Odam organizmi shikastlanish oqibatiga tok turining ta’siri
Odam uchun chastotasi 50...500 Gs bo‘lgan o‘zgaruvchan tok eng xavfli hisoblanadi. Bunday chastotali tokdan ko‘pchilik odamlar tok kuchi juda kichik (10 mA gacha), o‘rtacha 10...15 mA bo‘lganda mustaqil ozod bo‘la oladilar. O‘zgarmas tok ham xavflidir, biroq undan tok kuchi ancha katta (25...50 mA) bo‘lganda ham mustaqil ozod bo‘lish mumkin. Demak, o‘zgarmas tok o‘zgaruvchan tokga nisbatan deyarli 4...5 baravar xavfsizdir. Buni o‘zgarmas tokda ishlaydigan elektr qurilmalarida o‘lim bilan tugaydigan shikastlanishlarning
o‘zgaruvchan tokda ishlaydigan xuddi shunday qurilmalardagiga nisbatan bir necha baravar kam ekanligi ham tasdiqlaydi. Lekin bu solishtirma tasdiqlar nisbatan kichik kuchlanishlarda, 250...300 V gacha, to‘g‘ridir.
- rasm. O‘zgarmas tok (1) va chastotasi 50 Gs bo‘lgan o‘zgaruvchan tokning
(2) tanaga qo‘yilgan kuchlanishga bog‘liq ravishda xavflilik darajasi.
Yuqori kuchlanishlarda o‘zgarmas tokning xavflilik darajasi oshadi. Buni yuqoridagi 4.2 – rasmdagi o‘zgarmas tok (1) va chastotasi 50 Gs bo‘lgan o‘zgaruvchan tokning (2) odam tanasiga qo‘yilgan kuchlanishga bog‘liq ravishda xavflilik darajasi o‘zgarishining solishtirma grafigi keltirilgan. Bu grafik bo‘yicha ko‘rinadiki, 500 V gacha o‘zgaruvchan tok xavfli, undan yuqorida esa o‘zgarmas tok xavflidir. 500 V dan yuqorida o‘zgarmas tokning kuydirish xususiyati keskin oshib ketadi.
Odam organizmining shikastlanish oqibatiga tok chastotasining ta’siri
Elektr tokidan shikastlanish xavfining va qo‘yvormaydigan tok miqdorining odam tanasiga qo‘yilgan kuchlanish chastotasiga bog‘liq ravishda o‘zgarishi quyidagi 4.3 – rasmda keltirilgan. Bunda 50 gersdagi xavf darajasi 100 % deb qabul qilingan. Grafikdan ko‘rinadiki 50 gersgacha o‘zgaruvchan tok ta’sirida shikastlanish xavfi oshib boradi, 50 gersda maksimumga yetadi va undan keyin
yana pasayish boshlanadi. Chastota 450...500 kGs yetganda shikastlanish xavfi deyarli yo‘qqa chiqadi. Lekin bunday chastotadagi toklar odam tanasidan o‘tganda yoki elektr yoyini hosil qilganda kuydirish xususiyatini saqlab qoladi.
– rasm. Тokdan shikastlanish xavfining L va qo‘yib yubormaydigan
tok miqdorining
Iqy
qo‘yilgan kuchlanish chastotasiga bog‘liq ravishda o‘zgarishi.
Qo‘yib yubormaydigan tok qiymati ( Iqy ) esa shikastlanish xavfiga ( L ) deyarli teskari proporsional ravishda o‘zgaradi, ya’ni u 50 gersgacha kamayib boradi, undan keyin esa yana yuqoriga ko‘tarilishga boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |