Odam tanasi orqali tok o‘tish yo‘lining shikastlanish oqibatiga ta’siri
Odam tanasi orqali tokning o‘tish yo‘li shikastlanish oqibatiga katta ta’sir ko‘rsatishi tajribada aniqlangan. Agarda tok o‘tish yo‘liga odam hayoti uchun muhim bo‘lgan organlar – yurak, o‘pka, bosh miya to‘g‘ri kelib qolsa shikastlanish xavfi keskin oshadi, Chunki, bunda tok to‘g‘ridan to‘g‘ri shu organlarga ta’sir qiladi. Agarda tok boshqa yo‘l bilan o‘tsa uning hayotiy zarur organlarga ta’siri faqat reflektorli bo‘lishi mumkin. Bunday holatda ham og‘ir shikastlanish xavfi saqlanib qoladi, lekin uning yuz berish ehtimoli keskin pasayadi.
Shikastlanish oqibatiga tokning tanaga kirish va chiqish nuqtalarining tananing qaysi sohalarida joylashgani ham ta’sir ko‘rsatadi. Chunki, odam tanasining turli qismlari tokga turlicha qarshilik ko‘rsatadi. Тananing eng nozik joylari kaftning ichki tomoni, yuz, bo‘yin, boldir, yelka hisoblanadi. Ular tok keltiruvchi qismlarga tekkanda, hatto kam kuchlanish (36 V) ham o‘limga olib kelishi mumkin.
Odam tanasi orqali tokning o‘tish yo‘llari juda ko‘p. Lekin hayotda, asosan, odam tanasidan tok o‘tishining 15 ta yo‘li ko‘p uchraydi. Quyidagi 4.8 – rasmda odam tanasi orqali tokning eng ko‘p uchraydigan xarakterli o‘tish yo‘llari sxemasi keltirilgan. Ularning ichida ham eng ko‘p uchraydigani quyidagi uchtasi hisoblanadi: “qo‘ldan – qo‘lga” (40 %); “o‘ng qo‘l – oyoqlar” (20 %); “chap qo‘l
O‘tish yo‘llarining xaflilik darajasini tanadan o‘tayotgan umumiy tokning necha foizi yurak orqali o‘tishi belgilaydi. Masalan, shu jihatdan eng xavfli yo‘llar “bosh – qo‘llar” va “bosh – oyoqlar”dir. Ularda, mos ravishda, umumiy tokning 7,0 va 6,8 % yurak orqali o‘tadi. Bu yo‘llarning o‘ta xavfli ekanligini tokning bosh va oqa miyalar orqali o‘tishi ham belgilaydi.
Yuqorida ketirilgan eng ko‘p uchraydigan uchta holatda esa odam tanasi orqali o‘tayotgan umumiy tokning, mos ravishda, 3,3; 6,7 va 3,7 % yurak orqali o‘tadi (4.3 – jadval). Тok o‘tish yo‘lining eng xavfsizi “oyoq – oyoq”dir. Bu holatda yurak orqali umumiy tokning faqat 0,4 % o‘tadi xolos.
– rasm. Odam tanasi orqali tokning xarakterli o‘tish yo‘llari: 1 - “qo‘ldan – qo‘lga”; 2 - “o‘ng qo‘l – oyoqlar”; 3 - “chap qo‘l – oyoqlar”; 4 - “o‘ng qo‘l – o‘ng oyoq”; 5 - “o‘ng qo‘l – chap oyoq”; 6 - “chap qo‘l – chap oyoq”; 7 - “chap qo‘l – o‘ng oyoq”; 8 - “ikki qo‘l – ikki oyoq”; 9 - “oyoq – oyoq”; 10 - “bosh – qo‘llar”; 11 - “bosh – oyoqlar”; 12 - “bosh – o‘ng qo‘l”; 13 - “bosh – chap qo‘l”; 14 - “bosh
o‘ng oyoq”; 15 - “bosh – chap oyoq”.
4.3 – jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |