Mehmonxonalarda kadrlarni rejalashtirishga qoyiladigan talablar
Xodim bilan ishlashning tezkor rejasini ishlab chiqish uchun maxsus ishlab chiqilgan anketalar yordamida quyidagi axborotni toplash zarur:
xodimning doimiy tarkibi togrisidagi malumotlar (ismi, otasining ismi,
familiyasi, turar joyi, yoshi, ishga kirgan vaqti va x.k.).
xodimning tuzilishi togrisidagi malumotlar (malakasi, jinsi, yoshi, millati; nogironlarning salmoi, ishchilar, xizmatchilar, malakali ishchilar va shu kabilarning salmoi);
kadrlar qonimsizligi;
bekor turib qolishlar, kasallik natijasida vaqtning bekor sarf bolishi;
ish kunining davom etishi haqidagi malumotlar (toliq yoki qisman band bolganlar, bir smenada, bir necha smenada yoxud tungi smenada ishlovchilar; mehnat tatillarining qancha davom etishi;
ishchi va xizmatchilarning ish haqi (uning tuzilishi, qoshimcha ish haqi, ustamalar, tarif boyicha va tarifdan tashqari tolovlar);
davlat va huquqiy mehmonxonalar tomonidan korsatiladigan ijtimoiy harakterdagi xizmatlar haqida malumotlar (qonunlarga, tarif nomalariga muvofiq ixtiyoriy ravishda ijtimoiy ehtiyojlarga ajratiladigan xarajatlar).
Anketalarni shunday tuzish kerakki, toki ular ishlab chiqarish maqsadlari bilan bir qatorda kadrlarni rejalashtirishga ham xizmat qilsin. Xodim haqidagi malumotlarni tartibga solish mumkin.
Xodim togrisidagi axborot barcha tezkor malumotlar, shuningdek kadrlarni
rejalashtirish uchun ularga ishlov berish jarayonlari majmuidan iboratdir. Xodim togrisidagi axborot quyidagi talablarga javob berishi lozim:
oddiylik buning manosi shuki, axborot mazkur aniq holatda qancha xajmda malumot zarur bolsa, shuncha malumotni oz ichiga olishi darkor;
korgazmalilik malumotlar shunday taqdim etilishi kerakki, bunda eng asosiy narsalarni tez aniqlash, kop sozlilikka barham berilsin. Buning uchun jadvallar, grafiklar, rangli bezatilgan materialdan foydalanish zarur;
bir xillik malumotlar noaniq bolmasligi, ularni talqin qilishda materialning semantik, sintaktik va mantiiy jihatdan bir xil bolishini kuzatib borish zarur;
qiyosiylik malumotlar qiyoslab boladigan birliklarda keltirilishi va mehmonxona ichida ham, shuningdek uning tashqarisida ham qiyoslab boladigan obyektlarga taalluqli bolishi kerak;
vorisiylik vaqt jihatidan turli davrlarda beriladigan kadrlar haqidagi malumotlar bitta hisoblab chiqish metodikasi va bir xil taqdim etish shakllariga ega bolishi lozim;
dolzarblik - malumotlar yangi bolishi, tezkorlik bilan oz vaqtida taqdim
etilishi, yani kechiqmasligi zarur21.
Do'stlaringiz bilan baham: |