Skeptitsizm. Dunyo haqida ishonchli bilimlarga erishish mumkinligini shubha ostiga
oluvchi ta’limotlardan biri. Skeptitsizm - bilimdan ko‘ra hissiy idrokni ustun qo‘yish va shu
asosda ish tutish. YA’ni ular bilim va tajribalar asosida emas, balki o‘zlarining his-tuyg‘ulari
asosidagina ish ko‘rishni xohlovchilardir.
Sinizm. Beadablik, uyatsizlik, hayosizlik; surbetlik, orsizlik; qahri qattiqlik, bag‘ri
toshlik, shafqatsizlik, rahmsizlik berahmlik, zolimlik; takabburlik, manmanlik, dimog‘dorlik,
kibr-havo; beparvolik, e‘tiborsizlik, loqaydlik. Beadablik - asosiy maqsad emas, omadga
erishish vositasi, xolos. Zarurat tug‘ilganda o‘z prinsiplaridan chekinmaslik oqibatida inson bir
umr aziyat chekib, o‘z behayoligi evaziga qo‘lga kiritilgan erkidan shikoyat qilib o‘tishi
mumkin. Bunday beadabliklardan biri - yigit kishining o‘ziga bino qo‘yib, to‘ydan avval biror
qizning nomusini toptashi yoki qiz bolaning o‘z nomusini toptalishiga yo‘l ochib berishi.
Vandalizm - madaniy yodgorliklarni, qadriyatlarni vaxshiylarcha vayron, oyoq osti
qilish, yo‘qotish; madaniyatsizlik, jaholat, nodonlik.
Boshqalarga biror xil ma’lumot berish jarayonida ularning fikri bilan
hisoblashmaslik, ularni mensimaslik. “Zamonaviy informatsion xurujlarning mualliflarida
aynan shu kabi egotsentrizm kuzatiladi va ular o‘zlariga o‘xshash faqat o‘z manfaatinigina
ko‘zlaydigan avlod ongini qamrab olishga harakat qiladi”46.
Har qanday vaziyatda o„zini hammadan ustun qo„yish, haddan ortiq
manmanlikka berilish. Bu illatni biz xalq orasidagi kazo-kazolarning serchiqim to‘y qilish va
serhasham uy qurishi jarayonida kuzatishimiz mumkin. To‘y qilishganda manmanliklari natijasi
o‘laroq, oddiy odamlar qilishi qiyin bo‘lgan yangi-yangi odatlar qilishadi, noo‘rin
“hotamitoylik”lar qilishadi. Uy qurganda esa qo‘ni-qo‘shnilarning uyidan bir necha barobar
baland va xashamatli qilishadi. Bunday odatlarining bari milliy qadriyatlarmizga zid bo‘lib,
odamlar orasida turli kelishmovchiliklarni keltirib chiqarishi ham kuzatilmoqda.
Shuningdek, egotsentrizmning boshqa turlarini keltirish mumkin.
—Yosh avlodimizni turli ma‘naviy tajovuzlardan himoya qilish haqida gapirganda, nafaqat
xalqimizni ulug‘laydigan buyuk xususiyatlar ayni paytda uning rivojlanishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatgan, eski zamonlardan qolib kelayotgan noma’qul odatlar xaqida ham ochiq so‘z
yuritishimiz zarur.
Birinchi navbatda xudbinlik va loqaydlik, qarindosh-urug‘chilik va mahalliychilik,
korrupsiya va manfaatparastlik, boshqalarni mensimaslik kabi illatlardan jamiyatimizni butunlay
xalos etish to‘g‘risida o‘ylashimiz lozim”47.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, yuqorida keltirib o‘tilgan illatlar bevosita “ommaviy
madaniyat”chilarning daromadlariga xizmat qilayotgan mahsulotlarning iste’moli natijasidir.
YA’ni biz keltirgan barcha tushunchalarning o‘zi bevosita “ommaviy madaniyat” deyilmasa-da,
ammo ular “ommaviy madaniyat”ning mahsulotlari sanaladi.
Yoshlar dunyoqarashini buzishga qaratilgan taxdidlar mafku-raviy xurujning eng salbiy
oqibatlarga olib keladigan shakl-laridan biridir. Ma’lumki, xalqimizning nisbatan ko‘pchiligi-ni
yoshlar tashkil qiladi. Shu sababli ular bizning oltin fondi-miz hisoblanadi. Afsuski, ba’zida
yoshlarimiz dunyoqarashini buzishga qaratilgan xatti-harakatlar ko‘zga tashlanmoqda. YA’ni
Vatanini yomon ko‘rsatish, o‘tmishga nisbatan bepisandlik ruhini qaror toptirish, davlat va
jamiyatga nisbatan ishonchsizlik uy-g‘otish kabilar. Yoshlarda bunday tahdidlarga qarshi
zamonaviy tafakkur va siyosiy faollikni shakllantirish lozim. Bunda yoshlarda siyosiy ong,
siyosiy qarash va siyosiy madaniyatni shakl-lantirish muhim o‘rin tutadi. Buning uchun oila,
46 http://fikr.uz/posts/vour-articles/2896.html/ Sevara Musayeva. Axborot tahdidlarini baholash va xavfsizlikni
ta’minlash imkoniyatlari.
47 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. T.: —Ma’naviyat”, 2008 yil. 120-bet.
ta’lim tizimi, mahalla va tashkilotlar orasida shunday mexanizm shakllanishi kerakki, har bir
yosh siyosiy voqelikni va ijtimoiy hayot jara-yonlarini to‘laroq idrok etsin. Bu jarayonda
yoshlarni milliy va umuminsoniy madaniyat uyg‘unligi asosida tarbiyalash nihoyatda muhim
ahamiyat kasb etadi. Buning uchun ularni erkin va musta-qil fikrlashga, mushohada yuritishga,
oila va qavm-qarindosh-larni hurmat qilishga, dunyoda bo‘layotgan har bir voqelikka o‘z
munosabatini bildirishga o‘rgatishimiz kerak. Bunda, avvalo, xalq ruhiyatini ko‘taradigan, uning
ichki, botiniy qudratini namoyon etadigan tadbirlarni ko‘proq tashkil etish, shu ruhdagi adabiy-
badiiy asarlar, ilmiy-publitsistik tadqiqotlarni ko‘paytirish-ni rag‘batlantirish, ularni omma
ongiga singdirishga erishishga e’tibor qaratish lozim. Mustaqillik davrida erishilgan mil-liy-
ma’naviy yutuqlarimizning ahamiyati, salohiyati va jozi-basini ko‘rsatish, istiqlol, xalq erki,
milliy davlatchiligi-miz eng sharafli, eng muqaddas qadriyat ekanini yoshlar ongiga muntazam
singdirib borish bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarni qadimiy Buxoro, Xiva,
Samarqand, Qo‘qon, Shahrisabz kabi shaharlarga sayohatlar uyushtirish, ulug‘ insonlar hokini
ziyorat qilish, muzeylarga olib borib, o‘lmas tarixiy obidala-rimiz, ajdodlar madaniyati bilan
tanishtirish ham katta ahami-yatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |