1-mavzu. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari. Kadrlar tayyorlash milliy modeli. Ta'lim sohasida Davlat siyosati tushunchasi



Download 204,25 Kb.
bet1/8
Sana29.12.2021
Hajmi204,25 Kb.
#77064
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu. Talim sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari. Kadrlar tayyorlash milliy modeli.


1-mavzu. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari. Kadrlar tayyorlash milliy modeli.
Ta'lim sohasida Davlat siyosati tushunchasi. Mustaqil, demokratik O‘zbekiston Respublikasida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy va madaniy rivojlanishida ustuvor soha deb e'lon qilingan ta'limning takomillashtirilishi, eng avvalo, uning sifat jihatdan yangi holatiga erishishga yo‘naltirilgan. Bu ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha hal etilayotgan favqulodda murakkab, majmuaviy muammodir. Ulardan biri ijtimoiy hayotni boshqarishning o‘ziga xos shakli bo‘lgan ta'lim tizimini boshqarish mexanizmini takomillashtirish va qayta qurishni o‘z ichiga oladi. Bu yo‘nalishning dolzarbligi, eng avvalo, ijtimoiy amaliyot ehtiyojlaridan kelib chiqadi, chunki, ta'limni boshqarishning ilmiy-nazariy va tajriba-amaliy jihatlari uning amal qilishining eng ilg‘or an'analarini aniqlash va butun choralar bilan rag‘batlantirishni hamda jamiyat hayot faoliyatining yangi ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va milliy-madaniy voqyeligi sharoitida yanada rivojlantirishni taqozo etadi.

Shu munosabat bilan davlat qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlarining sa'y-harakati o‘sib kelayotgan avlodlarni davlat-jamoat ta'lim tizimida o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish jarayonining o‘z ta'lim-tarbiya faoliyatida ta'lim jarayonining uzluksizligi va uzviyligi tamoyiliga qat'iy rioya qilishga da'vat etilgan ta'lim muassasasining (TM) barcha turlarida uning demokratik, gumanistik yo‘naltirilganligi, ta'lim makonining birligi, ta'lim mazmunining maqbul darajasi, ushbu mazmun taqdimoti pedagogik texnologiyalarning oqilona to‘plami ta'minlanadigan ob'ektiv huquqiy sharoit va ijtimoiy-iqtisodiy poydevor yaratishga yo‘naltirilgan.

Ta'lim amal qilishining zarur huquqiy shartlarini ta'minlovchi ob'ektiv huquqiy omil sifatida: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi shaxsning asosiy huquqlaridan biri bo‘lgan bilim olish huquqi to‘g‘risidagi moddasi; «Ta'lim to‘g‘risida» va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» to‘g‘risidagi qonunlari, mazkur qonunlar asosida chiqariladigan asosiy qonunchilik va huquqiy hujjatlari qoidalari, shuningdek, o‘sib kelayotgan avlod shaxsining to‘laqonli rivojlanishini ta'minlashni ko‘zda tutadigan umuminsoniy, gumanistik, demokratik ideallar hamda ahloqme'yorlari namoyon bo‘ladi. Bunda ta'lim va tarbiya jarayonida bu kabi rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi serunum ijodiy o‘quv faoliyatini va ahloqiy xatti-harakatni, shuningdek, o‘quvchilarni jismoniy kamolga yetkazishni o‘z ichiga oladi.

Ta'lim tizimi amal qilishining huquqiy shartlarini bajarishga ko‘maklashuvchi ijtimoiy-iqtisodiy zamin:



  • shaxsning har bir individning ta'lim sohasida o‘zini-o‘zi ro‘yobgachiqarishi uchun ob'ektiv jihatdan zaruriy va yetarli bo‘lgan ehtiyojiy intilishi;

  • davlat o‘quv yurtlarida ham, xususiy o‘quv yurtlarida ham davlatva xususiy, investitsiya bilan moliyalashtirish hisobiga o‘quv-tarbiya jarayonining samarali olib borilishi uchun moddiy-texnikaviy ta'minotni vujudga keltirish;

  • bilimlarning samarali va mazmundor ta'lim-tarbiyaviy sohalaridan, oqilona, ilg‘or tamoyillarga va qonuniyatlarga tayanadigan ilg‘or psixologik-pedagogik nazariyalarni hisobga olgan holdaishlab chiqilgan mexanizmlar va texnologiyalardan foydalanish.

Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonunining 3-moddasida bayon etilgan aniq asosiy qoidalar negizida ishlab chiqilgan davlat siyosati asosida xalq ta'limi tizimini boshqarish mexanizmini qayta qurishning ham huquqiy shart-sharoiti, ham ijtimoiy-iqtisodiy zamini yaratildi.

Qonunda postulat darajasini olgan, ta'lim tizimi barcha komponentlarining «hayot faoliyatini» belgilab beradigan tamoyillarning boqiy qimmatini alohida ta'kidlash zarur. Chunonchi, birinchi qoida (ta'lim va tarbiyaning gumanistik, demokratik xususiyati) o‘quvchi shaxsinibosh sub'ekt (avval bo‘lganidek, ob'ekt emas) va boshqaruvning buyruqbozlik-ma'muriy metodlarini bekor qilishni ustuvor yo‘nalish sifatida olg‘a suradi. Ikkinchi qoida (uzluksizlik, uzviylik) ta'lim tizimi ierarxiyasining «tizilishini» imkoniyatan shart qilib qo‘yadi; qolganlar esa, bizning nazarimizda, ta'lim tizimining boshqaruv faoliyatini ta'lim mazmunini tanlash, undan davlat ta'lim muassasalariga ham, xususiy ta'lim muassasalariga ham qatnaydigan o‘quvchilar foydalanishi mumkinligi singari o‘ta muhim qismlarini ro‘yobga chiqarish jihatidan tuzish va mazmunan to‘ldirishga tub konseptual yondashuvlarni asoslashadi.




Download 204,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish