Buxoro qadimiy shaharlari



Download 35,04 Kb.
bet1/6
Sana20.06.2022
Hajmi35,04 Kb.
#685934
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Buxoro – qadimiy va boqiy


Buxoro qadimiy shaharlari
Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan muqaddas shahar Buxoroga qadim zamonlarda tamal toshi qo‘yilgan, o‘t qo‘yilgan va yana qaytadan qad rostlagan. Qadimiy va boqiy Buxoro o‘zining go‘zalligi va hashamatini hech qachon yo‘qotmagan. Ularning barchasi shaharning diqqatga sazovor joylarida aks etadi.
Ko‘hna Paykent shahri
Paykent eramizdan avvalgi IV–II asrlarda shakllangan. U "savdogarlar shahri" deb nomlangan. Uning na hukmdori, na egasi bo‘lgan. Keyinchalik shimoli -sharqiy burchakda to‘rtburchak qal’a quriladi. 706-yilda shahar arablar tomonidan bosib olingan. Bosqinchilar umumiy og‘irligi 150 ming oltin misqol bo‘lgan ko‘plab oltin va kumush idishlar, og‘irligi 4 ming dirham bo‘lgan kumush butdan iborat boy o‘ljani qo‘lga kiritishadi.
VIII asr oxiri va IX asr boshlarida qal’a devorlari tashqarisida hunarmandchilik maskanlari va dini uchun kurashuvchilarning harbiy lagerlari (rabotlar) paydo bo‘ladi. IX asrdan boshlab, Paykent islom markazlaridan biriga aylanadi. Somoniylar sulolasi hukmronligi davrida bu yerda muhim qurilish ishlari olib borilgan. Paykentda katta jome masjidi qurilgan.
XI asr boshlarida shahar hayoti to‘xtab qoladi, bunga suv yetishmasligi sabab bo‘lgan degan taxminmavjud. XII asrda Qoraxoniylar sulolasidan Arslonxon Zarafshondan alohida kanal tashkil etishga muvaffaqiyatsiz urinib ko‘radi. Katta kuch va mablag‘ sarflanadi, ko‘p odamlar qurbon bo‘ladi, lekin loyiha muvaffaqiyat qozonmaydi. XV asrgacha bu hududda hali ham aholi qisman istiqomat qilgan, biroq oxir -oqibat shahar tark etilgan.
Ark qal’asi
Qariyb 20 metr balandlikdagi va 4 gektar maydonni egallagan mahobatli qal’a. Bu Buxorodagi eng qadimiy me’moriy va arxeologik yodgorlik hisoblanadi.
Afsonaga ko‘ra, yosh yigit Siyovush Afrosiyob hukmdorining qiziga uylanmoqchi bo‘lgan. Bu taklifga shoh, agar yigit buqaning terisi ustida qal’a qurishga qodir bo‘lsa, suyukli qizimni unga beraman deb javob qiladi. Yigit rozi bo‘ladi. U teridan gilam yasaydi, uning ustiga hayratlanarli darajada ajoyib qal’a quradi.
Ark qal’asi qurilishining aniq sanasi noma’lum. I-ming yillikda u yerda shaharning e’tiborli zotlari yashagan. Qal’a har doim Buxoro hukmdorlarini ishonchli himoya qilib kelgan. Shohlardan tashqari, bu yerda Osiyoning ilm-fan va madaniyat arboblaridan Abu Ali ibn Sino va Umar Xayyomning uyi ham bor edi.
Endi bu muzey-qo‘riqxona hisoblanadi. Unda 70 mingdan ortiq eksponatlar mavjud. Bizning kunlargacha taxt xonasi, hammom, 2 ta masjid, bosh vazir va qabullar saroyi, otxona va xonaqoh saqlanib qolgan.

Download 35,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish