Bog'liq Mehmonxona xo\'jaligini boshqarish O\'quv qo\'llanma Toshkent 2019
maqsadvavazifalari Turgunlik davrida respublikamiz iqtisodiyotidagi toliq bandlik qoshimcha kapital mablaglar sarflash, ish kuni soatlarining qisqartirilishi va tatillarning kopaytirilishi hisobiga yangi ishchi orinlarining vujudga keltirilishi mehnat bozorida malakali ishchilarga bolgan tanqislikning osishiga sabab boldi. Fan- texnika taraqqiyoti va bozor iqtisodiyotiga otish bilan bogliq tashkiliy yangiliklarning joriy etilishi mehnat sharoitini yaxshilash bilan bir qatorda insonning bilim darajasi va ruhiy-fiziologik imkoniyatlariga yangi talablar qoydi.
Bu oz navbatida yuqori malakali kadrlarga va ishlab chiqarishning ruhiy- fiziologik talablariga javob beradigan kadrlarga bolgan tanqislikni oshirdi. Rahbarlikning mamuriy-buyruqbozlik usullari boshqarish sohasida pishik-puxta vositalarga ega bolmagani sababli respublikamiz viloyatlarining bazilarida ijtimoiy keskinlikka samarali barham berish yoki uni kamaytirishga yetarli darajada muvaffaq bola olmadi.
Mamlakatimizda bozor munosabatlarini amalga oshirish oziga xos xususiyatlarda, yani ijtimoiy yonaltirilgan himoya yoli bilan amalga oshirilayotgan bolsada bizga qoldirilgan iqtisodiy meros mustaqillik davrining boshlangich davrida malum darajada ijtimoiy keskinlik yaratdi. Ijtimoiy
keskinlik esa hayot qurishning sifatini, avvalo mehnat qilish bilan bogliq hayot
sifatini ostirishga bolgan ehtiyojlar oqibatida kelib chiqdi20.
Bunday paytda mehnat qilish bilan bogliq hayotning sifat darajasi insonga munosib bolgan mehnat sharoitini yaratib berish va har bir xodimning mehmonxona ishlarini boshqarishda ishtirok etishi mumkinligida oz ifodasini topdi. Har qanday usullarda foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishiga erishishni taminlay olmadi, chunki xodimlarda mehnatdan qoniqish tuygusi oshmadi, xodimdan foydalanish yaxshilanmadi.
Odamlarga rahbarlik qilishga qaratilgan mamuriy usullar insonni sezmas, uning talab-ehtiyojlari bilan hisoblashmas edi.Uzoq muddatga moljallangan, kadrlar siyosatining kelajagiga qaratilgan va bu barcha jihatlarni hisobga oladigan konsepsiyani kadrlarni rejalashtirish yordami bilan amalga oshirish mumkin. Xodimni boshqarishning bu usuli ish beruvchilar bilan ish oluvchilarning manfaatlarini kelishtirish va muvozanatlashtirishga qodirdir.
Kadrlarni rejalashtirish shundan iboratki, u odamlarga zarur vaqtda va kerakli miqdordagi ish orinlarini ularning qobiliyatlari, mayllari va ishlab chiqarish talablariga muvofiq taminlab berishni vazifa qilib qoyadi. Ish orinlari unumdorlik va asoslash nuqtai-nazaridan ishlovchilarga oz qobiliyatlarini eng maqbul tarzda rivojlantirish, mehnat samaradorligini oshirish imkonini berishi, insonga xos mehnat shart-sharoitlari yaratish va bandlikni taminlash talablariga javob berishi lozim.
Kadrlarni rejalashtirish mehmonxona manfaatlari nuqtai-nazaridan ham, uning xodimi manfaatini kozlab ham amalga oshiriladi. Mehmonxona uchun kerakli vaqtda, kerakli orinda, zarur miqdorda hamda tegishli malakaga ega bolgan shunday xodimga ega bolish muhimki, ular ishlab chiqarish vazifalarini hal qilish, uning oz maqsadlariga erishishi uchun zarur boladi. Kadrlarni rejalashtirish ancha yuqori mehnat unumdorligini qolga qiritish va ishdan qoniqish hosil qilish uchun shart-sharoitlar yaratib berishi lozim. Odamlarni
birinchi navbatda oz qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratib berilgan, yuqori hamda doimiy ish haqi olib turish kafolatlangan ish orinlari jalb qiladi. Mehmonxonadagi barcha xodimning manfaatlarini hisobga olish kadrlarni rejalashtirish vazifalaridan biri hisoblanadi. Shuni yodda tutish kerakki, kadrlarni rejalashtirish mehmonxonadagi umumiy rejalashtirish jarayoniga qoshilib ketgan taqdirda samarali boladi.
manba: https://image.slidesharecdn.com/aprojectreportonhrpracticeinhotelindustry- Kadrlarni rejalashtirish quyidagi savollarga javob berishi lozim:
qanday malakali qancha xodim qachon va qayerda boladi?
kerakli xodimni ijtimoiy zarar yetkazmagan holda qanday qilib jalb qilish va ortiqcha xodimni qisqartirish mumkin?
xodimni ularning qobiliyatlariga muvofiq qanday qilib yaxshiroq foydalanish mumkin?
yangi yuqori malaka talab qiladigan ishlarni bajarish uchun qanday kadrlarning rivojlanishini taminlash va ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlariga muvofiq ularning bilimlarini qollab-quvvatlab turish mumkin?
kadrlarga doir rejalashtirilgan tadbirlar qanday xarajatlar qilinishini talab etadi?
kadrlarni rejalashtirish xodimlar bilan ishlashning tezkor rejasida birlashtirilgan va ozaro bir-biri bilan boglangan butun bir tadbirlar majmuini amalga oshirish orqali royobga chiqariladi.