Reja:
O‘zbekistonning o‘ziga xos milliy siyosat modeli va yagona Vatan g‘oyasi
O‘zbekistonda millatlararo totuvlikni taminlanishining huquqiy asoslari
Milliy-madaniy markazlarning ijtimoiy adolat ustuvorligini ta’minlashdagi roli.
Dinlararo bag‘rikenglik (tolerantlik) - ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash sharti.
Dunyoda tinchlik o‘rnatishda barqaror demokratik taraqqiyot, erkinlik, ijtimoiy-siyosiy
hamkorlik g‘oyalarining ustuvor ahamiyati.
Tayanch so„zlar
Milliy g„oyaning etnosiyosat va elnomadaniyal rivojiga ta’siri. O„zbekistonda milliy
siyosatning amalga oshirilishi va unda etnik birliklar manfaatlari himoya qilinishining huquqiy
va ijtimoiy asoslari. O„zbekistonda milliy madaniy markazlarning tashkil qilinishi millatlararo
barqarorlikni ta’minlash vositasi. Madaniy muloqot kop millatli aholi orasidagi barqarorlik
omili. Til madaniy muloqot va barqarorlikning muhim vositasi.O„zbekistonda rasmiy tan olingan
diniy konfessiyalar faoliyatining millatlararo totuvlikni ta’minlashdagi roli.
1. O„zbekistonning o„ziga xos milliy siyosat modeli va yagona Vatan g„oyasi. Tarixiy
tajriba ko‘p millatli davlatning barqarorligi millat-lararo munosabatlarga daxldor huquq va
erkinliklarni to‘g‘ri belgilab qo‘yish bilan bir qatorda amaliyotda unga qanchalik rioya qilishga
ham bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Inson ongi hayotining 6 ming yili davomida 14513 ta turli darajadagi urushlar sodir bo‘lib,
bunda 3 milliard 640 mln. kishi qurbon bo‘lgan. Ikkinchi jahon urushi davrida Osvensem
lagerida 4 mln. begunoh odam tiriklayin yoqib yuborilgan, kuli ekinzorga sepilgan. 5 ming yil
ichida insoniyat bor-yo‘g‘i 292 yil urushsiz tinchlikda yashagan.
Bemalol aytish mumkinki, jahonning turli nuqtalarida alangalanib turgan bunday nizolar
aksariyat hollarda millatlararo munosabatlarda millatlararo totuvlik, bag‘rikenglikning yo‘qligi
ham sabab bo‘lmoqda. Shu nuqtai nazardan, Respublikamiz milliy siyosatining asosiy
tamoyillari hayotda ham o‘z ifodasini topmoqda.
Istiqlol yurtimizdagi turli millat va elat vakillariga o‘zining tarixiy vatanlari bilan aloqalar
o‘rnatishga imkon berilmoqda. O‘rnatilgan aloqalar ona tilini o‘qitish va o‘rganishni yo‘lga
qo‘yish, turli qo‘llanmalar va adabiyotlarni o‘z vaqtida olish, yoshlarga ta’lim olish uchun
rivojlangan mamlakatlar, ba‘zan esa ularning tarixiy vataniga yuborish imkoniyatlarini yaratdi.
Shuningdek, keng qamrovli madaniy-ma‘rifiy dasturlarni amalga oshirish uchun sharoit yuzaga
keldi.
Respublikada istiqomat qilib turgan 136 millat va elatning har biri o‘ziga xos madaniyatga
va ko‘p asrlik an’analarga ega. O‘zbekiston Respublikasi o‘tkazayotgan milliy siyosatning eng
muhim ustuvor yo‘nalishi barcha millatlarning ravnaqi uchun tinch sharoit va imkoniyat
yaratish, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirishdan iborat. Bu sohada keyingi yillardagi
eng katta yutug‘imiz umumiy uyimizdagi tinchlik va barqarorlik, millatlararo va fuqarolararo
totuvlikdir. Odamlarimiz ongida ana shu qadriyat va uning o‘zgarmas ahamiyati tushunchasi kun
sayin oshib bormoqda».
Dunyoning qariyib barcha mamlakatlari ko‘p millatli. Respublikamiz ham ana shunday
boy, turfa madaniyatlar gullab-yashnayotgan mamlakatlardan biri ekani har bir o‘zbekistonlikka
iftixor baxsh etadi. O‘zbekistonni o‘z Vatani deb bilib, uning taraqqiyoti yo‘lida fidokorona
mehnat qilayotgan turli millatga mansub yurtdoshlarimizdan har biri buni dildan teran his
qilmoqdalar. Olib borilayotgan oqilona milliy siyosat tufayli respub-likamizda qaror topgan
tinchlik, ijtimoiy totuvlik, o‘zaro hamkorlik tobora mustahkamlanib bormoqda.
O‘zbekiston kabi polietnik mamlakatda turli millatlar manfaat-larini uyg‘unlashtirish, ular
orasida totuvlikni ta‘minlash taraqqiyotning hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi. Zero,
millatning istiqboli boshqa xalqlar va mamlakatlarning taraqqiyoti butun jahondagi vaziyat va
imkoniyatlar bilan ham bog‘liqdir.
Xalqimizning «Qo‘shning tinch - sen tinch», «Yon qo‘shni - jon qo‘shni»49 degan
maqolida ana shu haqiqat nazarda tutilgan. Butun dunyoda, birinchi navbatda, qo‘shni
mamlakatlarda yonma-yon yashayotgan etnoslar orasida tinchlik, osoyishtalik, barqarorlik,
hamkorlik hamjihatlik, tenghuquqli munosabat bo‘lmasa, ulardan hech biri o‘zining porloq
istiqbolini ta‘minlay olmaydi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbekistonning bu boradagi o‘ziga xos siyosatini
bayon etib, quyidagicha ta’kidlagan: «Respublika aholisi o‘rtasida ko‘pchilikni tashkil qiladigan
o‘zbek millatining muqaddas burchi ona tilini, o‘z milliy madaniyati va tarixini tiklashdangina
iborat emas, balki birgalikda hayot kechiruvchi kam sonli halqlarning taqdiri uchun, ularning
o‘ziga xos madaniy-ma’naviy xususiyatlarini saqlab qolish uchun, kamol topishi va o‘zligini
namoyon etishi uchun ularga teng sharoit va imkoniyatlar yaratib berish borasida mas‘ul
bo‘lishdan ham iboratdir». Bunday muhit millatlararo munosabatlarda turli muammolar
tug‘ilishiga aslo yo‘l qo‘y-maydi va Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, halq farovonligi kabi
umummilliy g‘oyalarni hamkor va hamjihat bo‘lib amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb
etadi.
49 Karimov I.A. O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi. -T.: O‘zbekiston, 2005. 136-bet.
Necha ming yillik tariximiz shundan guvohlik bermoqdaki, olija-noblik va insonparvarlik,
millatlararo totuvlikka intilish xalqimizning eng yuksak fazilatlaridan hisoblanadi. Bu boradagi
an’analar avloddan-avlodga avaylab o‘tkazib kelinmoqda.
Mustaqillik yillarida millatlararo totuvlik g‘oyasi ilgari suril-gani va amalda unga
erishilgan O‘zbekiston rivojida qo‘lga kiritilgan eng katta yutuqlardan biridir.
Mamlakatimiz rahbariyati milliy masalani oqilona, xalqaro tamo-yillarga mos yo‘l bilan
yechish, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlash-tirish chora-tadbirlari ko‘rib kelinmoqda. Bu
borada konstitutsiyaviy talablar asosida ish tutilmoqda. Yurtimizning ko‘pmillatli xalqi ongida
«O„zbekiston - yagona Vatan» degan g‘oya asosida haqiqiy vatandoshlik tuyg‘u-sini
shakllantirish bu boradagi ishlarning muhim yo‘nalishiga aylandi.
Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik masalasi boshqa davrlarda bo‘lgani kabi,
O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy va huquqiy islohotlarning yangi bosqichida ham Prezident
Shavkat Mirziyoyev tomonidan ustuvor yo‘nalish sifatida e’tirof etib kelinmoqda. Xususan,
Prezidentning 2018 yil 28 dekabrdagi oliy Majlis palatalariga Murojaatnomasida ham bu
masalaga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, Prezident quyidagi fikrlarni bildirdi: «O‘zbekiston
millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik sohasida o‘z an’analariga doimo sodiq bo‘lib, bu
yo‘ldan hech qachon og‘ishmasdan ilgari boradi. Mamlakatimizda turli millat va diniy
konfessiyalar vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat, do‘stlik va ahillik muhitini mustahkamlashga
birinchi darajali e’tibor qaratiladi. Bu - bizning eng katta boyligimiz va uni ko‘z qorachig‘idek
asrab-avaylash barchamizning burchimizdir. Xabaringiz bor, yaqinda Birlashgan Millatlar
Tashkiloti Bosh Assambleyasining yalpi majlisi tomonidan muhim bir hujjat - «Ma’rifat va
diniy bag‘rikenglik» rezolyutsiyasi qabul qilindi. Ushbu rezolyutsiyani qabul qilish tashabbusi
2017 yil 19 sentabrda Bosh Assambleyaning 72- sessiyasida O‘zbekiston tomonidan ilgari
surilgan edi. Bizning taklifimizni Bir- lashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lgan 193 ta davlat
keng qo‘llab-quvvatlagani jahon hamjamiyati tomonidan O‘zbekistonning sa’y-harakatlariga
berilgan yuksak baho va e’tirof sifatida barchamizga katta mamnuniyat va g‘urur-iftixor
bag‘ishlaydi. Ushbu imkoniyatdan foydalanib, bugungi anjumanimizda ishtirok etayotgan xorijiy
davlatlarning muhtaram elchilariga, xalqaro tashkilotlar vakillariga samimiy minnatdorlik
bildirishga ruxsat etgaysiz»50.
2.O„zbekistonda millatlararo totuvlikni taminlanishining huquqiy asoslari.
Hozirgi kunda, O‘zbekistonda 138 ta milliy madaniy markazlar, 16 ta diniy kon- fessiyalar
vakillari, 35 ta do‘stlik jamiyatlari faoliyat yuritib kelmoqda.
O‘zbekiston millatlararo munosabatlar va diniy bag‘rikenglik masalalari bo‘yicha milliy
siyosatni bevosita hayotga tatbiq etayotgan tashkilotlatlardan biri - O‘zbekis- ton Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik
aloqalari qo‘mitasi hisoblanadi. Qo‘mita 2017 yil 19 mayda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining PF-5046-sonli farmoniga binoan tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 23 maydagi № PQ-2993-sonli qaroriga muvofiq Qo‘mita tomonidan
«O‘zbekiston» jurnali nashr etila boshladi.51 Ushbu jurnal boshqa nashrlar qatori
mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib qilishda o‘z
o‘rniga ega bo‘lishi nazarda tutilgan.
Taniqli faylasuf olim Ibrohim Mo‘minov ta’kidlaganlaridek, milliy munosabatlar ijtimoiy-
siyosiy hodisa bo‘lib, sof holda mavjud bo‘lmaydi, ya’ni u iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy
munosabat tomonlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 30 millionga yaqin o‘zbeklar yashaydi. 1991-yil
mamlakatimiz aholisi 20 million 500 ming kishi edi. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz aholsi
33 millionga yetdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |