tarmoqqa ulangan elektr uskunasining qobig`i avariya natijasida faza kuchlanishi ostida qolgan vaqtda ikkita holat bo‘lishi mumkin (4.10 –rasm, 3-odam). Birinchi holat – elektr uskunasining yerga ulash qurilmasi nosoz bo‘lgan sharoit. Bunda 3- odam tushadigan sharoit 1-odam tushadigan sharoit bilan bir xil bo‘ladi. Ikkinchi holat – elektr uskunasining yerga ulash qurilmasi soz bo‘lgan sharoit. Bunda 3- odam tushadigan sharoit yerga ulash qurilmasining ko‘rsatkichlari bilan aniqlanadi.
Amalda tarmoqlar ma’lum bir uzunliklarga ega bo‘ladi. Buning natijasida
tarmoq simlari sig‘imi yerga nisbatan ma’lum bir miqdorga ega bo‘ladi, va yuqorida keltirilgan holatlar o‘zgaradi. Masalan, kabelli va havodan o‘tgan tarmoqlarda simlarning yerga nisbatan sig‘imi ancha katta bo‘ladi.
Kuchlanishi 1000 V bo‘lgan kabelning bitta fazasining qo‘rg‘oshin qobiqqa (yerga) nisbatan sig‘imi, uning ko‘ndalang kesimiga bog‘liq holatda, quyidagilarga teng bo‘ladi (1 km uzunlikdagi kabelga to‘g‘ri keladigan mikrofarada), (4.4 – jadval).
4.4 – jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |